O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet340/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

30.5-jadval
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish omillari va ularning
YaIMdagi hissasi
74
 
Omillar 
2009-2012 
2013-2014 
2015-2017 
1. 
Taklif omillari 
62 
55 
53 
2. 
Talab omillari 
22 
25 
26,5 
3. 
Taqsimot omillari 
16 
20 
20,5 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, omilli tahlillar shuni ko‘rsatadiki uzoq muddatli 
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda uning bilvosita ya’ni talab va taqsimot omillari uning 
bevosita omillari, ya’ni taklif omillaridan ko‘proq samara berar ekan. 
2009 yilda bevosita va bilvosita omillarning ulushi mos ravishda 62 va 38 
foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda ushbu nisbat mos ravishda 53 va 47 foizni 
tashkil etgan. Bunga o‘z navbatida ichki va tashqi talabni rag‘batlantirish bilan 
bog‘liq chora tadbirlar sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. 
Kelgusi yillarda esa bu nisbat yanada ortishi kutilmoqda, bunga eng avvalo 
makroiqtisodiy siyosatda yuzaga keladigan o‘zgarishlar ta’sir etishi prognoz 
qilinmoqda. 
73
Макроэкономика. Теория и российская практика: учебник / под ред. А.Г.Грязневой и 
Н.Н. Думной.-5-е изд., перераб. И доп.-М.: КНОРУС, 2008, 187-188 с.с
74
Hakimov H.A. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda talab va taqsimot omillarining ta’sirini oshirish 
yo‘llari (O‘zbekiston Respublikasi misolida). “Makroiqtisodiyot” mutaxassisligi magistri akademik 
darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T.: TDIU, 2016 y- 40b. 


378 
31.3. Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli 
Iqtisodiy o‘sish moldellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko‘payishi 
taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi. 
Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o‘sish modellari ham real 
jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko‘rinishda, shartli tarzda grafiklarda va 
tenglamalarda aks ettiradi. 
Iqtisodiy o‘sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. 
Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha: 
1) 
ularning barchasi Keynsning yalpi talb to‘g‘risididagi bosh g‘oyasiga 
tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib 
rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb qarashgan; 
2) 
iqtisodiy o‘sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab 
chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi; 
Keynscha iqtisodiy o‘sish modelidan soddarog‘i 40-yillarda E. Domar 
tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi. 
Keyns o‘z tahlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta’sirini qrgangani o‘oldaa, 
yalpi taklifga ta’sirini ko‘rib chiqmaydi. Undan farqli tarzda Domar modelida mehnat 
bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarn barqaror xolatida ushlab turadi, 
nvestitsion lag «0» ga teng, kapital quyilmalarni ng chegaraviy unumdorligi doimiy 
deb olinadi. 
E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni 
investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir ko‘rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab 
chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, tovarldar 
taklifini oshiradi . Shunday ekan, yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifning o‘sishiga 
teng bo‘lishi uchun investitsiyalar qanday o‘sishi kerak degan savol paydo bo‘ladi. 
Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o‘z ichiga olgan tenglamalar 
sistemasini tuzdi: 
1) 
taklif tenglamasi
2) 
talab tenglamasi; 
3) 
talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama. 
1. 
Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining 
qanchaga qo‘shimcha o‘sishini ko‘rsatadi . Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I 
o‘ssa, yalpi ishlab chiqarish ΔK α miqdorga o‘sadi: 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling