O`zbеkiston rеspublikasi


Odam tanasida suyaklarning


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/92
Sana02.12.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1779886
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI

Odam tanasida suyaklarning joylashishi. Odam tanasidagi suyaklar 
joylashishiga ko'ra bir necha qismga bo'lib o'rganiladi: bosh, gavda, qo'l va oyoq 
suyaklari. 
Bosh skeleti: Bosh skeleti ikki qismdan: miya qutisi va yuz qismidan iborat 
bo'lib, 23 ta suyaklarning birikishidan hosil bo'lgan. Ularning hammasi pastki jag' va til 
osti suyagidan tashqari, uzluksiz chok bilan o'zaro mustahkam birikkan. 
Bola tug`ilgan vaqtda uning bosh suyaklari bir-biri bilan birikmagan bir nеcha 
suyakdan iborat bo`lib, ular orasida bo`shliqLar bo`ladi. Bu bo`shliqlar liqildoq dеb 
ataladi. Ular katta, kichik va yon liqildoqlarga bo`linadi. Katta liqildoq pеshona va tеpa 
suyaklari orasida joylashgan bo`lib, uning bo`yi 3,5 sm, eni esa 2,5 sm bo`ladi. Tеpa va 
ensa suyaklari orasida kichik liqildoq va tеpa chakka suyaklari orasida ikkitadan jami 4 
ta yon liqildoqlari bo`lib, ular 1,5 yoshda suyakka aylana boradi. 4 yoshda esa miya 
qutisining choklari hosil bo`ladi. Bosh suyagi 7 yoshgacha hamda 11-15 yoshda ya'ni 
jinsiy balog`at yoshida tеz o`sadi. Uning o`sishi va shakllanishi 25-30 yoshgacha davom 
etadi. 
Gavda skeleti. Gavda skeletiga umurtqa pog'onasi va ko'krak qafasi suyaklari 
kiradi. Umurtqa pog'onasi o'q skeletning asosiy qismi hisoblanadi. Umurtqa pog'onasi 
33-34 ta umurtqadan tashkil topgan. Uning uzunligi odamning bo`yiga qarab erkaklarda 
75 sm ayollarda 68 sm ga tеng bo`ladi. Umurtqa pog'onasi 5 ta qismdan iborat, ya'ni 7 
ta bo'yin, 12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza va 3-4 ta dum umurtqalaridan tashkil 
topgan.
Umurtqa pog'onasi skeletning tayanchi vazifasini bajaradi, uning ichidagi orqa 
miyani himoya qiladi va oyoq-qo'llar skeletining og'irligini o'z zimmasiga oladi.
Umurtqa pog'onasi o'sib rivojlangan sari tog'ay to'qimalari suyak to'qimalari bilan 
almashinadi, bu asta-sekin boradigan jarayon. Bo'yin, ko'krak va bel tog'ay to'qimalari 
20 yoshga kelib, dumg'azaniki 25 yoshda, dum suyaklariniki 30 yoshga kelib 
suyaklanadi. 


69 
Umurtqa pog'onasi bola hayotining birinchi yilida, shuningdek, 11 yoshdan 14 
yoshgacha ayniqsa jadal sur'atda o'sadi. Umurtqa pog'onasining o'sishi taxminan 20 
yoshda tugallanadi. 
Odam tik tura olishi va tik yurishi munosabati bilan umurtqa pog'onasining to'rtta 
egriligi bor va u oyoqlarning yirik bo'g'imlari bilan amalda bir chiziqda joylashadi, ana 
shuning uchun odam muvozanatni saqlaydi. Tug'ilishda umurtqa pog'onasining 
dumg'aza bo'limida faqat bitta egrilik bo'ladi, so'ngra yana uchta egrilik hosil bo'ladi. 
Bo'yin egriligi qavariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi (lordoz) va bola kallasini 
tutgandan keyin paydo bo'ladi. Bu bola hayotining uchinchi oyiga to'g'ri keladi. So'ngra 
bola o'tiradigan va yuradigan bo'lganda bel egriligi paydo bo'ladi. Bu ham qavariq 
tomoni bilan oldinga chiqib turadi. Nihoyat, 3-4 yoshga kelib, qavariqligi orqaga chiqib 
turgan ko'krak egriligi hosil bo'ladi (kifoz). 7 yoshgacha egrilikdar hali unchalik 
mustahkam bo'lmaydi va yotgan joyida to'g'rilanishi mumkin. Bel egriligi qariyb 12 
yoshga kelib uzil-kesil shakllanadi. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling