O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

«Mahbub-ul-qulub» 
(1500-y.) 
asarida 
mamlakatdagi ijtimoiy guruhlarning jamiyatda tutgan o‗rnini ko‗rsatib 
berishga harakat qiladi. Uning fikricha, dehqonlar, hunarmandlar va chet 
el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda moddiy boylik yetishtirishda, 
yaratishda va mamlakatning boyligini ko‗paytirishda muhim o‗rin tutadi. 
Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi ahamiyati to‗g‗risida 
quyidagi fikrlarni bildiradi: «Don sochuvchi dehqon yerni yorish bilan 
rizq yo„lini ochuvchidir». Shu bilan birga u dehqon mehnatini ulug‗lab, 
uning moddiy boylik yaratishdagi xatti-harakatini quyidagicha tasvirlab 
berdi: 
Har ne qilsalar harakat, 
Xalqqa ham yetar ovqat ham barakat. 
Navoiy ijtimoiy hayotga odamlarning birgalikdagi faoliyati sifatida 
qaraydi. Uning fikriga ko‗ra kishi yakka holda hech narsa ishlab 


64 
chiqara olmaydi. U biron narsani ishlab chiqarish uchun boshqa ishlab 
chiqaruvchilar bilan munosabatda bo‗lishi kerak. Masalan, dehqonga 
mehnat qurollari zarur bo‗lsa, hunarmandlarga non kerak; dehqonga 
ham, chorvadorga ham hunarmandchilik va attorlik mahsulotlari zarur. 
Dehqon mehnatining mahsulini novvoy, unfurush, qo‗shchi va o‗roqchi, 
mashoqchi va boshqalar orziqib kutadi. Shu bilan birga dehqon ham 
hunarmandning, chorvadorning va boshqalarning mehnat mahsulotiga 
muhtoj. Ularsiz u hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Navoiy fikricha, 
dehqon o‗z mehnati bilan o‗z ehtiyoji uchun zarur bo‗lgan mahsulot 
miqdoridan ko‗ra ko‗proq ishlab chiqarib, jamiyat va uning ishlab 
chiqarishda ishtirok etmaydigan boshqa qismlarini ham moddiy 
ne‘matlar bilan ta‘minlaydi. Uning mana shu fikri fiziokratlarning 
―qo‗shimcha mahsulot faqat qishloq xo‗jaligida yaratiladi‖ degan fikriga 
mos tushadi. Navoiy ―qishloq xo‗jaligining rivojlanishi mamlakat 
qudratini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi‖ degan ilg‗or fikrni ilgari 
suradi. Bu fikr o‗sha davr, ya‘ni feodalizm rivojlangan, uning negizini 
dehqonchilik tashkil qilgan bir davrda to‗g‗ri fikr bo‗lib qolmaygina, 
balki tarixiy haqiqat hamdir. 
Navoiy xalqaro savdo sohasida faoliyat yurituvchilarga nisbatan 
ijobiy munosabatda bo‗lsada, mamlakat ichkarisida ish yuritayotgan 
savdogarlar, ya‘ni olibsotarlarga nisbatan salbiy munosabatda bo‗lgan. 
Uning fikricha, olibsotarlar «o„ziga foyda va boshqalarga qahat istovchi 
... arzon olib, qimmat sotish», ya‘ni xalqning zarari hisobiga foyda 
ko‗ruvchilardir. 
Navoiy intellektual mehnatni, ya‘ni olimlar va boshqa shu 
kabilarning mehnatini jamiyat uchun zarur, deb ko‗rsatib berdi va ularni 
o‗z mas‘uliyat va burchlarini sezishga 
chaqirdi. 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling