hamkorlik guruhlari bo‟lajak pedagoglarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi; bunday guruhlar turli bilim va qobiliyat darajasiga ega bo‟lajak pedagoglardan iborat bo‟lishi ham mumkin. Ko‟p hollarda bunday guruhdagi Bo‟lajak pedagoglar ma‟lum bir rol, ya‟ni mas‟uliyatni o‟z elkalariga oladilar. Mazkur guruhni shakllantirishda asosiy e‟tibor talabaning kognitiv hohish- istalariga emas, balki uning ilmiy va ijtimoiy bilimiga beriladi;
moslashuvchan guruhlar b o‟lajak pedagoglarning individual
ehtiyojlari, qiziqishlari va hohish-istalari asosida tashki etiladi. Guruhning qiziqishlari o‟zgarsa, shunga ko‟ra uning a‟zolari ham o‟zgaradi. Bunday guruh Bo‟lajak pedagoglarda moslashuvchanlik ko‟nikmasini shakllantiradi.
II bob bo`yicha xulosa:
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xo‟sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon bo‟ladi?
Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko‟zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo‟lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko‟nikma, malakalarni o‟zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e‟tibor qaratish zarur:
ular tomonidan ko‟p savollar berilishini rag‟batlantirish va bu odatni qo‟llab-quvvatlash;
bolalarning mustaqilligini rag‟batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;
bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
bolalarning qiziqishlariga e‟tibor qaratish.
Kreativ jihatdan rivojlanishda har bir shaxs hayotida davr va bosqich muhim ahamiyat kasb etadi. Demak:
Kreativlikning rivojlanish davri – ma‟lum kreativlik sifatlarining rivojlanishi yakuniga etgan qandaydir vaqt birligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |