O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

 
Muhokama uchun savollar 
1. Pettining boylik nazariyasining o‗ziga xos xususiyati nimada? 
2. Qiymatning mehnat nazariyasini qanday tushunasiz? 
3. U.Petti bo‗yicha ish haqi darajasi nimaga bog‗liq? 
4. Fiziokratlar ta‘limotiga qanday xususiyatlar xos? 
5. F.Kenening tabiiy tartib konsepsiyasining mohiyati nimada? 
6. F.Kenening ―sof mahsulot‖ to‗g‗risidagi ta‘limotining mohiyatini 
ochib bering. 
7. F.Kenening sinflar, kapital, unumli mehnat to‗g‗risidagi nazariy 
qarashlarining o‗ziga xosligi nimada? 
8. F.Kenening takror ishlab chiqarish nazariyasidagi ijobiy va salbiy 
tomonlarini ko‗rsatib bering. 
9. A.Tyurgoning qiymat nazariyasining o‗ziga xos tomoni nimada? 
10. Fiziokratizmning tarixiy ahamiyatini qanday tushunasiz? 
 
 
19
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 80 b. 


109 
 
 
VI BOB. KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING RIVOJLANISHI 
6.1. Adam Smitning iqtisodiy qarashlari 
Buyuk ingliz iqtisodchisi Adam Smitning «Xalqlar boyligining 
tabiati va sabablari to„g„risida tadqiqot» asari 
zamonaviy iqtisod fanining boshlanishi hisoblanadi. 
A.Smit o‗z davridagi iqtisodiy bilim va konsep-
siyalarini umumlashtirdi va tizimlashtirdi. U xo‗ja-
lik hayotining asosiy sohalarini tavsiflab beruvchi 
bir butun nazariya yaratdi.
Adam Smit (1723–1790) Shotlandiyaning 
Kerkoldi shahrida bojxona amaldori oilasida 
dunyoga keldi. U Glazgo va Oksford universitet-
larida ta‘lim oldi, bu yerda adabiyot, tarix, falsafa 
fanlari bilan birga fizika, matematikani ham 
o‗rgandi. A.Smit 1748-yilda Edinburgda ommaviy 
leksiyalar o‗qiy boshladi, 1751-yilda Glazgo 
universitetining professori etib tayinlandi. Keyinchalik ijtimoiy fanlar 
kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759-yilda o‗qigan leksiyalari asosida 
etikaning falsafiy muammolariga bag‗ishlangan o‗zining birinchi 
«Axloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi.
1764-yili A.Smit hayotida keskin o‗zgarish bo‗ldi: u kafedrani 
tark etdi va o‗sha davrda ko‗zga ko‗ringan siyosiy arbob – gersog 
Baklning o‗g‗li yosh lordning xorijga qiladigan sayohatida unga 
hamrohlik qilish to‗g‗risidagi taklifini qabul qildi. Bu sayohatdan 
A.Smit katta moddiy manfaatdorlik ko‗rar edi, ya‘ni umrining 
oxirigacha unga har oyda 800 funt sterling kafolatlangan edi. Bu uning 
professorlik gonoraridan ancha ko‗p bo‗lgan. Sayohat chog‗ida u 
Shvetsariyada Valter, Fransiyada fiziokratlar F.Kene, A.Tyurgo, 
D.Alamber va boshqa atoqli olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari 
bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar A.Smit dunyoqarashining shakllanishiga 
katta ta‘sir ko‗rsatdi. 
1766-yilda u o‗z yurtiga qaytib keldi va «Xalqlar boyligining 
tabiati va sabablari to‗g‗risida tadqiqot» nomli asosiy asarini yozishga 
kirishdi. Bu asar 1776-yilda birinchi martda chop etildi. Asarda 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling