Kadrlar salohiyatidan foydalanish
Tarmoq va korxona faoliyatini rejalashtirish va tahlil etishda, ayniqsa mehnat unumdorligini hisoblash, o`rtacha ish haqini aniqlash, kadrlar qo`nimsizligini aniqlash uchun xodimlarning o`rtacha soni ko`rsatkichi ko`p ishlatiladi.
Ma`lum kunga nisbatan xodimlar soniga quyidagilar kiritiladi:
ro’yxatda turgan xodimlar;
boshqa korxonalardan ishga olingan o’rindoshlar;
fuqarolik-huquqiy ega bo’lgan ishlarni bitim asosida bajaruvchi xodimlar.
Har kungi ro’yxatdagi xodimlar tarkibiga shtat jadvali asosida doimiy, mavso’miy yoki vaqtincha ishga qabul qilingan kishilar, shuningdek ish haqi olib ishlovchi shu tashkilot, korxona egalari ham kiritiladi.
O’rindoshlar ham qo’shiladi, lekin ularning mehnat daftari asosiy ish joyida saqlanadi.
Bitim asosida – maxsus yoki xo’jalik ishlarini bajaruvchi (remont, maslahat berish va h.k.) kishilar ro’yxatdagi xodimlarga kiritilmaydilar.
Ro’yxatdagi xodimlar soni korxona ixtiyoridagi har kungi mavjud bo’lgan mehnat resurslari salohiyati haqida fikr yuritish imkoniyatini beradi. SHu va boshqa ko’rsatkichlar momentli ko’rsatkichlar bo’lib, ularni soni har kuni o’zgarib turadi. SHuning uchun malum iqtisodiy tahlilni amalga oshirish uchun (o’rtacha mehnat unumdorligi, o’rtacha ish haqi va h.k.). O’rtacha ro’yxatdagi xodimlar soni aniqlanadi. Buning uchun har kungi ro’yxatda turgan xodimlar sonini qo’shib, kalendar kunlar soniga bo’linadi (28, 29, 30, 31). Bunda shanba va yakshanba kunlar uchun juma kunida ro’yxatda turganlar soni olinadi. Agar korxona oy davomida to’liq ishlamagan bo’lsa ham o’rtachani aniqlashning bu usuli o’zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |