Oʻzbekiston respublikasi


Download 370.07 Kb.
bet35/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

Nazohat savollari:
1.Biologik maromlar deb nimaga aytiladi?
2. Biologik maromlarning qanday turlari mavjud?
3.Ekzogen va endogen maromlar deb nimaga aytiladi?


9-Ma’ruza.
Mavzu: Hayvonlarning hayotiy shakllari.
Reja:
1.Hayotiy shakllar to’g’risida tushuncha.
2.Hayvonlar hayotiy shakllarining turlari.
3. Hayvonlar hayotiy shakllarining ekologik ahamiyati.

Hayvonlarning yashash muhitiga moslanish usullaridan biri morfologik adaptatsiyadir. Hayvonlarning tashqi muhit omillariga morfologik moslanish bilan namoyon etadigan yashash tarzi hayotiy shakllar deyiladi. Hayvonlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida yashab turgan muhitga mos ravishda morfologik va ekologik moslanish xususiyatlari shakllangan. Rus ekologi D.N.Kashkarov birinchilardan bo’lib zooekologiyada hayotiy shakllarni ilk marta tasnifladi. Olimning ta’kidlashicha, hayvonlarning hayotiy shakllarini tasniflashda tashqi muhitning umumiy xususiyatlaridan tashqari, ayni shu sharoitdagi harakatlanish imkoniyatlari, ozuqaning harakteri va boshqalar inobatga olinishi lozim. D.N.Kashkarovning tasnifiga ko’ra, hayvonlarning hayotiy shakllari quyida berilgan.


Hayvonlarning hayotiy shakllari tasnifi Hayvonlarning iqlimga bo’lgan munosabati bo’yicha: I. Covuq qonli hayvonlar Yil davomida faol hayvonlar Yilning ma’lum davrida faol hayvonlar A) yozgi uyquga ketadiganlar B) qishki uyquga ketadiganlar II. Issiqqonli hayvonlar A. O’troq hayot kechiruvchilar 1. Yil davomida faol hayvonlar 2. Yilning ma’lum davrida faol hayvonlar a) yozgi uyquga ketadiganlar b) qishki uyquga ketadiganlar B. Mavsumiy hayot kechiruvchilar 1. Uya quruvchilar 2. Qishki faol hayvonlar 3. Yozgi faol hayvonlar 4. Ko’chib yuruvchilar
Hayvonlarning harakatlanishiga moslanish bo’yicha: I. Suzuvchi hayvonlar A) nektonlar B) planktonlar V) bentoslar II. Suvda va quruqlikda yashovchilar A) sho’ng’ib yuruvchilar B) sho’ng’imaydiganlar va boshqalar V) faqat suvdan ovqat topadiganlar III. Kavlovchi hayvonlar Butunlay er kavlovchi (hayoti to’lig’icha tuproq ostida o’tadigan) hayvonlar Nisbatan er kovlaydiganlar (ma’lum muddatga tuproq yuzasiga chiqadigan) hayvonlar IV. Quruqlikda yashovchi hayvonlar 1. Uya qurmaydiganlar A) yuguruvchilar B) sakrovchilar V) o’rmalovchilar (sudraluvchilar) 2. Uya quradiganlar A) yuguruvchilar B) sakrovchilar V) o’rmalovchilar (sudraluvchilar) 3. Qoyalarda hayot kechiruvchilar V. Daraxtlarga o’rmalab chiqib yashovchilar A) daraxtlardan tushmasdan hayot kechiruvchilar B) daraxtga tirmashib chiquvchilar VI. Havo muhitida yashovchilar A) havoda oziq topuvchilar B) ozuqasini havoda turib ta’qib etuvchilar
Hayvonlarning namlikka bo’lgan munosabati bo’yicha: 1. Namlikni oluvchilar – gigrofillar 2. Quruqlikni sezuvchilar – kserofillar Hayvonlarning ozuqa xarakteri bo’yicha: 1. O’simlikxo’rlar A) ko’katxo’rlar B) donxo’rlar V) mevaxo’rlar 2. Hammaxo’rlar 3. Yirtqichlar A) hasharotxo’rlar B) etxo’rlar 4. O’limtik va o’laksaxo’rlar Hayvonlarning ko’payish joylari bo’yicha: 1. Er ostida ko’payuvchilar 2. Er yuzasida ko’payuvchilar 3. O’t-o’lanli yaruslarda ko’payuvchilar 4. Butalarda ko’payuvchilar 5. Daraxtlarda ko’payuvchilar 6. Turli bo’shliq va uyalarda ko’payuvchilar Hayvonot dunyosining hayotiy shakllarini umumiy tarzda ifodalovchi ushbu ekologik tasnif, hozirgi paytda keng talqin etilgan va har bir tasnifiy guruhlar doirasidagi xususiy hayotiy shakllar ham aniqlangan.

Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling