“Markaziy bank va uning funktsiyalari” O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining joylashish chizmasi


Download 1.7 Mb.
Sana18.10.2020
Hajmi1.7 Mb.
#134462
Bog'liq
MM-63 Diyorov Eldor

“Markaziy bank va uning funktsiyalari”

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining joylashish chizmasi

Bajardi :MM-63 Diyorov Eldor


Mavzu:“Markaziy bank va uning funktsiyalari”

Kirish

1.Markaziy banki faoliyati.



2.Markaziy bankning tijorat banklari bilan o`zaro aloqalari



3.Markaziy bankning funktsiyasi va ta’snifi.




Markaziy bank

  • Markaziy bank - mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank "banklarning banki" boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va tijorat banklarining hisoblarini olib borish, pul muomalasini tartibga solish, kredit muassasalarini nazorat qilish Markaziy bankning asosiy vazifasiga kiradi. Buyuk Britaniyada Angliya bankiAQSh Federal zaxira banki, Germaniyada BundesbankYaponiya banki jahondagi eng yirik markaziy banklar qatorida turadi


O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:

1.Iqtisodiyotni pul-kredit dastaklari yordamida boshqarish

2.Hisob-kitob va pul o’tkazish operatsiyalarini bajarishni yo’lga

qo’yish


3.Tijorat banklari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish

4.Boshqa kredit muassasalarining kassa zaxiralarini saqlash

5.Rasmiy oltin –valyuta zaxiralarini saqlash

6.Hukumat uchun hisob-kitob va kredit operatsiyalarini bajarish

7.Tijorat banklariga kredit berish

8.Pul emissiyasi.


1.Markaziy bankning funktsiyasi:Iqtisodiyotni pul-kredit dastaklari yordamida boshqarish

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank pul-kredit siyosati iqtisodiyot vaziyatni tahlil qilish va oldindan aytishni, pul miqdorini yillik o’stirish sur’atini maqsadli ko’rsatkichlarini , kredit, foiz va valyuta siyosatini amalga oshirish yo’nalishlarini o’z ichiga olib muhim makroiqtisodiy jarayonlar: pulning qadrsizlanishi , milliy ishlab chiqarish ning umumiy hajmi hamda mehnat resursalarining bandligi , to’lov balansini barqarorlashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi:

2.Markaziy bankning funktsiyasi: Hisob-kitob va pul o’tkazish operatsiyalarini bajarishni yo’lga qo’yish

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki o’zaro hisob- kitoblarning O’zbekiston tijorat banki tomonidan belgilangan va hamma bank hamda mijozlar uchun majburiy bo’lgan qoidalar asosida olib borilishni nazorat qiladi.Chunki belgilangan qoidalarning bir tahlilda qo’lanilishi butun respublika hududida hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlaydi.

3.Markaziy bank funktsiyasi :Tijorat banklari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish

Tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankdagi o’z hisob varaqlaridan o’zaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar.Bundan tashqari ularning o’z mablag’lari kamlil qilsa Markaziy Bankdan kredit olishlari , naqd pul bo’yicha ham Markaziy bankka murojat qiladilar.Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy zaxira miqdorini belgilab beradi. Hozirgi kunda bu ko’rsatkich milliy valyutada 15% va xorijiy valyutada 8% ni tashkil qilmoqda

4.Markaziy bank funktsiyasi:Boshqa kredit muassasalarining kassa zaxiralarini saqlash

Qonuning 28-moddasida bu holat o’z aksini topgan bo’lib minimal zaxiralar tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda saqlanishi zarur bo’lgan qismidir.Majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yig’ilgan resurslarga nisbatan foizda belgilanadi.Minimal zahira jamg’arma turiga , uning hajmiga , bankning joylashgan o’rniga bog’liq bo’lgan holatda turli mamalakatlarda turlicha.Jumladan Yaponiya minimal rezevlar stavkasi 2,5%, AQSH da 12%,Germaniyada 12,1%,Portugaliyada 12 %,O’zbekistonda 2018-yildan 15% .Markaziy bank bunda pul muomilasini muvofiqlashtirishda foydalanadi.

5.Markaziy bank funktsiyasi:Rasmiy oltin –valyuta zaxiralarini saqlash

Bu mamlakat to’lov balansi defitsitini qoplash va milliy valyuta barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.Respublikamizda 2019-yilda oltin-valyuta zahirasi 35% ga ortib , tashqi savdo ijobiy qoldig’i 1,445 mlrd AQSH dollarga yetdi va oltin valyuta zaxiralarimiz respublikamizning 8 oylik importini qoplashga yetadi.

6.Markaziy bank funktsiyasi :Hukumat uchun hisob-kitob va kredit operatsiyalarini bajarish

Bu markaziy bankda hukumat tashkilotlari va muassasalarining hisob varaqlarini yuritishda , shu hisob varaqlarini orqali qimmatli qog’ozlar , uzoq va qisqa muddatli kreditlar,davlat obligatsiyalarini sotib olish , chet valyutasi bo’yicha va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq .Markaziy bank xukumatning fiskal (xazina) vakil I vazifasiga muvofiq xukumat organlari hisob-varaqlarini yuritar ekan(47-modda), hukumatni moliya opertasiyalarini amalga oshirishda ko’maklashadi ,bujet kirimlari va chiqimlari yuzasidan maslahat beradi.

7.Markaziy bank funktsiyasi:Tijorat banklariga kredit berish

Kredit muassasalari depozitlarini markazlashuvi kredit operatsiyalarini kengaytirish uchun baza hisoblanadi. 2019-yilda banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga milliy valyutada berilgan kreditlar 4095,4 mlrd so’mni tashkil etadi ,uning 77,8 % uzoq muddati kreditni tashkil etadi.

8.Markaziy bank funktsiyasi:Pul emissiyasi

Pul emissiyasini asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash , valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o’rnatish asosida inflatsiya sur’atini kamaytirish ,kredit foydalanish samaradorligini oshirish va iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlashdan iborat.Jumladan,Markaziy bankning pul-kredit siyosati 2018-yilda quydagicha belgilangan: 1.Iste’mol narxi indeksinining yillik darajasi 5,7 % oshmasligi;

2.YAIM ni real o’sishi 7,7% ;

3.Budjet taqchilligi YAIM ni 1,0% oshmasligi;

Sof tashqi savdo aylanmani o’sishi va uni ijobiy qoldig’I 2 mlrd AQSH doolar hajmida bo’lishi;

4.Banklardagi aholi jamg’arma qoldig’i 678,3 mlrd so’mga yetishi va boshqalar.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling