Mustaqil ishi fan o’qituvchisi: Alibek Normatov Adam Smith. Klassik siyosiy iqtisodning asosiy namoyondasi
Qiymat nazariyasi va bahoning shakllanishi
Download 13.64 Kb.
|
Adam Smit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiymatning ikki konsepsiyasi.
Qiymat nazariyasi va bahoning shakllanishi.Qiymat nazariyasi va bahoning shakllanishi.A.Smit bozor bahosining beqarorligini talab va taklifdagi doimiy o’zgarishlarning natijasidir, deb ko’rsatib o’tadi. O’z tadqiqotida A.Smit oldiga tovarning «real», «tabiiy» bahosini, ya‘ni uning qiymatini topish vazifasini qo’ydi. U tovarning bozor va tabiiy yoki haqiqiy baholarini farqlaydi, hiqiqiy bahoni qiymat bilan aynan bir deb tushunadi. «Qiymat»- bu buyumning foydaliligi, hamda uni boshqa buyumga almashish qobiliyati belgilanadi. Bunda u bir vaqtning o’zida ikki har xil konsepsiyadan foydalandi. Birinchisi – tovarning qiymati faqat unga sarflangan mehnat bilan aniqlanadi: qancha ko’p mehnat sarflansa, tovar shuncha qimmat bo’ladi ( bu konsepsiya keyinchalik D.Rikardo va K.Marks iqtisodiy ta‘limotlarining asosini tashkil etadi). Ikkinchi konsepsiyaga binoan - tovar qiymatini yaratishda barcha ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital, yer) qatnashadi. Shunga muvofiq tovar qiymati mehnat sarflaridan, foyda va yer rentasidan tashkil topadi, ya‘ni ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. A.Smit o’z qarashlarida bu ikkala konsepsiyadan foydalandi.Qiymatning ikki konsepsiyasi.Qiymatning ikki konsepsiyasi.Smitning fikricha «Tabiiy baho» (qiymat) – bu shunday bahoki, unda mehnat, kapital va yer uchun to’lanadigan normalar tarkib topadi. Bu tabiiy normalar xalqlarning yashash sharoitlariga, geografik va tabiiy sharoitlariga va o’rtacha xarajatlar darajasiga qarab o’rnatiladi. A.Smit fikriga ko’ra esa, «tabiiy baho»ning shakllanishi – ob‘ektiv bozor qonunlarining amal qilishi natijasidir. Agar talab taklifdan kam bo’lsa, bozor bahosi tabiiy bahodan past, agar talab taklifdan ko’p bo’lsa, bahoning oshishiga va taklifning ko’payishini rag’batlantiradi. Bunda bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor holatiga qarab undan yuqori yoki past bo’lishi mumkin. Mehnat bozori va pul A.Smitning ko’rsatib berishicha, mehnat bozorida talab va taklifning mosligi kuzatiladi, chunki taklifning talabga moslashuvi nafaqat tovarlar bozorida, balki mehnat bozorida ham amal qiladi. Masalan, aholining o’sishi ishchi kuchiga bo’lgan talab bilan tartibga solinib turadi. Quyi sinflarda an‘anaviy ravishda bolalarning tug’ilishi ko’p bo’ladi. Ammo ishchi kuchiga talab ortmasa, albatta, ish haqi past bo’ladi va ularning ko’pi kambag’allikdan o’lib ketadi. Shuning uchun, yuqori ish haqi iqtisodiy taraqqiyot – progressga yordam beradi, chunki u mehnat unumdorligini oshirish uchun rag’batlantiradi.Download 13.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling