Геокимё ва минералогия

Kobalt — kumushsimon oq, qizgʻish, och, sariq rangda tovlanadigan metall. Suyuqlanish temperaturasi 1494°

Download 1.09 Mb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1586323
1   2   3   4
Bog'liq
Никель ва кобальт геокимёси

Kobaltkumushsimon oq, qizgʻish, och, sariq rangda tovlanadigan metall. Suyuqlanish temperaturasi 1494°, qaynash temperaturasi 2960°, zichligi 8,9 g/sm³. Ferromagnit xossasiga ega. Zich joylashgan kobalt havo taʼsiriga chidamli, 300° da oksid parda bilan qoplanadi, kukun holdagi kobalt havoda oʻz-oʻzidan alangalanadi. Suv, ishqor, karbonat kislota bilan reaksiyaga kirishadi. Ftorid kislota hatto qizdirilganda ham unga taʼsir qilmaydi.

Kobalt anorganik va organik birikmalar bilan 2 va 3 valentli kompleks birikmalar, koʻpgina metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Kobalt metalini kobalt rudalaridan ajratib olish uchun dastlab rudalarni oksidlovchi sharoitda maxsus pechlarda kuydirib eruvchan holga oʻtkaziladi. Kobaltni boshqa metallardan tozalash uchun kimyoviy va gidrometallurgiya usullaridan foydalaniladi. Oxirgi mahsulot sifatida Co3O4 olinadi. Uni koʻmir, vodorod, SO kabi qaytaruvchilar ishtirokida qaytarib yoki alyumotermiya va elektroliz usullari bilan metall holidagi Kobalt olinadi.

Amaliy ahamiyati

Amaliy ahamiyati

Hozirda ajratib olinayotgan Kobaltning taxminan 65%i maxsus qotishma va poʻlatlar, 10%i katalizatorlar, 10%i pigmentlar tayyorlashda qoʻllaniladi. Kobalt birikmalari rangli shishalar, keramika, organik sintez uchun katalizatorlar olishda, neft va ammiakni tozalashda, moy boʻyoqlarni quritishda, chiroyli va turgʻun emal va boʻyoqlar, yarimoʻtkazgichlar va oʻta kesgich asboblar tayyorlashda ishlatiladi. Soʻnggi yillarda radioaktiv 60Co ("Kobalt lushkasi") tibbiyotda saraton kasalligini davolashda qoʻllanmoqda. Hayvonlardagi anemiya kasalligiga qarshi kurashda ham kobaltdan foydalaniladi.

Konlari va ishlab chiqarish

Konlari va ishlab chiqarish

Oʻrganilgan kobalt zahiralarining 60% i Kongoga (6 mln. tonna) toʻgʻri keladi. Bundan tashqari, konlar Avstraliyada (1 million tonna), Kubada (500 ming tonna), Filippinda (290 ming tonna), Kanadada (270 ming tonna), Zambiyada (270 ming tonna), Rossiyada (250 ming tonna), shuningdek, AQSh, Fransiya va Qozog'istonda. Dunyoda kobalt ishlab chiqarish 2025 yilga borib 200 ming tonnagacha oshishi mumkin.

Эьтиборингиз учун
раҳмат!
Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling