O„zbekiston respublikasi
Zamonaviy makroiqtisodning istiqbollari
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.4. Postkeynschilik iqtisodiyoti
Zamonaviy makroiqtisodning istiqbollari
Yangi iqtisodiy nazariya rivojlanishida bu rivojlanishlarning ahamiyatini tushinish uchun avvalambor, Keyns makroiqtisodi 229 neoklassik nazariyaga hech qachon to‗g‗ri kelmaganligini bilish zarur. Bu nazariya siyosiy talabga to‗g‗ri kelgani va iqtisodiy hodisalarni standart klassik nazariyaga qaraganda yaxshiroq tushuntirgani uchun yuzaga kelgan. Yangi klassik revolyutsiya Keyns makroiqtisodiy nazariyasiga to‗g‗ri kelmagani uchun u bilan bahslashdi va makroiqtisodiy nazariyani mikroiqtisodiy nazariyaga bo‗ysundirishga harakat qildi. Bu qandaydir ma‘noda neoklassik ta‘limotning oxirgi hayqirig‗i edi va u makroiqtisodiy asosni bo‗shashtira oldi, lekin makroiqtisodiy nazariyani mikroiqtisodiy nazariyaga qayta bo‗ysundira olmadi. Uni faqatgina alohida bo‗laklarga bo‗lib, alohida izchil bo‗lmagan, qayerda to‗g‗ri kelsa ishlatiladigan modellar rivojlanishiga yo‗l qo‗yib berdi. Keyns ta‘limoti shunday o‗ziga xos sharoitda klassik ta‘limotdan ko‗p farq qilmas edi. Ikkala nazariya ham zamonaviy iqtisodiy nazariyaning bir xususiyati, ya‘ni real hayotni anglashda modellarni ishlatish usulidir 45 . 10.4. Postkeynschilik iqtisodiyoti Makroiqtisodiyot sohasini tushunib borganimiz sayin biz bozor iqtisodiyotiga asoslangan makroiqtisodiyot Keynsning kitoblari orqali topilgan ma‘lum bir qonuniyatlarga asoslanishini ko‗rib boramiz. Bu holat Keyns makroiqtisodiyot to‗g‗risida aynan nima demoqchiligini ifodalagan yakdillikka ega bo‗lishda iqtisodchilarning umumiy qobiliyatsizligidan paydo bo‗ldi. 1970-yillarga kelib, Sidney Veyntraub va Pol Davidson tomonidan Atlantika okeani bo‗yida va iqtisodiy maktab sifatida dunyoga tanilishiga imkon bergan asosiy neokeynschilik modeli tanqidini aniq va ravon ifodalashda Angliya birlashgan kuchlarini o‗z ichiga olgan Jon Robinson va Jon eatvell tomonidan bir iqtisodiy guruh shakllandi. Ular o‗zlarini postkeynschilar, deb atadilar, 1974-yilda o‗zlarining tashkiliy majlisini o‗tkazishdi hamda Journal of Post-Keynesian Economics (JPKE) (Postkeynschlik iqtisodiyoti jurnali) nashrdan chiqarildi. Ushbu jurnalning dastlabki nashrida turli xil asoschilar va qo‗llab-quvvatlovchilar postkeynschilik iqtisodiyoti asli nimani anglatishi haqida so‗z olib bordilar. Jon Robinson bu iqtisodiyotni ―kelajak va o‗tmish o‗rtasidagi farqli tomonlarni hisoblab beruvchi tahlil metodi‖ deb atadi. J. K. Gelbreyt uni ―sanoatlashgan jamiyat uzluksiz va organik o‗zgarishlar jarayonida bo‗lib, davlat siyosati bu kabi o‗zgarishlarga moslashib boradi va shunday davlat 45 History of Economic Thought. Harry Landreth, David C. Colander. Fourth edition Houghton Mifflin Company Boston Toronto. P 440-444 230 siyosatini yo‗lga qo‗yish bilan tizim yaxshilanadi‖ deya ifodalab o‗tadi. Boshqa iqtisodchilar esa turlicha masalalarga e‘tibor qaratishadi, ammo ularning barchasi neoklassik va neokeynschilik iqtisodiyoti o‗zini oqlamaganini e‘tirof etadilar. Ular o‗zlaricha qarashlarni amalga oshirdilar va shuning uchun bozor makroiqtisodiyotini ―begona keynschilik‖ deya nomlab, Keyns yo‗nalishiga sodiqlikning haqiqiy namoyondalari sifatida maydonga chiqdilar. Britaniya postkeynschiligi (ba‘zida neorikardochilar, deb ham yuritiladi) eng to‗g‗ri yo‗nalish Rikardoning ishlab chiqarish nazariyasi va uni Kaleskining iqtisodiy davrlarga oid sinfiylik nazariyasi bilan to‗ldirish, deb hisoblashgan. Piyero Srafaning Production of Commodities by Means of Commodities: Prelude to a Critique of Economic Theory (1960) (Tovarlar vositasida aynan tovarlar ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish: Iqtisodiyot nazariyasi tanqidiga kirish) nomli izlanishidan so‗ng ular foydaning ish haqi va foyda o‗rtasida taqsimlanishi aniq emasligini hamda jami ishlab chiqarilgan mahsulotga bog‗liq bo‗lmasligini ta‘kidlab o‗tdilar. Shundan kelib chiqib, daromadlarning taqsimlanishi marjinal samaradorlik bilan emas, balki tabiatdagi makroiqtisodiy kuchlar yordamida aniqlanishini sezish qiyin emas edi. Bu iqtisodiy qarashda ular Maykl Kaleskining 1933-yilda ―ishchilar o‗zlari topganini sarflasalar, kapitalistlar sarflaganini topadilar‖ deb o‗z mulohazalariga xulosa yasagan modeli asosida ish ko‗radilar. 46 Kaleski o‗z modelida uchta markaziy farazlarni keltirib o‗tdi. Birinchidan u firmalar narxlashtirishning kost-plus (xarajatlar-plus doimiy daromadlar) metodini qo‗llashlarini faraz qildi. Kapitalistlar foyda va ish haqi darajalarini aniqlaydilar, ammo umumiy foyda yoki maoshning umumiy hajmini aniqlamaydilar, chunki ular ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy darajasi orqali aniqlanadi. Ikkinchidan, hech qanday jamg‗arma xarajatga yo‗naltirilmaydi, shuning uchun ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy darajasi Keynsning multiplikatsion modeli asosida umumiy talab darajasi orqali aniqlanadi. Uchinchidan, ishchilar o‗z daromadlarining 100% ini sarflaydilar, shuning uchun iste‘molga cheklangan moyillik ham 100% chiqadi. Kapitalistlarning investitsiyaviy xarajatlari vaqtinchalik xarakterda bo‗lib, foyda darajasiga (jamg‗armalarni ifoda etuvchi) bog‗liq 46 Michal Kalecki, ―An Essay on the Theory of the Business Cycle‖ [1933], translated in his Studies in the Theory of Business Cycles: 1933-1939 (London: Basil Blackwell, 1966). 231 bo‗lmaydi. Agarda ular barcha topgan daromadlarini sarflab yuborsa, talab barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olishga yetarli bo‗ladi va jami ishlab chiqarilgan mahsulot va daromad yuqoriligicha qoladi. Agar kapitalistlar pessimistik xarakterda bo‗lib, o‗z daromadlarini sarflamasdan, balki jamg‗arsalar, yalpi talab va umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot darajasi past bo‗lib, daromadlar ham kamayib boradi (foyda normasi bir xil darajada saqlanib qolsada) va ishsizlik vujudga keladi. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, daromadlarning foyda va ish haqi darajalari o‗rtasida taqsimlanishi marjinal samaradorlik bilan emas, balki makroiqtisodiy kuchlar ta‘sirida aniqlanadi. Ushbu oddiy modeldagi ko‗plab farazlar faoliyatning makroiqtisodiy darajasi daromadlar taqsimlanishi orqali aniqlanishini ifodalovchi umumiy iqtisodiy qarashning qonuniy kuchini yo‗qotmagan holda kelib chiquvchi natijalarni ikki ma‘noli bo‗lib qolishini ko‗rsatib, o‗zgarib borishi ham mumkin. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling