O‘zbекisтоn rеspubliкаsi


III BOB. ARAB XALIFALIGIGA QARSHI KO‘TARILGAN XALQ QO‘ZG‘ALONLARI. QIZIL KO‘YLAKLILAR (BOBEK XURRAMIY) QO‘ZG‘OLONI


Download 213.47 Kb.
bet4/5
Sana04.05.2023
Hajmi213.47 Kb.
#1423879
1   2   3   4   5
Bog'liq
bobek

III BOB. ARAB XALIFALIGIGA QARSHI KO‘TARILGAN XALQ QO‘ZG‘ALONLARI. QIZIL KO‘YLAKLILAR (BOBEK XURRAMIY) QO‘ZG‘OLONI
Xalifalikning talonchilik siyosati mahalliy xalqni barcha haq-huquqlardan mahrum etdi. Madaniyatning oyoqosti qilinishi, arab tili, yozuvi va xalifalik qonun-qoidalarining zo‘rlik bilan joriy etilishi natijasida mahalliy xalq orasida norozilik tobora kuchayib, qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Xalifa Umar ibn Abdulaziz (717–719) murakkab vaziyatni hisobga olib, bo‘ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. U yangi yerlarni bundan buyon zabt etishni to‘xtatish hamda moliyaviy islohot o‘tkazish to‘g‘risida farmon berdi.
Bunga binoan musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan mahalliy xalqlardan xiroj va jizya soliqlarini olish bekor qilindi. Biroq Movarounnahr zodagonlarining ko‘pchiligi o‘zini haqiqiy musulmon deb hisoblab, soliq to‘lamay qo‘yadi. So‘ngra xalifalik ma’muriyati bir yo‘la hammadan jizya olish haqida buyruq beradi. Natijada Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanadi. Buning oqibatida mahalliy mulkdorlar bilan arab ma’muriyati o‘rtasida ziddiyat keskinlashib, butun mamlakatda bosqinchilarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tariladi.
720-722-yillarda So‘g‘diyonada yuz bergan G‘o‘rak (Samarqand hukmdori) va Divashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo‘zg‘olon arablar hukmronlikligiga qarshi dastlabki yirik xalq harakatlaridan biri bo‘lgan. Unda arablar siyosati va zulmidan g‘azabga kelgan o‘n minglab mahalliy xalq vakillari ishtirok etgan. Xurosonning yangi tayinlangan va zolimligi bilan nom chiqargan noibi Said Xarashiy katta muntazam harbiy kuch bilan mazkur qo‘zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostirishga muvaffaq bo‘ladi. Qo‘zg‘olon rahbarlaridan biri bo‘lgan Divashtich ushlanib qatl etiladi. Arablar mahalliy aholini faqat harbiy kuch bilan ushlab turish mumkin emasligini yaxshi anglardilar. Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arablar hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xuroson noibi Ashros Islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya soliqlarini olmaslikka qaror qiladi. Bu aholini tinchlantirishga qaratilgan vaqtinchalik tadbir edi. Zodagon dehqonlarning ko‘pi o‘z chokarlari va kadivarlari bilan islomni qaytadan qabul qilib, arablar tomoniga o‘tadilar11.
736-737-yillarda Toxariston va So‘g‘dda arablarga qarshi yana qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Natijada arablar juda og‘ir ahvolga tushib qoladi va bu vaziyatdan qutulish maqsadida Xuroson va Movarounnahming noiblari hamda amirlari bir necha marta o‘zgartiriladi. Xususan, 738-748-yillarda Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor davrida ko‘rilgan tadbirlar tufayli arablar o‘lkada o‘z mavqelarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. U ma’lum bir muddat davomida mamlakatda nisbiy osoyishtalik o‘mata oldi.
Nasr ibn Sayyor mamlakatda o‘z mavqeyini mustahkamlab olish maqsadida moliya islohoti o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar jizyadan ozod etildi. Barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi, yer egasining e’tiqodidan qat’i nazar ularning xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yiladi. Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqonlar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari o‘rnatiladi. Ayni vaqtda o‘zi ham namuna ko‘rsatib, Buxorxudotning qiziga uylanadi. Bunday siyosat natijasida arablar bilan mahalliy zodagonlar o‘rtasida ma’lum darajada ittifoq yuzaga kela boshladi. Ammo bu ozodlik yo‘lida olib borilayotgan xalq harakatlariga barham bera olmaydi. Movarounnahr xalifalikdagi eng notinch va isyonkor o‘lkalardan biri bo‘lib qolaveradi.
Arablar bosib olgan hududlarda, xususan, Xuroson va Movarounnahrda kuchayib ketgan xalq ommasining ummaviylar xalifaligiga noroziligi kun sayin oshirib bordi. Ummaviylarni siyosiy hokimiyatdan ag‘darib tashlashni o‘z oldiga bosh vazifa qilib qo‘ygan raqib guruhlar paydo bo‘la boshladi. Ana shunday guruhlardan biri abbosiylar edilar. Bu sulolaga Muhammadning amakisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali asos solgan. Abbosiylar ummaviylarni rasululloh avlodini qirib tashlashda ayblaydilar. Abbosiylar o‘z g‘oyalarini tashviq-targ‘ib qilish maqsadida shu guruhning eng ishonchli, sodiq vakillari xalifalikning barcha hududlariga yuborildi.
Ummaviylarga qarshi norozilik harakati xalifa Marvon II (744-750) davrida kuchaydi. Bu davrda ummaviylarga qarshi uyushtirilgan harakatga abbosiylarning e’tiborli va obro‘li vakillaridan imom Ibrohim ibn Muhammad boshchilik qildi. Xuddi mana shu davrda Xurosondagi abbosiylar harakatiga boshchilik qilish uchun (746-yil) Abu Muslim (Abdurahmon ibn Asad) yuborilgan edi.
Abu Muslim Xurosonga kelgach o‘zining qarorgohi qilib, Marv shahridan uch farsah g‘arbda Xarkon kanali bo‘yidagi mustahkamlangan Safizanj qishlog‘ini tanladi. Abu Muslim o‘z faoliyatini Xuroson aholisining yuqori tabaqa vakillariga murojaatdan boshladi. Dastlab arab zodagonlari, so‘ngra mahalliy dehqonlar Abu Muslimni qo‘llab-quvvatlaydilar. Umaviylarga qarshi tashviqotning sadosi tez orada Xuroson, Movarounnahr va Toxariston viloyatlariga keng tarqaladi. Mamlakat aholisi xalifalikka qarshi qo‘zg‘aladi. Qo‘zg‘olonchilarning deyarli barchasi qora libos kiyib olgan edilar. Avvalo, qora kiyim motam ramzi, qolaversa, zabardast kuch bayrog‘i hamda shiddatli janglarda qo‘zg‘olonchilarni umaviy harbiylardan ajratib turadigan belgini anglatgan12.
Yetarli miqdorda kuch to‘plaganligiga ishonch hosil qilgan Abu Muslim 747-yilda o‘zining qora rangli libos kiygan qo‘shinlarini ummaviylarga qarshi ochiq kurashga da’vat etdi. Aynan shu paytda Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor bilan Marv boshlig‘I Al-Kirmoniy o‘rtasida nizo chiqib, ikki o‘rtada urush boshlandi. Sayyor Kirmoniyni asir olib, qatl ettirdi. Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor Kirmoniyni qatl ettirib katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Kirmoniyning Azd qabilasi unga dushman bo‘lib qoldi. Tahlikaga tushgan Nasr ibn Sayyor 748-yilda Marvni jangsiz tashlab, Nishopurga chekindi. Ammo Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olonchi kuchlar Nasrga hal qiluvchi zarbani berdilar. Bu mag‘lubiyat ummaviylar hukmronligi taqdirini uzil-kesil hal qildi. Tez orada qo‘zg‘olonchilar Xurosonni egallab olib, 749-yilda Iroq va Jazoirda ummaviylar qo‘shinlariga bir necha bor qaqshatg‘ich zarbalar berdilar. Shundan so‘ng Abu Muslim lashkarlari poytaxt Damashqqa tomon yurish qildi va xalifa Marvon II ni taxtdan ag‘dardi.
Shu tariqa xalifalik taxti abbosiylar qo‘liga o‘tdi. Ular 750-1258-yillar davomida xalifalik taxtini boshqardilar. Xalifalik taxtiga abbosiylardan birinchi bo‘lib Muhammad payg‘ambarning amaki avlodlaridan Abul Abbos as-Saffoh (750-754) o‘tirdi.
Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi mehnatkash aholiga hech qanday yengillik keltirmagan. Abu Muslim vositasida abbosiylar tomonidan xalq ommasiga berilgan va’dalardan birortasi ham amalga oshmadi. Abu Muslim Bag‘dodda davlat va harbiy kuchlarning yuqori lavozimiga tayinlanadi. Biroq abbosiylar uning xalq orasidagi obro‘yining tobora ortib borishiga xayrixoh emas edilar. Oqibat Abu Muslim poytaxtdan uzoqlashtirilib, Xuroson va Movarounnahrga noib qilib yuboriladi. Mehnatkash aholi o‘rtasida abbosiylarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish kayfiyati paydo bo‘ladi. Bunday qo‘zg‘olonlardan biri 750-yilda Buxoroda sodir bo‘ldi. Qo‘zg‘olonga asli arablardan bo‘lgan Sharik ibn Shayx Almaxriy boshchilik qildi.Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan qo‘zg‘olonni zo‘rg‘a bostirdi.
Movarounnahrda arablarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon tufayli mamlakatda vujudga kelgan ichki ziddiyat va to‘polonlardan foydalangan Xitoy davlatining qo‘shinlari sarkarda Gao-Syan-Chji boshchiligida Markaziy Osiyo hududiga bostirib kiradilar. 751-yilda Talas vodiysida Xitoy qo‘shinlari bilan Abu Muslim tomonidan yuborilgan lashkarlar o‘rtasida dahshatli jang bo‘ldi. Bu jang arablaming g‘alabasi bilan yakunlanadi13.
Abbosiy xalifalar Abu Muslimni taxtga birinchi da’vogar hisoblab, uni yo‘qotish payiga tushdilar. Nihoyat, 755-yilda Xalifa Mansur (754-775) Makkaga yo‘lga otlangan Abu Muslimni o‘z saroyiga kirib o‘tishini so‘raydi. Qurolsiz va yolg‘iz saroyga kirgan Abu Muslimni Mansur poyloqchilari qo‘lga olib, uni o‘ldiradilar. Bu dahshatli fojia Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatlarini yanada kuchli tus olishiga turtki bo‘ldi. Ana shunday harakatlardan biri 755-yilda Reyda Sunbod boshchiligida bo‘lib o‘tdi. Tabariy maiumotlariga ko‘ra, Bu qo‘zg‘olon, 70 kun davom etgan. Qo‘zg‘olon qattiqqoilik bilan bostirilgan, qo‘zg‘olonchilardan olti mingga yaqin kishi oidirilgan. Qo‘zg‘olon rahbari Sunbod qo‘lga olinib, qatl etilgan. Sunbod qo‘zg‘oloni bilan bir vaqtning o‘zida Movarounnahrda ham abbosiylarga qarshi harakat boshlangan. Bu qo‘zg‘olonning rahbari Abu Muslim harakatining tarafdori Ishoq edi.
Movarounnahrda yana bir xalq qo‘zg‘olonlardan biri 769-783- yillarda bo‘lib o‘tgan. Qo‘zg‘ olonchilar oq libos kiyganlari uchun tarixda u “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni nomi bilan tilga olinadi. Bu harakatning rahbari Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo‘lgan. U boshi va yuziga ko‘k parda tutib yurganligi uchun uni “Muqanna”, ya’ni “Niqobdor” laqabi bilan atashgan. Muqanna Xurosonda kichik lashkarboshidan vazirlik darajasigacha ko‘tarilgan.
Muqanna ajnabiylar hukmronligi va zulmiga qarshi qo‘zg‘alishga da’vat qilib, Movarounnahrga yo‘l oladi va o‘z yaqinlari bilan Naxshab va Kesh shahriga yetib boradi. Kesh yaqinida tog‘ tepasiga bino qilingan Som qal’asini o‘z qarorgohiga aylantiradi. Tez orada butun Qashqadaryo vohasi “Oq kiyimlilar” qo‘liga o‘tadi. Natijada “Oq kiyimlilar” harakati kengayib, katta xalq qo‘zg‘oloniga aylanadi. U ayniqsa Sug‘dda avj olib, Eloq (Ohangaron) vodiysi va Shoshga ham o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. Qo‘zg‘olonda turli tabaqalar qatnashadi.
“Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloniga zarba berish uchun xalifa Mansur 775-yilda katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qiladi. Muqannaga qarshi kurashgan arablarning Jabroil ibn Yahyo va Maoz ibn Muslim boshchiligidagi birlashgan kuchlari ham ular ustidan sezilarli yutuqqa erisha olmagan. Faqat 777-778- yillar davomidagi urush harakatlari chogida buxorolik bir kishi tomonidan iste’dodli sarkarda Sug‘diyonning oidirilishi “oq kiyimlilar” uchun juda katta yo‘qotish boigan. Shundan so‘nggina arablar Samarqandni ishg‘ol qilganlar. Narshax va Samarqandda “Oq kiyimlilar” yengilgach, mahalliy mulkdor tabaqa vakillari arablarga yordam bera boshlaydilar. Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vodiysida bo‘lib o‘tadi. 783-yilda Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi qamalga olinadi. Uzoq davom etgan qamaldan so‘ng kurashdan tinkasi qurigan qo‘zg‘olonchilar taslim bo‘ladilar. Istilochilarga taslim bo‘lishni istamagan Muqanna o‘zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo‘ladi.
Horun ar-Rashid davri Islom davlatining oltin davri deb hisoblansa-da, lekin aynan uning hukmronligi yillarida Abbosiy xalifaligi parchalanishni va zaiflashishni boshladi. Bu davrni arabshunos Erik Valle “Xalifalik davlatining parchalanish davri”, deb ataydi. Sababi Horun xalifaligi davrida davlatning Afrika qismi ajralib ketdi. Dastlab 788-yilda Marokashda Hasan ibn Alining avlodidan Idris I xalifalikdan mustaqil bo‘lib, idrisiylar sulolasiga asos soldi. Keyin esa Ifriqiya voliysi Ibrohim ibn Ag‘lab 800-yilda o‘zini mustaqil deb e’lon qildi va xalifalikdan ajralib ketdi. Bugungi Tunis hududlarida mazkur sulola 903-yilgacha hukm surdi14.
Yamanda 795-yilda abbosiylar voliysi Hammod al-Barbariga qarshi xalq qo‘zg‘olon ko‘tardi va u 804-yilga kelibgina bostirildi. Suriyada hamon ummaviylarga xayrixohlik kuchli edi. Horun 796-yilda Fazl ibn Yahyoni u yerda tartib o‘rnatish maqsadida yubordi. Bulardan tashqari, Shomdan qochgan ummaviylar hamon Ispaniyada hukmronlik qilar va bu abbosiylarga jiddiy xavf tug‘dirib turar edi. Shuningdek, saroydagi muhit ham yomonlasha boshladi. Avvaliga, juda katta vakolatlar berilgan barmakiylar oilasiga bo‘lgan munosabat keskin o‘zgardi. Tabariy bunga to‘rt ehtimoliy sababni keltirib o‘tadi.
Birinchidan, qarib qolgan Yahyo Barmakiy Makkaga ketishni xalifadan so‘raydi. Ammo xalifa o‘rniga birorta farzandini tayinlashni so‘rab buni rad etadi. Yahyo Fazlni o‘rinbosar sifatida tayinlaydi, ammo xalifa bu o‘ringa Ja’farni ko‘rishni istaydi.
Ikkinchidan, ayni shu paytda raqqalik bir ulamoning Yahyo va uning oilasining dahriy ekani haqidagi nomasi xalifa qo‘liga kelib tushadi.
Uchinchidan, Ja’far ibn Yahyo 788-yildan buyon hibsda saqlanayotgan Hasan ibn Ali (r.a) avlodidan bo‘lgan Yahyoni xalifa ruxsatisiz ozod qilib yuboradi. U Tabaristonda qo‘zg‘olon ko‘targani uchun hibsga olingan edi. Ja’farning bu ishi esa Xalifaga yoqmaydi.
To‘rtinchidan, Horunning Abbasa ismli singlisi bo‘lib, uni Ja’farga turmushga beradi. Lekin kelishuvga muvofiq bu nikohdan farzand tug‘ilishi mumkin emas edi. Ammo shunga qaramay, Abbasa homilador bo‘lib qoladi. Bunday haqoratli sababni Ibn Xaldun yoqlamaydi va beshinchi sababni o‘rtaga chiqaradi, ya’ni barmakiylar oilasining mamlakat moliya tizimini o‘ziniki qilib olganini sabab qilib ko‘rsatadi. Shu tariqa 803-yilda Horun barmakiylarning yosh bolalaridan tashqari barcha a’zosini qirib tashlaydi.
Horun ar-Rashid davrini, xususan, xalifa shaxsini ideallashtirgan eng mashhur asar arablarning mashhur “Ming bir kecha” ertaklar turkumidir. Mutaxassislar uning shaxsining ideallashtirilishini bir nechta sabablar bilan tushuntiradi.
Birinchidan, uning adabiyotda tasvirlangan xususiyatlari, avvalo, axloqiy-ruhiy xususiyatlardir. U taqvoli, adolatli va saxovatli xalifa sifatida gavdalantiriladi. U hamjihatlik va adolat ustuvor bo‘lgan hukmronlikni o‘zida mujassam etgan. Xalifaning shariatga, islom ahkomlariga, fiqhga katta e’tibor berishi va adashgan toifalar bilan qilgan mujodalalari unga nisbatan bunday qarashni tasdiqlagan. Xususan, u xalifalik rutbasiga haqiqiy oldingi buyuklikni qaytardi.
Ikkinchidan, Horun ar-Rashid va undan oldingi xalifa al-Hodiy o‘rtasidagi katta farq ham unga nisbatan hurmat-izzatni yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lgan omillardan biridir. Bu bir tomondan bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning davridagi nisbatan tinch hayot va undan keyin al-Amin va al-Ma’mun o‘rtasida boshlangan taxt uchun kurashlar va fuqarolik urushlari ham uning shaxsiga bo‘lgan ijobiy qarashni shakllantirgan. Abbosiy davlatini zaiflashtirgan mazkur mojaro islom tarixida to‘rtinchi fitna deb nomlangan15.
Uchinchidan, Horun ar-Rashidning ideal xalifa qilib tasvirlanishi “risoladagi shahzoda, risoladagi amir” qiyofasini yaratish yo‘lidagi bir dasturni yaratish maqsadida amalga oshirilgan ishlardan biridir. VIII asrda islom olamida adabiy janr sifatida paydo bo‘lgan “amirlar ko‘zgusi” janrining maqsadi barcha amirlar ergashishi lozim bo‘lgan “komil shahzoda” obrazini yaratish edi. “Ming bir kecha” mualliflari esa bunga prototip sifatida Horun ar-Rashidni tanlab olgan. Dastlab og‘zaki tarzda tarqalgan “Ming bir kecha” XIII asrga, ya’ni xalifalik zaiflashib qolgan davrga kelib bir joyga jamlandi va kitob holiga keltirildi. Bu davrda esa barcha kuchli, mukammal bir xalifaga muhtoj edi. “Ming bir kecha”dagi Horun ar-Rashid esa ularning bu kemtigini to‘ldirishi lozim edi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, xalifa Horun ar-Rashid haqiqatda tarixdagi eng murakkab shaxsiyatlardan biri bo‘lib qolaveradi. Uning davrida amalga oshirilgan ilm-fan rivojidagi ishlar keyinchalik yuz bergan uyg‘onish davriga asos yaratib berdi desak, mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Davlat siyosati va hududiy birlik borasida uning davrida boshlangan mahalliy hokimlarning qo‘zg‘olonlari keyinchalik xalifalik tarkibidan Xuroson, Movarounnahr kabi o‘lkalarning mustaqil bo‘lib ajralib chiqishiga zamin hozirladi.
Xatib Bag‘dodiy o‘zining “Tarixi Bag‘dod” asarida Fuzayl ibn Iyoz tilidan Horun ar-Rashid faoliyatiga shunday baho beradi: “Fuzayl ibn Iyoz aytadi: “Men uchun mo‘minlar amiri Horun ar-Rashidning o‘limidan og‘irroq judolik yo‘q, agar iloji bo‘lganida umrimdan unga bergan bo‘lardim”.
Abbosiylarning beshinchi xalifasi, amir-ul mo‘minin Horun ar-Rashid 809-yil 24-mart kuni Xurosonning Tus shahrida 44 yoshida vafot etgan edi16.
Arablar hukmronligining ilk davrlarida ancha yengil tortgan xalifalik mehnatkash aholisining ahvoli keyinchalik og‘irlasha boshlagan. Dehqonlar qisman natura shaklida (mahsulot bilan) va qisman pul shaklida katta-katta soliqlar to‘lagan. Natijada dehqon yoki hunarmandlarning iqtisodiy ahvoli og‘irlashgan. Amaldorlarning o‘zboshimchaligi va jabr-zulmi, dehqonlarning huquqsiziigi va himoyasizligi, ularni haqiqatda yarim qul holiga solib qo‘ygan. Xalifalikda qullarning ahvoli esa nihoyat darajada og‘ir bo‘lib, ularni haddan tashqari, vahshiyona suratda ekspluatatsiya qilganlar. Mehnatkashlar ommasining, ya’ni dehqonlar, shahar kambag‘allari va qullarning qattiq ekspluatatsiya qilinishiga javoban feodallarga va ularning manfaatini himoya qiluvchi xalifaga qarshi bir necha marta qo‘zg‘olon ko‘tarilgan.
Bag‘dod xalifaligi davridagi xalq qo‘zg‘olonlari ba’zan butun viloyatlar bo‘ylab tarqalgan. Ushbu qo‘zg‘olonlar odatdan tashqari uzoq davom etgan. Chunonchi, xalifa Mansur vafotidan so‘ng, oradan ko‘p vaqt o‘tmay, O‘rta Osiyoda dehqonlarning katta qo‘zg‘oloni ko‘tarilgan. U 776-yilda boshlanib, 783-yilda bostirilgan. Mazkur qo‘zg‘olonga Marv shahri atrofidan chiqqan Muqanna («chodir yopingan odam») laqabli Hoshim ibn Hakim boshchilik qilgan. Ushbu qo‘zg‘olonda mazdakchilar mazhabining ta’siri aks etgan. Mazdakchilar to‘rtta «Z» — zamin (yer), zar (boylik), zo‘r (hokimiyat), va zan (ayol)ning o‘rtada bo‘lishini va hayotning noz-ne’matlaridan foydalanishda hamma teng bo‘lishini talab qilgan. IX asrning boshida, ya’ni 815-yilda Ozarbayjonda ham dehqonlarning ikkinchi bir katta qo‘zg‘oloni ko‘tarilib, Eron va Kavkazortining ayrim hududlariga ham tarqalgan. Bu qo‘zg‘olonga Bobek ismli kishi bosh bo‘lib, u ham erkin jamoa tartiblarining tiklanishini talab qilgan. Bu qo‘zg‘olon 20 yildan ortiqroq davom etgan.
IX asr oxiri - X asr boshlarida xalifalikning janubida dehqonlar harakati koMarilgan. Bu harakatga Karmat degan odam bosh bo‘lib, u o ‘zini «payg‘ambar» deb e’lon qilgan. Uning atrofiga juda ko‘plab qochoq dehqon va qullar kelib to‘plangan. Qo‘zg‘olonchilar katta qal’a qurgan bo‘lib, bu qal’ani xalifa qo‘shinlari egallay olmagan. Oxir natijada karmatiylar Fors qo‘ltig‘i qirg‘oqlarida o‘ziga xos bir dehqonlar davlatini tuzishga muvaffaq bo‘lgan. Respublika ko‘rinishidagi ushbu davlat X asrning oxirigacha mavjud bo‘lgan. Karmatiylar harakati bilan bir vaqtda Basra atrofida qul zanjilarning juda katta qo‘zg‘loloni bo‘lib, ushbu qo‘zg‘olon 14 yil (869—883) davom etgan. Zanjilarga shia Ali ibn Muhammad bosh bo‘lib, u o‘zini xalifa deb e ’lon qilgan. Zanjilar qo‘zg‘olonini bostirish uchun hukumat ularga qarshi juda katta qo‘shin yuborishga majbur bo‘lgan.
Bobak qoʻzgʻoloni — Ozarbayjon va Gʻarbiy Eronda dahriylik gʻoyalarini ilgari surgan xurramiylarnit Bobak (Bobuk) (798-yil/800-yil,838-yil) boshchiligidagi islomga qarshi qoʻzgʻoloni (9-asrning 30- yillari). Qoʻzgʻolon keng yoyilib, Sharqiy Armaniston yerlarigacha tarqaldi, ishtirokchilarining soni 300 ming kishiga yetdi. Vizantiya bilan boʻlayotgan urush hamda Misrdagi qoʻzgʻolon (830—833) xalifalikka Bobak qoʻzgʻolonini bostirish imkonini bermadi. Shuning uchun xalifa Maʼmunning vafotidan soʻng (833), xalifa Muʼtasim (833—842) Vizantiya bilan yarash bitami tuzib, asosiy kuchini Bobak qoʻzgʻolonini bostirishga tashladi. 833-yil Hamadon shahri yaqinidagi jangda qoʻzgʻolonchilar ogʻir talafot koʻrdilar. Arab manbalarida koʻrsatilishicha, bu jangda 60 ming kishi halok boʻlgan. 835-yil arab qoʻshiniga xalifaning eng yirik qoʻmondoni Afshin (Usrushona hokimi Haydar ibn Kovus) sarkarda qilib tayinlandi. U mahalliy mulkdorlarning yordami bilan qoʻzgʻolonni bostirdi. 837 yil qoʻzgʻolonchilarning oxirgi tayanch qalʼasi — Badz qoʻldan ketdi. 838-yil Bobak va uning tarafdorlari qatl etildi17.
Keng ko‘lam olgan xalq harakatlari xalifalikni larzaga keltirib, ko‘p vaqtgacha uning birligiga putur yetkazgan. Biroq xalifalikning parchalanishiga boshqa sabablar ham ta’sir qilgan. Xalifalik turli mamlakatlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib. turli-tuman xalqlarning murakkab aralashmasidan iborat ediki, bulardan ba’zilari o‘tmishda o‘zining yorqin tarixiga ega bo‘lgan. Shuning uchun ham bu xalqlar o‘z mustaqilligini tiklashga intilgan.


XULOSA
O‘zbekiston istiqlolga erishgandan so‘ng jamiyat ijtimoiy siyosiy
hayotining barcha jabhalarida keng o‘zgarishlar davri boshlandi. Bu jarayon
intelektual sohada ham o‘z aksini topdi. Eng asosiy ijtimoiy gumanitar fan
hisoblangan tarix fani oldiga hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolarni
ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Oqibatda sovet tarixshunosligi nuqtai nazaridan
o‘rganilgan mavzular qaytadan ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganila boshlandi. Buning
isboti sifatida birinchi prezidentimiz, “Tarixiy xotira tuyg‘usi to‘laqonli ravishda
tiklangan xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining barcha muvaffaqiyat, yo‘qotish va
qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina
chinakam tarix bo‘ladi”18, deb aytgan fikrlari nihoyatda o‘rinlidir. Bundan tashqari tarixning “oq dog‘lari” sifatida o‘rganilmagan mavzularni tadqiq qilish imkoniyatiqo‘lga kiritildi. “Dunyo haritasida yangi mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi, ularhozirgi til bilan aytganda sotsialistik o‘tmishga ega bo‘lgan o‘z siyosiy
mustaqilligini tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil
rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash yo‘liga qadam qo‘ydi. Ular
dunyodagi boshqa mamalakatlar orasida o‘z mavqeini mustahkamlashga
intilmoqda”.
Kurs ishi mavzusi doirasida o‘rganilgan mavzu ya’ni, Qizil ko‘ylaklilar (Bobek Hurramiy) qo‘zg‘aloni mavzusiga oid ko‘plab ma’lumotlar bilan tanishib chiqdik. Ushbu ma’lumotlarga tayangan holda Arab-islom tarixshunoslari tomonidan tarixga doir amalga oshirilgan ishlar, yaratilgan tarixiy asarlarning davrga mutanosibligini tahlil qilib ko‘rdik.
Xulosa qilib aytganda ilk o‘rta asrlar tarixini o‘rganishda (asosan ilk o‘rta asrlar va o‘rta asrlar tarixini) arab-islom maktabi tarixchi olimlarining ahamiyati beqiyosdir. Chunki aynan ular tomonidan yozib qoldirilgan adabiyotlar orqali biz ma’lum bir davr to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lamiz. Ushbu adabiyotlarni tahlil qilish orqali biz o‘z tariximizga xolisona baho berish imkoniga ega bo‘lamiz.
Mamlakatimizning o‘rta hamda ilk o‘rta asrlar tarixiga oid manbalarning aksariyat qismi arab tarixchi olimlari tomonidan yaratilgan bo‘lib, ushbu asarlar hozirgi kunda o‘zining xolisligi bilan ajralib turadi. Albatta tarixchi sifatida ushbu asarlarni tahlil qilish orqali ma’lum bir davr yoki ba’zi bir tarixiy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni analiz qilib, xolislik prinsipi asosida bir to‘xtamga kelishimiz mumkin.
Ushbu kurs ishi ma’lumotlaridan o‘rta ta’lim maktablari va oily ta’lim muassasalarida tarix fani mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin.


Download 213.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling