Mustaqil ishi fan o’qituvchisi: Alibek Normatov Adam Smith. Klassik siyosiy iqtisodning asosiy namoyondasi


Download 13.64 Kb.
bet1/5
Sana23.06.2023
Hajmi13.64 Kb.
#1652292
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Adam Smit

Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti Iqtisodiyot va axbarot texnologiyalar fakulteti Buxgalteriya hisobi va auduti 1 bosqich talabasi Ergashov Javohirning iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Fan o’qituvchisi: Alibek Normatov

Adam Smith. Klassik siyosiy iqtisodning asosiy namoyondasi.


Adam Smit (1723-1790) klassik siyosiy iqtisodning atoqli namoyandasidir. Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolangan 1776-yili Angliyada zamonamizning eng muhim kitoblaridan biri Shotlandiyalik buyuk iqtisodchi Adam Smitning «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» asari nashr etildi. Bu asar zamonaviy iqtisodiy fanning boshlanishi hisoblanadi. Shu kitob uning muallifi Adam Smitni «iqtisodiyot otasi» unvoniga sazovar etdi. Smitning nuqtai nazaridan millatning boyligi faqat qishloq xo’jaligi jarayonida emas, umuman ishlab chiqarish jarayonida vujudga keltiriladi. Ishlab chiqarilgan ne‘matlar miqdori inson mehnatining boshqa ishlab chiqarish omillari bilan birlashuvidan tashkil topadi. A.Smit o’z davridagi iqtisodiy bilim va konsepsiyalarni umumlashtirdi va sistemaga tushirdi. Buning natijasida xo’jalik hayotining asosiy sohalarini tavsiflab beruvchi bir butun nazariya yaratdi.

A.Smitning bu asari 5 kitobdan iborat bo’lib:

  • A.Smitning bu asari 5 kitobdan iborat bo’lib:
  • 1-da – qiymat va qo’shimcha daromad muammolari tadqiq etildi;

    2-da – kapital jamg’arilishi va uning shakllari;

    3-da –kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari;

    4-da – merkantilizm va fiziokratlarning ta‘limotiga munosabati;

    5-da – davlat moliya tizimi tadqiq etilgan.

  • A.Smitning tadqiqotining predmetini – jamiyatni iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy turmush darajasini oshirish muammolarini tashkil etadi. Boylikni ko’paytirish omillari, boylikning manbai mehnat va undagi mehnat taqsimoti hisoblanadi. A.Smitning fikriga ko’ra, mehnat taqsimoti- milliy mahsulot yaratish jarayonida odamlar o’rtasidagi hamkorlik shaklidir. Shu borada olim quyidagi fikrlarni ilgari surdi:
  • Ixtisoslashuv tufayli kishilarning chaqqonligi ortadi;
  • Ular vaqtni tejaydilar, chunki bir ish turidan boshqasiga o’tishga hojat bo’lmaydi;
  • Ishchilar o’z faoliyatlarini takomillashtiradilar;
  • Ixtiro qilish uchun katta imkoniyatlarga ega bo’ladilar.

Download 13.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling