O„zbekiston respublikasi


 V. Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari to„g„risida


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

13.3. V. Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari to„g„risida 
Valter Oyken (1891–1950) o„zining “Milliy iqtisodiyot asoslari”
(1947) kitobida xo‗jalikni tashkil etish
shakllarining asosiy tiplarini (turlarini) ko‗rsatib
beradi. Mazkur kitobning ―Iqtisodiy tizimlar‖
bobida
―xo‗jalikning ideal tiplari‖ to‗g‗risidagi g‗oya
ilgari suriladi. Uning mohiyati V.Oykenning
quyidagi mulohazalarida ochib beriladi: har
qanday mamlakatning iqtisodiyoti juda ko‗p bir
xil elementlardan tashkil topgan, ya‘ni pul,
baho, foyda, kapital, foiz, mehnat, ish haqi va 
shu kabilar. Nega bo‗lmasa turli mamlakatlarning iqtisodiyoti turlicha? 
V.Oyken bo‗yicha buning sababi bosh elementlarda yashiringan. 
Bunday elementlar, bir tomondan – bu erkin bozor xo‗jaligi, ikkinchi 
tomondan – markaziy boshqaruv xo‗jaligi hisoblanadi. Bu bosh 
elementlar ideal yoki sof xo‗jalik tiplari hisoblanadi va boshqaruv 
uslublari bo„yicha bir-biridan farq qiladi. Birinchi xo‗jalik tipida 
buyruq berishga, o‗z hukmini o‗tkazishga hech kimning haqi yo‗q. 


279 
Ikkinchisida – barcha qarorlar yuqoridan qabul qilinadi. Demak, o‗z-
o‗zidan yuzaga kelish holatlari bo‗lmaydi. 
V.Oykenning keyinchalik qayd qilishicha, real voqelikda bunday 
ideal xo‗jalik tiplari amal qilmaydi. Shuning uchun ―xo‗jalikning ideal 
tipi‖ tushunchasi bilan birga u iqtisodiy hayotda doimo amal qiladigan 
―xo‗jalikning real tipi‖ tushunchasini kiritadi. 
Lekin har xil iqtisodiy tizim xo‗jalikning ideal tipiga intiladi. Bu 
yerda xo‗jalik tiplari nima bilan aniqlanadi, degan savol tug‗iladi. 
Buning sababi V.Oykenning fikricha, mamlakatning milliy-mintaqaviy 
xususiyatlariga, ya‘ni an‘ana, urf-odat, axloq, din, madaniyat darajasi, 
odamlar ongining shakllanishi va shu kabilardan kelib chiqadi. 
Boshqacha aytganda, xo‗jalik tiplari xalqning o‗z tanloviga bog‗liq. 
V.Oykenning fikriga ko‗ra ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal yer egaligi, 
totalitar davlatlar, shu jumladan, sotsialistik iqtisodiyot markazdan 
boshqariladigan xo‗jalikka intiladi. Xalq qancha madaniylashgan bo‗lsa, 
u shuncha markazlashmagan iqtisodiyotni tanlaydi. 
Bunday 
vaziyatda 
davlat 
o‗zini qanday tutishi kerak? 
Neoklassiklar nuqtayi nazariga ko‗ra bozorni tanlash – tabiiy jarayon
chunki ular iqtisodiyotning faqat bir tipini – erkin bozor xo‗jaligini tan 
oladi. V.Oyken bo‗yicha esa, insoniyat uchun iqtisodiyotning ikki tipi 
tabiiy; markaziy-boshqaruv xo‗jaligi o‗zining amal qilishida hatto ancha 
uzoq tarixga ega. Shuning uchun xalqning xo‗jalik tipini tanlashida 
davlat uning istagiga quloq solishi, ijtimoiy institutlarni tashkil etishda 
yordam berishi kerak. Masalan, agar bozor bo‗lmasa, bozorni tashkil 
etish. Keyin davlat bir chetga chiqib turishi va bozor ishtirokchilarining 
o‗yin qoidalarini kuzatib borishi kerak. Bu yerda neoliberallar futbol 
komandasini misol tariqasida ko‗rsatadi. Ularning nuqtayi nazariga 
ko‗ra davlat – bu futbol hakami, neoklassiklar esa davlatni hakamsiz 
ko‗cha futbol komandasiga o‗xshatadi. 
Neoliberallar fikriga ko‗ra ular iqtisodiy tizimni tanlash 
to‗g‗risidagi ta‘limotni shakllantirdi. Agar neoklassiklar sotsialistik 
tizimni ko‗zi bog‗langan, ertami-kechmi o‗raga qulab tushadigan tizim 
sifatida tarixning qisqa muddatli xatosi, deb hisoblagan bo‗lsalar, 
neoliberallar esa, markaziy-boshqaruv xo‗jaligini iqtisodiyotning tabiiy 
varianti, deb hisoblaydi. U (iqtisodiyot) istibdod tartibotidan kelib 
chiqqan (Rossiyada – podshoh, Sharq xalqlarida – xon va b.). Shuning 
uchun neoliberallar fikriga ko‗ra markaziy-boshqaruv xo‗jaligi tarixning 
xatosi hisoblanmaydi, balki uzoq tarixga ega, o‗zida erkin tadbirkorlik 
unsurlarini mujassamlashtiruvchi qonuniyatli jarayon hisoblanadi. 


280 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling