Oʻzbekiston respublikasi


Download 340.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana08.11.2023
Hajmi340.57 Kb.
#1754541
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
105152 (1)

«Bu borada, avvalambor, yoshlar va bolalarga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik 
ko‘rsatish, ularni jismoniy va ma’naviy barkamol etib tarbiyalashga alohida 
ahamiyat qaratmoqdamiz. Bolalarni kichik yoshdan boshlab rivojlantirish orqali 
kelajakda ularning o‘zligini to‘la namoyon etishiga mustahkam zamin 
yaratayapmiz. Zero, bu ezgu maqsadimiz yo‘lida sarflangan investitsiyalar ertaga 
bir necha barobar ortig‘i bilan qaytishiga shubha yo‘q», – dedi Shavkat Mirziyoyev. 
Bolalar olgan bilimlari kundalik hayotda, o‘yinda, mehnatda, turmushda, 
shuningdek boshqa mashg‘ulotlarda doim mustahkamlanishi juda muxim. 
Bilimlarni mustahkamlashda didaktik o‘yinlar, jumladan, matryoshkalar, 
piramidachalar va boshqa o‘yinchoqlar bnlan o‘ynaladigan o‘yinlar muhim rol 
o‘ynaydi. Fazoda mo‘ljal olish mashqlarini ta’minlovchi o‘yinlarga katta ahamiyat 
beriladi. 
Jismoniy tarbiya va musiqa mashg‘ulotlarida bolalarning tartib sanoq bilan 
shug‘ullanishlariga, harakat yo‘nalishlarini aniqlashlari va hokazolarga to‘g‘ri 
keladi. 
Geometrik shakllarni bilish, kattalik belgilarini ajrata olish va ular orasida 
o‘lchov munosabatlarini o‘rnata olish malakasi, buyumlar orasida fazoviy 
munosabatlar o‘rnata olishdan tashqari bolalar har doim rasm solish, loy va 
plastilindan narsalar yasash, konstruksiyalash va boshqa mashg‘ulotlarida 
foydalanishlari lozim. 
2
https://kun.uz/uz/news/2022/11/15/sarflangan-investitsiyalar-ortigi-bilan-qaytishiga-shubha-yoq-shavkat-
mirziyoyev-maktabgacha-talim-sohasiga-etibor-haqida 


11 
Bolalarning bilimlari borgan sari mustahkamroq va ta’sirchanroq bo‘lib 
boradi, yangi sharoitlarga o‘tkaziladi, bolalar ularni mustaqil qo‘llanishga 
o‘rganadilar, ularning foydasiga tushunadigan bo‘ladilar. 
Bolalar sanashning, o‘lchay olishning muhim ekaniga ishonch hosil 
qilishlarida ularga yordam berish zarur. Kattalar o‘zlarining matematik bilimlaridan 
qanday foydalanishlari (masofani o‘lchashlarini, o‘lchovni qanday olishlari
buyumlarni sanashlarini va h. k.) ni kuzatish tashkil qilinadi. 
Tarbiyachi bolalarga nima uchun odamlarga o‘lchay olish, sanash va 
hokazolar kerakligini tushuntiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik 
bilimlarga va ularni egallashga qiziqish uyg‘otishi zarur. Bu maktabda matematikani 
muvaffaqiyatli o‘qitishning garovi bo‘ladi. 

Download 340.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling