O„zbekiston respublikasi


d) Iqtisodiy o„sish bosqichlari


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

d) Iqtisodiy o„sish bosqichlari 
Amerikalik olim Uolter Rostou (1916) o‗zining «Iqtisodiy o„sish 
bosqichlari» (1960) kitobida jamiyatning xo‗jalik rivojlanishi 
bosqichlarini ko‗rsatib berishga harakat qildi. Unda ijtimoiy omillar 
ikkinchi o‗ringa suriladi va ular texnologik sharoitlarni ta‘minlash uchun 
qancha zarur bo‗lsa, faqat shuncha darajada tahlil qilinadi. 
Iqtisodiy o‗sish qonuniyatlari iqtisodiy tizim xususiyatlariga 
bog‗liq emas, ular bozor va shuningdek, buyruqbozlikka asoslangan 
iqtisodiyotda bir xil hisoblanadi. 
U. Rostou iqtisodiy taraqqiyotning beshta bosqichini ko‗rsatib beradi: 
1. An‟anaviy jamiyat: «Nyutongacha bo‗lgan fan va texnika» bilan 
hamda qishloq xo‗jaligining ustunligi bilan ifodalanadi. 
2. O„tkinchi jamiyat. Bu yerda iqtisodiy o‗sish uchun shart-
sharoitlar yaratilgan bo‗ladi: fan yutuqlari ishlab chiqarishga tatbiq 


274 
etiladi, banklar paydo bo‗ladi, ishlab chiqarishni investitsiyalash 
kuchayadi. 
3. Yuksalish davri (sanoat inqilobi): eski an‘anaviy uklad asosan 
tugatiladi, iqtisodiy o‗sish me‘yorli holat hisoblanadi, ishlab 
chiqaruvchi sanoatning asosiy tarmoqlarining jadal rivojlanishi 
amalga oshiriladi, davlat eksportni rag‗batlantiradi. 
4. Yetuklik bosqichi: aholining o‗sishiga qaraganda mahsulot 
ishlab chiqarishning doimo ortiq bo‗lishi ta‘minlanadi, milliy 
iqtisodiyotning 
jahon 
xo‗jaligiga 
integratsiyalashuvi 
kuchayadi, 
an‘anaviy jamiyat batamom tugatiladi. 
5. Ommaviy iste‟mol bosqichi: uzoq muddat foydalaniladigan 
iste‘mol buyumlari va xizmat ko‗rsatish asosiy ahamiyat kasb etadi. 
U.Rostou AQSh iqtisodiy tizimini ijtimoiy evolyutsiyaning yuqori 
bosqichi, ommaviy iste‘molning yuqori darajasi bosqichi, barcha boshqa 
mamlakatlarning kelajakdagi rivoji uchun model, deb tasvirlaydi. 
Uningcha, kommunizm – bu industrlashtirishni jadallashtirish zarurati 
tug‗ilgan hollarda «o‗tkinchi davrning kasali», «yagona industrial 
jamiyat»ga o‗tishning mumkin bo‗lgan yo‗llaridan biridir. Sotsializm 
yuksalish bosqichiga yaqinlashganda va yuksalish bosqichining o‗zida 
jamiyatni jadallashtirishga qodir. «Ammo kommunizm o‗z mohiyatiga 
ko‗ra yuqori ommaviy iste‘mol davrida barham topishi kerak». Hozir 
hammaga ayonki, bu bashorat amalga oshdi. 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling