O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhokama uchun savollar
I 10.1-chizma. 10.2-chizma. Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib, pul taklifi miqdori foiz stavkasiga va demak, investitsiyalar hajmiga ham ta‘sir ko‗rsatadi, deyish mumkin. Masalan, muomaladagi pul miqdorining M 1 dan M 2 ga o‗sishi foiz stavkasini R 1 dan R 2 ga pasaytirdi va investitsiyalar darajasini I 1 dan I 2 ga oshirdi (10.2-chizma). Bu yerda bir muammo mavjud. J.M. Keyns uni ―likvidlik tuzog‗i‖, deb atagan. Uning mazmuniga ko‗ra pul massasi ko‗payib boradi, lekin muayyan (foiz juda past) davrga kelib foiz Me‘yorining pasayishi to‗xtaydi. Pulni ko‗paytirish foydasiz bo‗lib qoladi. J.M. Keyns asarida likvidlik tuzog‗ining ikki sababini ko‗rish mumkin. Birinchidan, foiz stavkasi past bo‗lganda (va demak, obligatsiya qiymati yuqori bo‗lganda) qimmatli qog‗ozlar bozori ishtirokchilari uning oshishini kutadilar (obligatsiyalar qiymatining pasayishini). Shuning uchun ular bugungi kunda qimmat obligatsiyalarni sotib olmaydilar va o‗z aktivlarini likvidli shaklda saqlaydilar (chayqovchilik sababi). Ikkinchidan, past foiz stavkasi pulni qimmatli qog‗ozlar ko‗rinishida saqlash xatarini qoplamaydi va ehtiyotkorlik sababidan kelib chiqqan holda odamlar o‗z jamg‗armalarini xavfsiz bo‗lgan naqd pul ko‗rinishida ushlab turishni afzal ko‗radilar. Muhokama uchun savollar 1. Merkantalizm ta‘limoti va Keyns nazariyasi o‗rtasida qanday bog‗liqlik bor? 2. Nima sababdan o‗sish nazariyalarida klassik iqtisodchilar pessimistik qarashlarni namoyish etishadi? 3. Shumpiterning kapitalizmning kelajagi haqidagi qarashlari Marksnikidan nimasi bilan farqlanadi? R R R 1 R 2 R 1 R 2 S 1 S 2 M 1 M 2 M D 2 D 1 I 1 I 2 I 242 4. Daromadning miqdoriy nazariyasi transaksiya nazariyasidan qanday farq qiladi? 5. Keynsning nazariyasi vaziyatlimi yoki yo‗qmi? Nima uchun buni bilish muhim? 6. Nima sababdan klassik iqtisodchilar ―talab to‗la ishlab chiqarish hajmi uchun‖ konsepsiyasini muammoli, deb topdilar? 7. Keynsning fikriga ko‗ra kapitalizmning asosiy kamchiliklari va yaxshi taraflari nimada? 8. Sog‗lom moliya va funksional moliya atamalari farqini tushuntirib bering. 9. IS-LM tahlilining asosiy muammolari nimadan iborat? 10. Nima uchun yangi klassiklar mikroiqtisod uchun makroasos muhimligiga qarshi chiqishadi? 11. Yangi iqtisodiy o‗sish nazariyasining klassik iqtisodiy maktab asoslariga qanday bog‗liqligi bor? 12. Sizning xodimingiz o‗zining bayonotida Keynsning amaliy odam haqidagi ―ishlamaydigan iqtisodiyotning quli‖ degan mashhur so‗zlaridan sitata keltirmoqchi. Shu sitatani toping. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling