Sanoat korxonalarining kadrlari, ularning shakllanishi va foydalanish
Download 36.64 Kb.
|
6 mavzu Sanoat korxonalarining kadrlari, ularning shakllanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona personali, uning tarkibi va shakllanish shartlari
- Kadrlar salohiyati
Sanoat korxonalarining kadrlari, ularning shakllanishi va foydalanish Korxona personali, uning tarkibi va shakllanish shartlari Korxonalarda personalni boshqarish Kadrlar salohiyatidan foydalanish Korxona personali, uning tarkibi va shakllanish shartlari Sanoat taraqqiyotining muammolari umumiy majmuida uni xodimlar bilan ta`minlash masalasi, ularning manbalari, tayyorlash va qayta tayyorlash shakllarini hamda ulardan oqilona foydalanish masalalarini aniqlash alohida o`rin egallaydi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharotida sanoat korxona (firma) larni kadrlar (xodimlar) bilan ta`minlash va ulardan oqilona foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Sanoat ishlab chiqarishida nafaqat mehnat qurollari va mehnat buyumlari (ishlab chiqarish vositalari), balki kadrlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan kadrlar ishlab chiqarishni boshqaradilar, joriy va istiqbolga tegishli rejalashtirishni va bashorat qilishni amalga oshiradilar, ishlab chiqarish vositalari va moliyaviy resurslarni harakatga keltiradilar. Kadrlarning bilimi, ilmi, kasbiy mahorati qanchalik yuqori bo`lsa, sanoat faoliyatining ishlab chiqarish – iqtisodiy parametrlari shunchalik yuksak bo`ladi. Demak, sanoat ishlab chiqarishining ahvoli, holati, rivoji uning kadrlar potentsiali bilan belgilanadi. Shu yerda «potentsial» atamasining ma`nosini tushuntirib o`tish kerak bo`ladi, chunki bu tushuncha bozor iqtisodiyoti sharotitida juda ko`p ishlatiladi. O`zbek tilining izohli lug`atida «potentsial» so`zi lotincha «potentia» so`zidan olinganligi va imkoniyat, kuch-qudrat, yashirin imkoniyatlar ma`nolarini bildirishi ta`kidlangan. Odatda bu atamada mavjud bo`lgan va safarbar etilishi, harakatga keltirilishi, ma`lum maqsadlarga erishish uchun foydalanilishi mumkin bo`lgan vositalar, zahiralar va manbalar ham izohlanishi mumkin. Kadrlar salohiyati – bu mehnat zahirasi yoki imkoniyatidir. U jamiyat mehnat potentsialining tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda mehnat resurslarining umumiy soni va ularning tarkibi, ma`lumot darajasi, professional ko`nikmasi va ishlab chiqarishning u yoki bu sohasida mehnat qilish qobiliyati aks etadi. Kadrlar salohiyati - mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi, ma`lumoti, kasbiy ko`nikmalari, korxonaning u yoki bu bo`g`inlarida va jamoatchilik ishlab chiqarishida qatnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat resurslari yoki imkoniyatlarini ifodalaydi. Kadrlar salohiyati jamiyat mehnat salohiyatining tarkibiy qismidir. Sanoat ishlab chiqarishining muvaffaqiyati pirovard natijada rahbar kadrlarning etukligiga, bilim va ilmining darajasiga, ish malakasi hamda tashkilotchilik qobiliyatiga, ularni to`g`ri tanlash, joy-joyiga qo`yish va tarbiyalashga bog`liqdir. Ishlab chiqarish – xo`jalik faoliyatining har qanday sohasida, shu jumladan, sanoat tarmog`ida ham natijalilik, samaradorlik ko`p jihatdan o`rta bo`g`in kadrlarga bog`liq. Ular rahbarlarning eng ko`p sonli kategoriyasi bo`lib, ishlab chiqarishga hammadan yaqinroq turadilar. Shu boisdan respublikada o`rta bo`g`in kadrlarga alohida ahamiyat beriladi. Kadrlar siyosatining mazmuni, uni amalga oshirishda amal qilinadigan bir qator tamoyillar mustaqillikka erishilgandan keyin butunlay o`zgardi. Kadrlar ishining usullari, shakllari, bu ishga yondoshishning siyosiy va tashkiliy rahbarlik usullari haqidagi qoidalar qaytadan ishlab chiqildi. Ma`lumki, siyosat kishilar orqali yuritiladi. Har qanday tashkiliy masalalarni siyosatdan ajratish mumkin emas. Shu sababli, odatda xodimlarning ishchanlik va siyosiy xislatlariga; oshkoralikka va xodimlarni ochiq-oshkora tanlashga, rahbarlikning davomiyligiga rioya qilgan holda ularni o`zgartirib turishga; keksa va yosh kadrlarni qo`yib ishlatishga, kadrlarga ishonishga hamda ularga nisbatan qat`iy talabchan bo`lishga; davlatning asosiy vazifalari va xodimlarning shaxsiy qobiliyatlariga muvofiq tarzda kadrlarni joy-joyiga qo`yishga; ularning ajoyib fazilatlari va kamchiliklarini o`rganishga; xo`jalik va siyosiy rahbarlarning g`oyaviy-nazariy saviyasini muttasil oshirib borishga katta ahamiyat beriladi. 1997 yilning avgust oyida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi va ta`lim tizimining aniq strategiyasi yaratildi. Bu dasturning maqsadi – ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Download 36.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling