O`zbеkiston rеspublikasi


O'quvchilar sog'ligi holatining ish qobilyati va kasb o'rganishga bo'lgan


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/92
Sana02.12.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1779886
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI

O'quvchilar sog'ligi holatining ish qobilyati va kasb o'rganishga bo'lgan 
ta'siri. Kasallik (betoblik, xastalik) tashqi va ichki muhitning zaharli ta'siri natijasida 
organizm hayot faoliyatining buzilishi, oqibatda mehnat qobilyatining vaqtincha yoki 
butunlay pasayishi hamda yo'qolib ketishga sabab bo'ladigan jarayon bo'lib, 
organizmning tashqi muhit bilan o'zaro munosabati buziladi. Bolalar va o'smirlarda 
yuzaga kelgan kasalliklar, o'zgarishlar to'g'ridan-to'g'ri ularning ish qobilyatiga, kasb-
hunar o'rganishga bo'lgan faoliyatiga, salbiy ta'sir qilib, aqliy va jismoniy harakat 
imkoniyatlarini pasaytiradi. 
Ayniqsa, ruhiy o'zgarishlarga ega, nerv sistemasi kasalliklarini boshidan 
kechirgan bolalar va o'smirlarda aqliy mehnat faoliyati past va turg'un bo'ladi. Sust aqliy 
mehnat faoliyati gemoglobin miqdori kamaygan, endokrinologik o'zgarishlarga ega, 
past darajadagi jismoniy rivojlanishga ega bo'lgan va tez-tez kasal bo'lib turadigan 
bolalar va o'smirlarda uchraydi. O'quv jarayonidagi yuklamalar natijasida yanada 
susayishi mumkin. 
Revmatizm bilan og'irigan o'quvchilarda ham o'quv va mehnat faoliyati past 
bo'lib, orqada qolish kuchayib boradi. Hozirgi davrdagi o'quv rejimi, ta'lim yuklamalari 
ularning sog'ligining holatini yomonlashtirib yuborishi mumkin. Butun o'quv yili 
davomida bunday o'quvchilarga bir yilda o'rtacha 22 kun dars qoldirish to'g'ri keladi, 
vaholanki sog'lom bolalarda bu ko'rsatkich 10 kunni tashkil etadi.Ular orqada 
qolmaslik uchun uyda ko'proq dars qilishga majbur bo'ladilar, oqibatda kun tartibi 
buziladi, uyqu va ochiq havoda bo'lish doimiyligi buziladi.
Bunday bolalarda yurak-qon tomir sistemasidagi o'zgarishlar 56%, shunday 
bolalarda buyrak usti bezlarining glyukokortikoid va androgen funksiyalaridagi 
garmonal buzilishlar kuzatiladi. Jismoniy tarbiya darslaridan ozod qilingan 
o'quvchilarning 59% qismi revmatizm va uning yurakka ta'siri bor bo'lgan o'quvchilar 
hisoblanadi. Tonzillit, tuberkulyoz intoksikasiyasi va boshqa surunkali kasalliklar 
fiziologik funksiyalarning rejimi, tartibi buzilishi oqibatida odamda ish qobilyatining va 
turli kasalliklarga olib keladi. Ayniqsa bolalik va o'smirlik davrida tez toliqib qolish, 
o'quv jarayonida ishchanlikning keskin pasayishiga olib keladi. Har qanday, qisqa 
muddat davom etadigan bo'lsa ham, kasalliklar o'tish davri va sog'ayish davrida 
organizm reaktivligining pasayishiga, markaziy nerv tizimining buzilishiga, yuqori 
darajadagi toliqib qolishga, past darajadagi ish qobilyatiga, funksional tizimlar 
faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi. 
Yoshga xos bo'lgan darajadagi aqliy ish qobiliyatining tiklanishi anginadan so'ng 
8-9 kundan keyin o'quvchilarda kuzatilgan. Gripp, o'tkir respirator kasalliklar, xrotin 
tonzillit bilan og'rigan bolalarni maktab ustaxonalariga maktabga kelgach 7-15 kundan 
keyin (grippda -7-8 kundan, anginada 9-10 kundan, xrotin tonzillitda 11-15 kundan 
keyin) ishlashga ruxsat beriladi. 


108 
Quyida bir qancha kasalliklardan so'ng jismoniy darslarga qo'yish muddati 
ko'rsatilgan.
Kasalliklar 
Maktabga kelgan 
vaqtdan keyin 
Izoh 
Gripp 
2-4 hafta 
Keyngi davrda sovuq qotishdan 
saqlanish kerak. 
Angina
3-4 hafta 
Bronxit 
1-3 hafta 
Pnevmoniya 
1-2 oy 
Plevrit 
1-2 oy
O'tkir 
yuqumli 
kasalliklarda 
1-2 oy 
Agar 
yurak-qon 
tomir 
tizimi 
maromida 
bo'lsa, 
tekshiruvdan 
so'ng.(20 o'tir-to'r. 30 sekunda) 
O'tkir lefrit 
2 oy 
Yuqumli genatit
8-12 oy 
Appendisit(op-yer) 
1-2 oy 
Suyak sinishi
1-3 oy 
Miya chayqalishi 
2 oy-1 yil 
Davolash 
davridagi 
davo 
gimnastikasini davom ettirish kerak. 
Chayqalish turiga ko'ra.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling