O`zbеkiston rеspublikasi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/92
Sana02.12.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1779886
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI

 
MUSKUL SISTЕMASI 
Odam organizmida 600 ga yaqin muskullar bo`lib, katta yoshli odam tanasining 
45-50 % ni tashkil etadi. Suyaklarni harakatga kеltiruvchi organlar muskullar bo`lib, 
ularni qisqarishi tufayli odamnnig barcha harakatlari, mеhnat faoliyati, yurishi, turishi, 
nutq nafas olishi va boshqa fiziologik funktsiyalar amalga oshadi. Bundan tashqari, 
ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda 
ta'sir etadi. 
Muskullar harakatlanish organi bo'lib, nerv tolalari va biriktiruvchi to'qimalardan 
tuzilgan. Muskul to'qimasi hujayralardan tashkil topgan, hujayraning ichidagi 
qisqaruvchi tolalar miofibrillar deb ataladi. Muskul to'qimasining tuzilishi va 
funksiyasiga ko'ra ko'ndalang-yo'lli va silliq muskullar bo'ladi. Ko'ndalang-yo'lli 
muskullar, asosan skelet muskullari bo'lib, silliq tolali muskullar ichki organlar, qon 
tomirlar devorida uchraydi. Muskul-muskul tolalari yig'indisidan iborat bo'lib, bu tolalar 
biriktiruvchi to'qima yordamida o'zaro birikkan. Muskul tashqi tomondan ham 
biriktiruvchi to'qima bilan o'ralgan. 
Har qanday muskulning boshlanish qismi-boshi va birikish qismi-dumi bo'lib, 
keng tanasi, ya'ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin 
suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda bo'g'imda 
harakat sodir bo'ladi. Muskullar tolalarining yo'nalishiga qarab duksimon, yarim 
patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali bo'lishi mumkin. Har qaysi muskul tashqi 
tomondan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o'ralgan, bu parda fassiya 
deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning 
hammasini o'rab turishi mumkin. 
Yumaloq muskullar og'iz, ko'z atrofida uchraydi. Kalta yo'g'on muskullar 
baquvvat bo'lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi. Organizmdagi 
muskullar boshlanish, birikish joyiga ko'ra, chaynash muskuli, bukuvchi muskullar va 
h.k., ikki boshli va h.k., tuzilishiga ko'ra, yarim payli muskul va boshqalar
joylashishiga ko'ra peshona, yelka muskullari va h.k.; shakliga ko'ra, trapesiyasimon, 
rombsimon muskullar deb ataladi va h.k.


71 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling