O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

ijtimoiy zarur mehnat miqdori bilangina, ya‘ni ijtimoiy zarur ish vaqti 
bilangina belgilanadi. Har bir ayrim tovar o‗z jinsidan bo‗lgan 
tovarlarning faqat o‗rtacha nusxasi sifatida ahamiyatga egadir». Ijtimoiy 
zarur ish vaqti me‘yoriy ishlab chiqarish sharoitida va muayyan 
jamiyatdagi mehnat malakasi va intensivligining darajasi o„rtacha 
bo„lgan sharoitda biron-bir tovar tayyorlash uchun sarflanadigan 
vaqtdir. Ushbu tushunchalar yordamida qiymat qonuni shakllanadi: 
almashuv jarayonida (ekvivalent ekvivalentga singari) tovarlar o‗zining 
qiymati bo‗yicha ayirboshlanadi (ularda mujassamlashgan ijtimoiy zarur 
ish vaqti bo‗yicha). K.Marksning tasdiqlashicha, har qanday jamiyatda 
qiymat qonuniga amal qilmagan ayirboshlashning bo‗lishi mumkin 
emas. Qiymat esa, yuqorida qayd qilib o‗tganimizdek, ayni jamiyatda 
o‗rtacha mehnat sarflari bilan o‗lchanadi. Bu ayirboshlanadigan 


159 
tovarlarni taqqoslashning yagona o‗lchovi mehnat ekanligini bildiradi. 
Tovarlarning foydaliligi bunday umumiy o‗lchov bo‗la olmaydi, negaki, 
ular miqdor jihatidan taqqoslanmaydi. 
K.Marksning qiymat nazariyasining D.Rikardoning qiymat 
nazariyasidan farqlanishiga e‘tibor berish zarur. D.Rikardo tovarlarning 
nisbiy qiymati to‗g‗risida so‗z yuritadi: A va B tovarlar bir-biriga 
ayirboshlanadi, chunki ularni ishlab chiqarish taxminan bir xil mehnat 
sarflarini taqozo etadi. K.Marksda esa qiymat tovarga xos obyektiv 
xususiyatdir. 
Qo„shimcha qiymat nazariyasi. Qiymatni aniqlab va qiymat 
qonunini ta‘riflab bergach, K.Marks qo‗shimcha qiymatni tahlil qilishga 
o‗tdi. Bu uning nazariyasida markaziy tushuncha hisoblanadi. Bu yerda 
asosiy savol tug‗iladi: agar «ekvivalentli ayirboshlash» tamoyili 
bo‗yicha barcha mahsulotlar o‗z qiymatiga olinsa va sotilsa, unda 
qo‗shimcha qiymat qanday hosil bo‗ladi? Marks ta‘limoti bo‗yicha, u 
quyidagicha ishlab chiqariladi. 
Tovar ishlab chiqarish taraqqiyotining ma‘lum bosqichida pul 
kapitalga aylanadi. Tovar muomalasining formulasi T-P-T (tovar-pul-
tovar), ya‘ni boshqa bir tovarni sotib olish uchun tovar sotishdir. 
Kapitalning umumiy formulasi P-T-P, ya‘ni sotish uchun tovarni sotib 
olishdir. T-P-T mazmuni: odamlar o‗rtasida har xil foydalilik 
ayirboshlanadi. P-T-P doiraviy aylanishda maqsad foyda olish 
hisoblanadi. Demak, P>P bo‗lishi kerak. Bu o‗sish qayerdan keladi? 
(Marks uni «qo„shimcha qiymat» deb ataydi). Qo‗shimcha qiymat 
tovarlar muomalasida paydo bo‗lmaydi, chunki tovar ekvivalentli 
ayirboshlanadi, qo‗shimcha qiymat bahoning ustiga qo‗shib sotishdan 
ham kelib chiqmaydi, chunki bunday bo‗lganda xaridor va 
sotuvchilarning o‗zaro yutuq va yutqiziqlari bir-birini qoplagan bo‗lar 
edi, holbuki, gap ayrim hodisa ustida emas, balki ommaviy, o‗rtacha, 
ijtimoiy hodisa ustida boradi. Qo‗shimcha qiymat olish uchun «pul egasi 
bozordan shunday bir tovar topish baxtiga erishmog‗i kerakki, bu tovar 
iste‘mol qiymatining o‗zi qiymat manbayi bo‗lishdek original bir 
xususiyatga ega bo‗lsin», u shunday tovar bo‗lishi kerakki, bu tovarni 
iste‘mol qilish jarayoni ayni paytda qiymat yaratish jarayoni ham 
bo‗lsin. Bunday tovar – ishchi kuchidir. Ishchi kuchining iste‘mol 
qilinishi mehnatdir, mehnat esa qiymat yaratadi. Pul egasi ishchi kuchini 
uning o‗z qiymati bo‗yicha sotib oladi. Ishchi kuchi tovarining qiymati 
ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo‗lgan tirikchilik 
vositalari qiymati bilan belgilanadi. Ishchi o‗z ishchi kuchi qiymatidan 


160 
ortiqcha qiymat yaratish xususiyatiga ega. Faraz qilaylik, ishchi kun 
bo‗yi 10 soat ishlaydi. Holbuki, ishchi 5 soat mobaynida (Marks atamasi 
bo‗yicha «zarur ish vaqtida») o‗z qiymatiga teng qiymat yaratadi, 
keyingi 5 soat mobaynida («qo„shimcha ish vaqtida») esa qo‗shimcha 
mahsulot yoki qo‗shimcha qiymat yaratiladi. Kapitalist bu qo‗shimcha 
qiymatni haq to‗lamasdan o‗zlashtirib oladi. K.Marks bo‗yicha, 
kapitalist tomonidan qo‗shimcha qiymatning o‗zlashtirib olinishi 
mehnatning ekspluatatsiya qilinishidir. K.Marks o‗zi ishlab chiqqan 
«formula» yordamida ushbu ekspluatatsiya darajasini, ya‘ni 
ekspluatatsiya me‘yorini ko‗rsatib berdi. Qo‗shimcha qiymatning ishchi 
kuchi qiymatiga - o‗zgaruvchi kapitalga bo‗lgan nisbatini (mashinalar va 
xomashyoda ifodalangan doimiy kapital esa o‗z qiymatini faqat yangi 
mahsulotga o‗tkazishi mumkin, lekin qo‗shimcha qiymat yaratmaydi) u 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling