O’zbеkistоn rеspublikаsi


Ikki tekislikning parallellik alomati


Download 1.04 Mb.
bet2/15
Sana11.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1188847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
nazariya (12)

Ikki tekislikning parallellik alomati: tekislikda yotgan o‘zaro kesishuvchi a va в to‘g‘ri chiziqlar tekisligida yotgan c va d to‘g‘ri chiziqlarga mos ravishda parallel bo‘lsa, u holda va tekisliklar o‘zaro paralleldir.
Parallel tekisliklar haqidagi teoremalar:
a) Agar ikiki parallel tekisliklarni uchinchi tekislik kesib o‘tsa, u holda kesishish chiziqlari parallel bo‘ladi.
b) Ikkita parallel tekislik orasiga joylashgan parallel to‘g‘ri chiziqlarning kemalari teng.


3. To‘g‘ri chiziq va tekislikning
perpendikulyarligi


Agar tekislikni kesib o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq tekislikdagi shu kesishish nuqtasidan o‘tuvchi istalgan to‘g‘ri chiziqka perpendikulyar bo‘lsa, to‘g‘ri chiziq shu tekislikka perpendikulyar deyiladi.
To‘g‘ri chiziq va tekislikning perpendikulyarlik alomati.
Agar tekislikni kesib o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq, tekislikning shu kesishish nuqtasidan o‘tuvchi ikki to‘g‘ri chizig‘iga perpendikulyar bo‘lsa, u holda tekislikning o‘ziga ham perpendikulyar bo‘ladi.
To‘g‘ri chiziq va tekislikning perpendikulyarligi haqidagi teoremalar:
a) Bitta tekislikka perpendikulyar ikki to‘g‘ri chiziq o‘zaro paralleldir.
b) Agar tekislik ikkita parallel to‘g‘ri chiziqdan biriga perpendikulyar bo‘lsa, u holda ikkinchisiga ham perpendikulyardir.
v) Berilgan to‘g‘ri chiziqka perpendikulyar ikki tekislik o‘zaro paralleldir.


4. Tekisliklarning perpendikulyarligi


Kesishuvchi ikkita tekislikning kesishgan to‘g‘ri chizig‘iga perpendikulyar bo‘lgan uchinchi tekislik ularni perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar bo‘yicha kesib o‘tsa, bu ikki tekislik perpendikulyar tekisliklar deyiladi.
Tekisliklarni perpendikulyarlik alomati. Agar tekislik ikkinchi tekislikka perpendikulyar to‘g‘ri chiziq orqali o‘tsa, u holda ular o‘zaro perpendikulyar bo‘ladi.
Perpendikulyar tekisliklar haqidagi teoremalar:
a) Agar ikki tekislik perpendikulyar bo‘lib, ulardan biriga tegishli bo‘lgan to‘g‘ri chiziq ularning kesishish chizig‘iga perpendikulyar bo‘lsa, u holda bu to‘g‘ri chiziq ikkinchi tekislikka perpendikulyar bo‘ladi.
b) Agar ikki tekislik perpendikulyar bo‘lib, ulardan biriga kesishgan chiziqdan perpendikulyar o‘tkazilsa, u holda bu perpendikulyar butunlay ikkinchisiga tegishli bo‘ladi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling