O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- M.Ulugbek (1394-1449)
3.4. Shoxruh Mirzo va Mirzo
Ulug„bek davridagi iqtisodiy islohotlar A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug‗bek (1394-1449) podsholigi (1409- 1449) davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa, qo‗shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o‗sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha «daryo ortidagi» (mamlakat) degani) 1428-yilda Ulug‗bek tomonidan o‗tkazilgan pul islohoti bilan bog‗liqdir. Jamiyatda pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr-qimmatini oshirish uchun harakat qilingan. O‗sha davrda muomaladagi fulusiy chaqa pullar yengil vaznda bo‗lib, savdo rivojiga to‗siqlik qilgan. Ulug‗bek yengil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullarni bekor qildi. Eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga bo‗lgan talabini qondirish uchun u bir vaqtning o‗zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil ettirdi va bir xil vazndagi salmoqli fuluslarni zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski chaqalar qisqa vaqt davomida yangi pullarga almashtirilib olingach, mis pullar zarbini M.Ulug'bek (1394-1449) 61 markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham berildi. Faqat Buxoro zarbxonasi (poytaxt Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida «fulusi adliya», ya‘ni adolatli chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini naqdina bilan to‗la ta‘minlay boshladi. Ichki chakana savdo-pul munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va qiymatini oshirish bilan hal etilishi o‗rta asrlar sharoitida nodir va favqulodda voqea bo‗lsada, har holda Ulug‗bekning bunday islohoti mamlakatda hunarmandchilik buyumlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo‗l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida «tamg‗a» boji ham birmuncha oshirildi, ya‘ni hozirgi til bilan aytilganda proteksionizm siyosatidan foydalanildi. Ulug‗bek (1394-1449) tarixda ko‗proq davlat arbobi sifatida emas, bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida tanilgan. Uning astronomiya, tarix ilmlariga oid asarlari dunyoga mashhur. Biz Ulug‗bekning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga alohida e‘tibor bermoqchimiz. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida qunt qilinadi, busiz rivojlanish bo‗lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug‗orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg‗ot, navo, chig‗ir, charxpalak, qaynama, sharshara, osma ko‗prik, handaq, tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshootlari bilan jihozlandi. O‗sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan chambarchas bog‗liqligi yaxshi ma‘lum edi. Soliq yig‗imi qancha yuqori bo‗lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kam, ammo soliqning pastligi aholi uchun qulay bo‗lgani bilan, davlatning boshqaruv, mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to‗g‗ri kelavermaydi. Shularni yaxshi tushungan hukmdorlar soliqni iloji boricha Me‘yorida saqlash va uni yig‗ishning ma‘lum adolatli usullarini qo‗llanganlar. Masalan, Ulug‗bek hukmronligi davrida g‗alla g‗aram qilinmasdan avval soliq to‗plash qat‘iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig‗ib olgachgina real soliq to‗lash imkoniga ega bo‗ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo‗lingan: 1) saraton (iyun-iyul); 2) sumbula mezon (avgust va sentabr); 3) qavs (noyabr). Yana bir muhim masala shuki, soliqlarni yig‗ish paytida soliqchilar dehqon, chorvador yoki bog‗bonga nisbatan zug‗um o‗tkazmasligi, jismoniy kuch ishlatmasligi va ishni urush-janjalgacha olib bormasligi 62 zarur qilib qo‗yilgan. Bu bilan insonning haq-huquqi, yashashga bo‗lgan daxlsizligi ta‘minlangan. Umuman, soliq bo‗yicha qarzdorlarni bandi qilish va zanjir bilan kishanlab, ularga nisbatan qattiq choralar ko‗rishga soliqchilarning haqqi yo‗q edi. Soliq miqdori va to‗lov tartibini buzmaslikka, suiiste'mollikning oldini olishga harakat qilingan. Tartibga amal qilmagan ayrim ma‘murlar jazoga tortilgan. Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy, Hindiston, Tibet va boshqa ko‗pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini alohida ta‘kidlab o‗tish lozim. Elchilar «Buyuk ipak yo‗li» xafvsizligini ta‘minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli ayniqsa, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi tovar-pul munosabatlari, milliy valyuta mustahkamligiga bevosita bog‗liq. Ma‘lumki, pulning:1) qiymat o‗lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg‗arma vositasi kabi uchta asosiy vazifasi mavjud. Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo‗lmasa, iqtisodiyot posongisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga olib, vaqti-vaqti bilan pul islohotlari o‗tkazib turiladi. 1428-yili Ulug‗bek tomonidan o‗tkazilgan islohot katta ijobiy ahamiyatga ega bo‗ldi. Muomaladagi fulusiy pullar almashtirildi. Ulug‗bek davridagi islohotlar tovar-pul munosabatlari rivojiga muhim hissa qo‗shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling