O‟zbekiston respublikasi


Download 115.65 Kb.
bet18/25
Sana24.12.2022
Hajmi115.65 Kb.
#1051688
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafed

O‟ziga xoslik. O‟ziga xoslik noodatiy g‟oyalar o‟ylab topish ko‟nikmasidir. O‟quvchilar o‟zlarida avval moslashuvchanlik va ravonlik ko‟nikmalarini shakllantirib, so‟ng nooodatiy, original g‟oyalarni kashf etish ko‟nikmasini hosil qilishlari lozim. Ravon fikrlash ko‟nikmasi o‟quvchilarda originallikni rivojlantirishda boshlang‟ich va asos soluvchi qadam bo‟lib xizmat qiladi; agarda talaba ko‟p g‟oyalarni o‟rataga tashlasa, ulardan bir yoki ikkitasi albatta boshqa talabaning g‟oyasi ham bo‟ladi (Simonton, 1999). Moslashuvchan fikrlash o‟quvchilarga ularninng har bir g‟oyalari bir-biridan farqlanishini ko‟rish va anglash imkoni beradi; ularning orasida hammasidan ajralib turuvchi g‟oya bo‟lsa, demak ana shunisi original (o‟ziga xos) g‟oya hisoblanadi.
Bo‟lajak pedagoglar original g‟oya kontekstadan kelibi chiqishi lozimligini anglashlari lozim. G‟oya bir dars jarayonida, birgina sharoitlar va bir vaqt oralig‟ida taqdim etilishi lozim. Bo‟lajak pedagoglarda rovon fikrlash va moslashuvchanlik ko‟nikmalarini shakllantirish jarayonida o‟ziga xos tarzda (original) fikrlash to‟g‟risida ham ma‟lumot berib o‟tish lozim. Masalan, Bo‟lajak pedagoglarni “aqliy hujum” strategiyasi yordamida ocharchilikka qarshi kurashish mavzusida muammoning echimi ro‟yxatini tuzish (ravonlik), so‟ng berilgan g‟oyalarni bir necha kategoriyalarga bo‟lib chiqish (moslashuvchanlik) va ulardan qay biri o‟ziga xos (originallik) g‟oya ekanligini aniqlash bo‟lajak
pedagoglarda shakllangan ko‟nikmalarning bir paytning o‟zida qo‟llanilishini ko‟rsatib beradi. (Mazkur yondashuv Iqtidorlilar insonlarning keng fikrlash modeli asosida yaratilgan; Schlichter, 1986).
Moslashuvchan fikrlash ko‟nikmasini shallantirishda bo‟lajak pedagoglar qiziqishlari va madaniy qarashlaridan foydalanish ularda originallikni tarbiyalashda katta samara beradi. Mayn shahrida istiqomat qiluvchi o‟rta ta‟lim mavtabi o‟qituvchisi mazkur strategiyani o‟quvchilarda o‟ziga xos (original) tarzda fikrlash ko‟nikmasini shakllantirishda qo‟llagan. U ravonlik va moslashuvchanlik bo‟yicha mashq va o‟yinlarni o‟z ichiga olgan elektron dastur ishlab chiqqan. O‟quvchilar berilgan vazifalarni PowerPoint prezentatsiyasi, portfolio yoki boshqa shaklda bajarish tanloviga ega edilar. Bo‟lajak pedagoglar natijalarni qo‟shiq PowerPoint prezentatsiyasi shaklida taqdim etdilar. Bunday yondashuv asosida ishlab chiqilgan keyinchalik o‟qituvchi va o‟quvchilar orasida mashhur bo‟lib, u vazifa mazmunini chuqur anglash va natijalarni original tarzda bqjqri ko‟nikmalarini shakllantirishda o‟z samarasini ko‟rsatdi.
Yaratuvchanlik. “Yaratuvchanlik” tushunchasi boshqa bir g‟oyani rivojlantirish va uni kengaytirishga asoslanadi, ya‟ni berilgan vazifalar anu shu g‟oya asosida bajariladi. Bir g‟oyani kengaytirish uchun bo‟lajak pedagoglar mavzu, muammo yoki vazifa mazmunin chuqur anglab etishlari va talab etilgan darajada bilimga ega bo‟lishlari lozim.
Bo‟lajak pedagoglarga “yaratuvchanlik” tushunchasi haqida gapirganda, ularga hayotiy misollar keltirish maqsadga muvofiqdir (masalan, kompyuterlar, rekonstruktsiya, kino va adabiy asarlar, ilmiy tushunchalar va nazariyalar, insonlar hayotida yuzaga keladigan muammolarni echish maqsadida tashkil etilgan tashkilotlar). Bo‟lajak pedagoglarda ishlab chiqish ko‟nikmasini shakllantirisha adabiy yoki asarlarni bir-biri bilan taqqoslash (ba‟zan ko‟p betli asarlar kichkina kam betli asarlar kabi ko‟p ma‟lumot bermaydi) mashqi katta samara beradi”.

    1. Download 115.65 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling