O„zbekiston respublikasi
Qisman va umumiy muvozanat tahlili
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Qisman va umumiy muvozanat tahlili
O‗z mohiyatiga ko‗ra nazariyalar va modellardagi ba‘zi elementlar o‗zgarmas bo‗lganligidan modelning o‗zgarishiga ta‘sir qilmaydi, degan taxmin bor. Katta samara bergan laboratoriya tekshirishlari natijasida fizika kursidan ma‘lumki, tahlillarda ikkita o‗zgaruvchi mavjud bo‗ladi. Misol uchun, bir o‗zgaruvchi - suv massasi bo‗lsa, ikkinchisi unga ta‘sir qiluvchi issiqlik, deb qaraladi va ikkinchi o‗zgaruvchiga ta‘siri ko‗rib chiqiladi. Agarda takrorlanuvchi tajribada suv 212 daraja Farengeytda qaynasa, bunday holda ba‘zi bir sabablarga asoslanib, bunda o‗zgarmas bosim hal qiluvchi bo‗ladi, suvni shu darajada qaynaydi deb hisoblaymiz. Iqtisodchilar umumiy va nisbiy muvozanat modellarini farqlovchi omil bu ulardagi mavhumlik darajasining shartlariga qarab belgilanadi, deb ta‘kidlashadi. Nisbiy muvozanat tahlili kam sonli o‗zgaruvchan- 208 largagina o‗zgarish imkonini beradi. Umumiy muvozanat tahlili esa ko‗p sonli o‗zgaruvchanlarning o‗zgarishiga imkon beradi. U barcha o‗zgaruvchilarga imkon bermasada, bu modelga ta‘sir ko‗rsatadi. Bular iqtisodiyot mohiyatini belgilab beradi. O‗z navbatida mahsulot ishlab chiqaruvchi texnologiyalar jamyatning institutsional tuzilishidan umumiy muvozanat modellarini shakllantiradi. Iqtisodiyot mohiyati va jamiyatshunoslik fanlari ortodoksal nazariya tomonidan sanoqli o‗zgaruvchilar bilan cheklanib kelingan. Alfred Marshallga ergashuvchi ko‗plab tarafdorlar nisbiy muvozanat modellarini qo‗llashni o‗zlarining xo‗jalik, firma va sanoat tarmoqlaridagi tahlillari bilan cheklab kelganlar. Biz go‗sht mahsulotlari narxining pasayishi go‗sht sanoatiga qanday ta‘sir ko‗rsatishini ko‗rib chiqamiz. Nisbiy muvozant yo‗nalishini qo‗llab, taxminiy muvozanatdan boshlaymiz, narx qisqarishi bilan muvozanatni buzamiz va yangi nisbatni izga tushiramiz. Bu tahlilda iqtisodiyotning boshqa kuchlari o‗zgarmas qilib qo‗yilgan va buning go‗sht sanoatiga ta‘siri yo‗q, deb faraz qilamiz. Mol go‗shti narxining pasayishi uning iste‘moli ko‗payishiga va go‗sht narxining yangi muvozanat darajasiga tushishiga sabab bo‗ladi. Tahlil maydonini biroz kengaytiramiz va mol go‗shti va cho‗chqa go‗shti sanoatini birga olib qaraymiz. Mol go‗shti narxining bunday pasayishi uning iste‘moli ortishiga, yanada arzonroq narxga va ko‗proq mahsulot yetkazib berishga olib keladi. Mol go‗shti narxining tushishi cho‗chqa go‗shtiga bo‗lgan talabga ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Mol go‗shti narxi tushishi unga bo‗lgan talabni oshiradi va cho‗chqa go‗shtiga bo‗lgan talabning tushishiga olib keladi: xaridorlar cho‗chqa o‗rniga mol go‗shti iste‘mol qilishadi. Cho‗chqa go‗shtiga nisbatan talabning tushishi uning narxi pasayishiga olib keladi va bu o‗z o‗rnida mol go‗shtiga talabning tushishiga va uning o‗z narxidan yana pasayishiga olib keladi. Ikki mahsulot narxi va talabi o‗rtasidagi aloqalar ikki sanoat tarmoqlarida ham yangi muvozanat o‗rnatilmagunicha narxlardagi o‗zgarishlar va mahsuldorlikning kamayishi davom etadi. Bizning nisbiy muvozanat modelimizda mol go‗shti saoati boshqa tarmoqlardan ajratilgan holda o‗rganildi. Biz narx-navo tushishining natijalarini oddiy talab-taklif chizig‗i ko‗rinishida taqdim etamiz. Mol go‗shti taklifi chizig‗i o‗ngga yo‗naladi va yangi muvozanat paydo bo‗ladi. Lekin agarda mol go‗shti va cho‗chqa go‗shtining o‗zaro ta‘sirlanishini chizmada ifodalamoqchi bo‗lsak, chizma biroz murakkab ko‗rinish oladi. 9.1-chizmadagi S va S1 chiziqlar orqali go‗sht sanoatida 209 narxlar pasayishi natijasidagi o‗zgarishlarni ko‗rishimiz mumkin. Bu narx pasayishi cho‗chqa go‗shtiga bo‗lgan talabning pasayishiga olib keldi, d va d1 chiziqlar orqali cho‗chqa go‗shti narxining tushishini ko‗rishimiz mumkin. Cho‗chqa go‗shti narxining tushishi mol go‗shtiga bo‗lgan talabning pasayishiga olib keladi (D va D1). Bu ikki mahsulotning narxi va talabi orasidagi bog‗liqlik pastga yo‗nalgan qiya chiziq orqali yakuniy muvozanatga erishgunga qadar davom etadi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling