O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

Jon Kennet Gelbreyt 
(1909-2006) 


270 
T.Veblen o‗z nazariyasida – texnokratiya jamiyatda oldingi 
qatorlarda bo‗lishi kerak, deb aytgan bo‗lsa, J.K. Gelbreyt esa, u amalga 
oshirildi, deb tasdiqlaydi. 
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining barcha eng muhim 
hodisalarini J.K.Gelbreyt zamonaviy texnika taraqqiyotining to‗g‗ridan 
to‗g‗ri va bevosita natijasi, deb tushuntiradi. Texnika va texnologiya 
uning fikriga ko‗ra hozirgi zamon kapitalizmi uchun xarakterli bo‗lgan 
yangi iqtisodiy belgilarni vujudga keltiradi. Ulardan eng muhimi 
rejalashtirishdir. Korporatsiyalarni boshqaruvchi texnostruktura ularning 
ish faoliyatini bir necha yil oldinga rejalashtiradi. Rejalashtirish va 
bitimlar tizimi (xomashyo, asbob-ukunalar, ilmiy va konstruktorlik 
ishlanmalarini yetkazib berish bo‗yicha) barqarorlikni keltirib chiqaradi, 
raqobatni esa bartaraf etadi. Chunki reja raqobat bilan unchalik 
«chiqisha olmaydi». Shuning uchun hozirgi zamon iqtisodiyotida 
muttasil va har tomonlama korporatsiyalararo shartnomalar tuzuladiki, 
ular bozorning boshqarilib turilishini, barqaror bo‗lishini ta‘minlaydi. 
Stixiyali bozor va erkin raqobat faqat darsliklarda qolib ketadi
zamonaviy rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti esa, uzoq muddatli 
rejalashtirish asosida texnostruktura bilan boshqarilib turiladi. 
J.K. Gelbreyt o‗zining keyingi asarlarida texnostrukturaga nisbatan 
tanqidiy fikrlarni bildirgan. U texnostrukturani «bozor tizimini» 
ekspluatatsiya qilishda (mayda va o‗rta biznesni), davlat amaldorlari 
bilan qo‗shilib ketishda, qurollanish ketidan quvishda, tabiiy 
resurslardan 
foydalanishdagi 
isrofgarchilikda, 
bozorga 
ta‘sir 
ko‗rsatishning monopolistik uslublarini qo‗llashda aybladi. Yirik 
korporatsiyalar davlat mashinasi bilan uzviy bog‗langan va undan naf 
ko‗radi: qulay buyurtmalarni va soliq imtiyozlarini oladi, raqobat 
kurashida siyosiy mexanizmlardan foydalanadi. J.K. Gelbreyt davlat va 
jamiyat tomonidan texnostruktura faoliyati tartibga solinib turilishini 
qayd qilib o‗tadi. 
U shuningdek, mayda va o‗rta tadbirkorlikni va ijtimoiy 
texnostrukturani (uy-joy qurilishini, ijtimoiy transportni, tibbiy xizmatni, 
qishloq xo‗jaligini, san‘atni) davlatning qo‗llab-quvvatlashini talab qilib 
chiqdi. «Bozor tizimida» bahoni va ish haqini bevosita tartiblash uning 
fikricha, tadbirkorlarda va ishchilarda kelgusidagi baho va daromadlarga 
bo‗lgan ishonchini uyg‗otadi. Bu ishlab chiqarish va xususiy 
investitsiyalarning barqarorlashuviga olib keladi. Davlatning aralashuvi, 


271 
eng avvalo, «bozor tizimi» zarar ko‗radigan inflyatsiyani to‗xtatish 
uchun ham zarur. Hukumat korporatsiyalar bilan nufuzli kasaba 
uyushmalarining o‗zaro ta‘sir ko‗rsatish jarayoniga aralashuvi va yirik 
biznesdagi baho va mehnat haqi darajasini bevosita nazorat qilib turishi 
kerak. 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling