O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Adam Smit
(1723-1790) 110 insoniyat tomonidan oldin yaratilgan iqtisodiy bilimlar umumlashtirildi va umumiy nazariy tamoyil asosida iqtisodiy fan tizimiga aylandi. A.Smitning bu asari besh qismdan (kitobdan) iborat bo‗lib, birinchi qismida qiymat va qo‗shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida – kapital jamg‗arilishi va uning funksional shakllari, uchinchisida – kapitalizm rivojlanishining tarixiy shart-sharoitlari ko‗rsatib berildi, to‗rtinchisida – o‗zining merkantilizm va fiziokratlar ta‘limotiga bo‗lgan munosabatlari aks etdi, beshinchi qismida davlat moliyasi masalalari ko‗rib chiqildi. Bu asar A.Smit hayot paytidayoq to‗rt marta, uning o‗limidan keyin asr oxirigacha yana uch marta qayta nashr etildi. U nafaqat Angliyada, balki chet ellarda ham zo‗r qiziqish uyg‗otdi. A.Smitning bu buyuk asari dunyodagi barcha keyingi iqtisodiy ta‘limotlarining rivojlanishiga va ko‗pchilik davlatlarning iqtisodiy siyosatiga o‗zining katta ta‘sirini ko‗rsatdi. Xalqlar boyligining tabiati va sabablari Xalqlar boyligi asoslarining birinchi jumlalaridanoq Smit Xalqlar boyligining tabiati konsepsiyasini tushuntirib o‗tgan. Bu ishi bilan u o‗z qarashlarini merkantalistlar va fiziokratlarnikidan farqlani-shini isbotlab berdi. Xalqlar boyligi asarining ko„p qismlarida Smit boylik savdoda yaratiladi, degan fikrlari uchun merkantalistlarga qarshi bo„lgan. Uning fikricha, boylik qimmatbaho metallar miqdori bilan emas, balki tovar va xizmatlardan olinadigan yillik foydadir. U shuningdek, eksport va import o„rtasidagi bog„liqlikni ham tushuntirib beradi 20 . A. Smit Xalqlar boyligi aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan daromad bilan ham o‗lchanadi, deb ta‘kidlaydi. Hozirda masalan, Angliya Xitoydan boyroq, deyilganda ularning aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan daromad qiyoslanadi, umumiy ishlab chiqarilayotgan 20 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander lvii. 111 mahsulot va daromad emas. Bu qarash hozirda ham o‗z kuchini yo‗qotmagan. 21 Xalqlar boyligi holati haqida ham ko‗p fikrlar berilgan. Smitning bu kitobining qolgan qismi Xalqlar boyligi vositali, vositasiz, to‗g‗ri va noto‗g‗ri sabablariga bag‗ishlangan. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling