O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

29.1-jadval 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining majburiy
zahiralash normasi
66
 
 
Amal qilish 
sanasi 
Muddatsiz va muddati 3 
yilgacha bo‘lgan 
depozitlar bo‘yicha 
3 yildan ortiq 
muddatli 
depozitlar 
bo‘yicha 
Xorijiy 
valutadagi 
depozitlar 
bo‘yicha 
01.06.1996 y. 
gacha 
30% 
10% 
0% 
01.06.1996 y. 
dan 
25% 
10% 
0% 
01.12.1997 y. 
dan 
20% 
10% 
0% 
01.03.2000 y. 
dan 
20% 
20% 
0% 
04.07.2004 y. 
dan 
20% 
20% 
0% 
01.02.2005 y. 
dan 
15% 
15% 
5% 
01.09.2007 y. 
Dan 
13 % 
13 % 
13 % 
01.11.2008 y. 
dan 
15% 
15% 
15% 
 
01.11.2009 y. 
dan 
1 yilgacha bo‘lgan dep.u-
n.15 %, 1 yildan 3 yilgacha 
bo‘lgan 
depozitlar uchun 12% 
 
10,5% 
 
Miliiy valuta 
singari 
Bunday pasayish pul multiplikator miqdorining kattalashishiga va albatta 
iqtisodiyotda pul taklifining ko‘payishiga olib keladi.Tijorat banklari ortiqcha 
rezervlarining ko‘payishi ularning aktiv operatsiyalarini ko‘paytiriadi va bu 
iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi shart emas. 
Aksincha ko‘pincha bir necha vosita birdaniga qo‘llanilishi, ya’ni kompleks siyosat 
o‘tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi. 
Xo‘sh, pul-kredit siyosatining oqibatlari qanday? Davlat tomonidan amalga 
oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta’sir 
66
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari 


363 
ko‘rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni 
ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz 
yuqorida ko‘rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul 
taklifi o‘sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo‘lgan talabni 
oshiradi va o‘z navbatida, YaIM miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Bu bilan 
davlat ma’lum davrda o‘z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi 
to‘xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi. 
Pul-kredit siyosatining oqibati to‘g‘risida gapirganda, bu siyosatning qisqa 
muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qisqa muddatli davrda 
davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YaIM miqdori o‘sishini rag‘batlantirilgan 
hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishilgan bo‘lsa, uzoq muddatli davrda bu 
choralarning samaradorligi pasayishi mumkin. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling