Геокимё ва минералогия
Download 1.09 Mb.
|
Никель ва кобальт геокимёси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tartib raqami 28 Atom massasi 58,69 .
Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги Геология ва муҳандислик геологияси факультети ”Геокимё ва минералогия” кафедраси ,,Асл ва рангли элементлар геокимёси’’ фани Мавзу: Никель ва кобальт геокимёси. Ўқитувчи: Шаназаров С.ИNikel (nem. Nikel, lot. Niccolum), Ni — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element.Tartib raqami 28 Atom massasi 58,69.Tabiiy Nikel 5 ta barqaror izotop 58Ni (67,88%), 60Ni (26,23%), 61Ni (1,19%), 62Ni (3,66%) va 63Ni (1,04%) aralashmasidan iborat.Eng uzoq mavjud boʻluvchi sunʼiy radioaktiv izotopi — 59Ni (T1/2 = 105 yil).Nikelni dastlab 1751-yilda shved kimyogari Nikel Kronstedt kashf qilgan va nom qoʻygan. "Nikel" nomi kupfernikel minerali — Kupfernickel (NiAs) nomidan olingan (nem. Kupfer — mis. Nickel — jin). Bu mineral koʻrinishi bilan mis rudalariga oʻxshab konchilarni koʻp chalg’itgani uchun shunday nom olgan. Nemis kimyogari Nikel Rixter 1804-yil ancha toza Nikel olishga muvaffaq boʻlgan.Nikelni dastlab 1751-yilda shved kimyogari Nikel Kronstedt kashf qilgan va nom qoʻygan. "Nikel" nomi kupfernikel minerali — Kupfernickel (NiAs) nomidan olingan (nem. Kupfer — mis. Nickel — jin). Bu mineral koʻrinishi bilan mis rudalariga oʻxshab konchilarni koʻp chalg’itgani uchun shunday nom olgan. Nemis kimyogari Nikel Rixter 1804-yil ancha toza Nikel olishga muvaffaq boʻlgan.XIX-asrning 80-yillariga qadar Nikeldan faqat zargarlikda va tanga pullar tayyorlashda foydalanilgan. Yangi Kaledoniyada va Kanadada Nikel rudalariga boy konlar ochilib, poʻlatga Nikel qoʻshilganida poʻlatning xossalari yaxshilanishi aniqlanganidan keyin Nikel ishlab chiqarish sanoati keng rivoj topdi.Nikel— kumush kabi oq, yaxshi yassilanuvchan yaltiroq metall. Birikmalardan ajratib olingan kukun holidagi Nikelning tusi qoramtir. Nikelning 2 ta modifikatsiyasi maʼlum: geksagonal singoniyali holda kristallanadigan -Nikel va kub singoniyali -Nikel -Nikel 250—300° da -Nikel ga aylanadi. Nikel 0°dan 1200° ga qadar, asosan, -Nikel shaklida boʻladi.Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling