Oʻzbekiston respublikasi


Download 370.07 Kb.
bet31/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

Nazohat savollari:

  1. Fizikaviy termoregulyatsiya deb nimaga aytiladi?

  2. Gomoyotermlik kloakali va xaltali sut emizuvchilarda qanday ifodalangan?

  3. Poykilotermlarda fizikaviy termoregulyatsiyaqanday shakllangan?



5-Ma’ruza.
Mavzu: Gidrobiontlarning ba’zi bir moslanishlari.
Reja:
Suv muhiti turli-tuman va o’ziga xos ekologik sharoitlarga ega. Shuning uchun gidrobiontlarda suv muhitida mo’ljal olish, filtrlash yo’li bilan oziqlanish, vaqtli suv havzalarida yashashga moslanish kabi va boshqa morfoekologik ixtisoslanishlar vujudga kelgan. Hayvonlarning suv muhitida mo’ljal olishi. Suv tubidagi doimiy qorong’ulik va yorug’lik nurining jadal so’nib borishi hayvonlarni ko’z orqali mo’ljal olish imkoniyatini keskin chegaralaydi. Ma’lumki, suvda tovush havo muhitiga nisbatan tez tarqaladi. Shuning uchun ko’z yordamida mo’ljal olishdan ko’ra gidrobiontlar uchun tovush yordamida mo’ljal olish bir muncha qulayroq hisoblanadi. Hayvonlar o’ta nozik to’lqin uzunliklari o’zgarishlarini 53 seza oladi. Masalan, meduzalar po’rtana boshlanishidan ogoh etuvchi infratovushlarni sezgirlik bilan ilg’ab suv yuzasidan chuqur qatlamlarga tushib ketadi. Baliqlar, mollyuskalar qisqichbaqasimonlar va sut emizuvchilar tovush chiqarish orqali aloqada bo’ladi. Masalan, qisqichbaqasimonlar tanasining turli qismlarini bir-biriga ishqalash orqali, baliqlar havo pufaklari, halqum tishlari, jag’lari, ko’krak suzgichlari yordamida turli tovushlarni chiqaradi. Tovushlar tur ichidagi munosabatlarni muvafiqlashtirish, galadagi aloqani ta’minlash ikkinchi jinsni o’ziga jalb etish, ogohlantirish yo’llaridan biridir. Ba’zi bir gidrobiontlar ozuqa topishda aks sadodan unumli foydalanadi (masalan, kitsimonlar). Ayrim gidrobiontlarning elektr impulslarini ishlab chiqish va qabul qilish xususiyati ham ma’lum.
Hozirda 300 turga yaqin baliqlar elektr zaryadlari orqali mo’ljalni aniq oladi, o’ljaga hamla qilishda va himoyalanishda undan unumli foydalanadi. Suvdagi gidrostatik bosimning o’zgarishi hayvonlar havo pufaklari, statotsistlari va boshqa organlari yordamida aniq farqlay oladi. Barcha gidrobiontlarda xemoretseptorlar yaxshi taraqqiy etgan.
Shu sababdan ular suv muhitida yuz bergan barcha kimyoviy o’zgarishlarni osonlik bilan payqay oladi. Ayniqsa minglab km. masofa bo’ylab migratsiya qiluvchi baliqlar hidni yaxshi farqlaydi. Masalan, urchish uchun Evropaning barcha daryolaridan atlantika okeani tropik qismining g’arbiy hududlariga boradigan daryo ugorlari tajribada 6000 km3 suvda erigan 1 g etil spirtini ham sezgan. Filtrlash yo’li bilan oziqlanish. Gidrobiontlarning ayrimlari suvdagi mayda organik zarrachalarni suzib oziqlanadi. Filtrlash yo’li bilan oziqlanish plastinka jabrali mollyuskalar, o’troq hayot kechiruvchi ninaterililar, polixetalar, astsidiyalar uchun xos usuldir. Bu guruhga mansub organizmlar oziqlanish jarayonida suvni filtrlab muhim biologik vazifani ham amalga oshiradi. Gidrobiontlarning vaqtli suv havzalarida yashashga moslanish xususiyatlari. Tabiatda mavsumiy hosil bo’ladigan vaqtli va ko’lmak suv havzalari ko’p uchraydi. Qisqa muddat bo’lsada, ularda qator gidrobiontlar hayot kechiradi, ko’payadi va rivojlanadi. Bu hayvonlar suv havzasi qurib qolganidan so’ng keladigan uzoq muddatli qirg’oqchilikka bardosh beradi.
Suv 54 etarli bo’lganda gidrobiontlar jadal ko’payadi va mo’l nasl beradi, noqulay sharoitda ularning ko’pchiligi gipobioz holatga o’tadi. Masalan, qolqondorlar, shoxdor mo’ylovli qisqichbaqalar, planariyalar, kamtukli chuvalchanglar, mollyuskalar, baliqlardan – protepterus, shoxtish va lepidosirenlar va boshqalar. Suvsizlik sharoitida quyoshsimonlar, infuzoriyalar, ildizoyoqlilar, ayrim kurakoyoqli qisqichbaqasimonlar va boshqa hayvonlar maxsus tsistaga o’ralab oladi va o’z hayotini saqlab qoladi. Noqulay sharoitda kolovratkalar va nematodalarning ayrim vakillari tanasidagi namlikni butunlay yo’qotib yupqa plyonka shaklini oladi, qulay sharoitda “jonlanib” yana hayotini davom ettiradi

Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling