O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Multiplikator
J.M. Keyns investitsiyalarning ko‗payishi bilan milliy daromad- ning ko‗payishi o‗rtasidagi bog‗liqlikni tahlil qildi. Uning ko‗rsatib berishicha, investitsiyalarning ko‗payishi milliy daromadning o‗sishiga olib keladi va u quyidagi formula ko‗rinishida ifodalanadi: K = Y / I, bu yerda, K – multiplikator, Y – milliy daromadning o‗sishi, I – investitsiyalarning o‗sishi. Investitsiyalarning ko‗payishi va uning natijasida milliy daromad va aholining ish bilan bandligining o‗sishi maqsadga muvofiq iqtisodiy samara sifatida ko‗riladi. Ana shu iqtisodiy samara iqtisodiy adabiyot- larda multiplikator samarasi, deb ataladi. Multiplikator – bu son koeffitsiyenti bo‗lib, daromad o‗sishi bilan ushbu o‗sishni yuzaga keltirgan investitsiyalar o‗simi o‗rtasidagi nisbatni ifodalab beradi. Multiplikator atamasini birinchi marta ingliz iqtisodchisi R.Kan 1931- yili ishlatgan. Unda ish bilan bandlik sohasidagi multiplikator samarasi to‗g‗risida so‗z yuritiladi. R.Kanning «ish bilan bandlik multiplikatori» 239 investitsiyalar bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan tarmoqlarda ish bilan bandlikning ko‗payishi o‗rtasidagi nisbatni ifodalab beradi. J.M.Keynsning «Investitsiyalar multiplikatori» nazariyasiga ko‗ra «qachonki investitsiyalarning umumiy summasi o‗ssa, unda daromadlarning ko‗payishi investitsiyalar o‗simidan K marta ortiq bo‗ladi». J.M.Keynsning ta‘kidlashicha, bunday holatning sababi «psixologik qonundan» kelib chiiqadi, unga ko‗ra «real daromadning o‗sib borishi bilan jamiyat doimo uning kamayib boruvchi qismini iste‘mol qilishni xohlaydi». Multiplikator samarasi, yuqorida qayd qilib o‗tganimizdek, investitsiyalarning ko‗payishi daromadning ortishiga olib kelishini ko‗rsatadi va bu ortgan daromad (jamg‗armani chiqarib tashlagandan keyin) yalpi talabning bir qismiga aylanadi. Daromadlarning multiplikatsiyalashuvi jarayoni to‗xtamaguncha shunday davom etib boraveradi. Bu yerda shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, kishilarning jamg‗armaga bo‗lgan moyilligi qancha ko‗p (shunga muvofiq MRS miqdori kam) bo‗lsa, multiplikatorning ahamiyati shuncha kam bo‗ladi. To‗la ish bilan bandlik sharoitida multiplikator amal qilmaydi, chunki bo‗sh turgan resurslarning bo‗lmaganligi sababali ishlab chiqarishni ortiqcha kengaytirib bo‗lmaydi. Real ijtimoiy mahsulot ko‗paymagan holda resurslarni faqat tarmoqlararo qayta taqsimlash yuzaga keladi. Multiplikatsiyalashgan iste‘molning kengayishi baholarning o‗sishida ifodalanadi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling