O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

Adam Smit 
(1723-1790)  


110 
insoniyat tomonidan oldin yaratilgan iqtisodiy bilimlar umumlashtirildi 
va umumiy nazariy tamoyil asosida iqtisodiy fan tizimiga aylandi. 
A.Smitning bu asari besh qismdan (kitobdan) iborat bo‗lib, 
birinchi qismida qiymat va qo‗shimcha daromad muammolari tadqiq 
etildi, ikkinchisida – kapital jamg‗arilishi va uning funksional shakllari, 
uchinchisida – kapitalizm rivojlanishining tarixiy shart-sharoitlari 
ko‗rsatib berildi, to‗rtinchisida – o‗zining merkantilizm va fiziokratlar 
ta‘limotiga bo‗lgan munosabatlari aks etdi, beshinchi qismida davlat 
moliyasi masalalari ko‗rib chiqildi. Bu asar A.Smit hayot paytidayoq 
to‗rt marta, uning o‗limidan keyin asr oxirigacha yana uch marta qayta 
nashr etildi. U nafaqat Angliyada, balki chet ellarda ham zo‗r qiziqish 
uyg‗otdi. A.Smitning bu buyuk asari dunyodagi barcha keyingi iqtisodiy 
ta‘limotlarining rivojlanishiga va ko‗pchilik davlatlarning iqtisodiy 
siyosatiga o‗zining katta ta‘sirini ko‗rsatdi. 
 
Xalqlar boyligining tabiati va sabablari 
 
Xalqlar boyligi asoslarining birinchi 
jumlalaridanoq Smit Xalqlar boyligining 
tabiati konsepsiyasini tushuntirib o‗tgan. Bu 
ishi bilan u o‗z qarashlarini merkantalistlar va 
fiziokratlarnikidan 
farqlani-shini 
isbotlab 
berdi. 
Xalqlar boyligi asarining ko„p qismlarida 
Smit boylik savdoda yaratiladi, degan fikrlari 
uchun merkantalistlarga qarshi bo„lgan. 
Uning fikricha, boylik qimmatbaho metallar 
miqdori 
bilan 
emas, 
balki 
tovar 
va 
xizmatlardan olinadigan yillik foydadir. U 
shuningdek, eksport va import o„rtasidagi bog„liqlikni ham tushuntirib 
beradi
20
.
A. Smit Xalqlar boyligi aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan daromad 
bilan ham o‗lchanadi, deb ta‘kidlaydi. Hozirda masalan, Angliya 
Xitoydan boyroq, deyilganda ularning aholi jon boshiga to‗g‗ri 
keladigan daromad qiyoslanadi, umumiy ishlab chiqarilayotgan 
20
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander lvii. 


111 
mahsulot va daromad emas. Bu qarash hozirda ham o‗z kuchini 
yo‗qotmagan.
21
Xalqlar boyligi holati haqida ham ko‗p fikrlar berilgan. Smitning bu 
kitobining qolgan qismi Xalqlar boyligi vositali, vositasiz, to‗g‗ri va 
noto‗g‗ri sabablariga bag‗ishlangan. 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling