O„zbekiston respublikasi
b) Konvergensiya konsepsiyasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
b) Konvergensiya konsepsiyasi
Nobel mukofoti sohibi, gollandiyalik olim Yan Tinbergen XX asrning 60-yillari ilgari surgan konvergensiya konsepsiyasi ko‗pchilik iqtisodchilar tomonidan qo‗llab-quvvatlandi. Ushbu konsepsiyaga ko‗ra kapitalizm bilan sotsializm rivojlana borgan sari har ikkalasida o‗xshash belgilar yuzaga keladi (kapitalizmda rejali ish roli oshib boradi, sotsializmda bozor munosabatlari rivojlanadi), tafovutlar asta-sekin yo‗qolib boradi. Ishlab chiqarish sharoitlari, madaniyat va fan- texnikaning rivojlanishi umumiy taraqqiyot natijasida har ikkalasida tobora bir xillashib boradi. Kapitalizm ham, sotsializm ham ayni bir xil muammolarni hal qilishga, ularni hal etishning bir xil uslublarini qo‗llashga intiladi. Yan Tinbergan hozirgi paytda hech qayerda «sof kapitalizm» yo‗q, deb hisoblaydi. Bu borada fikr yuritgan J.K. Gelbreyt texnika taraqqiyotini kapitalizm va sotsializmning yaqinlashuvi negizi sifatida ilgari suradi. U konvergensiya moyilligini yirik ishlab chiqarishning o‗sishida, jami talabning davlat tomonidan tartibga solinib turishi va hokazolarda ko‗radi. «Biz, deb xulosa qiladi Gelbreyt, – go‗yo turlicha bo‗lgan ikkita industrial tizimning konvergensiyasi hamma eng muhim sohalarda sodir bo‗layotganligini ko‗rib turibmiz». Iqtisodiyotni davlat yo‗li bilan tartibga solib turishni birinchi o‗ringa qo‗ygan A.Bergson «har ikkala tizim unchalik xilma-xil emas va keyinchalik ular o‗rtasidagi tafovut yanada ko‗proq kamayib borishi mumkin», deb yozadi. Amerika sotsiologi P.Sorokin barcha asosiy yo‗nalishlar bo‗yicha – tabiatshunoslik va texnika, ijtimoiy fanlar, maorif, san‘at, din, nikoh va oila, iqtisodiy tizim, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy tizim sohalarida kapitalizm bilan sotsializmning yaqinlashuvini targ‗ib qiladi. Uning fikricha, kapitalizm va sotsializmning o‗zaro konvergensiyasi oqibatida ulardan farq qiladigan qandaydir oraliq jamiyat yuzaga keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling