Oʻzbekiston respublikasi


Download 370.07 Kb.
bet39/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

Nazohat savollari:
1.Ekotizim deb nimaga aytiladi?
2.Ekotizimda oziq zanjiri va trofik darajalar.
3.Ekotizimlarning turlari va agroekotizimlar.
13-Ma’ruza.
Mavzu: Biosferada hayvonlarning tarqalish chegaralari.
Reja:

  1. Biosfera to’g’risida tushuncha.

  2. Biosfera to’g’risidagi na’limotning yaratilishi.

  3. Biosferada hayvonlarga antropogen ta’sirlar.

Er sharining tirik organizmlar tarqalgan qobig’i (atmosfera, gidrosfera, litosfera) biosfera deb nomlanadi. Biosfera hayot qobig’i bo’lib, bir-biri bilan murakkab munosabatlar orqali bog’langan bir qancha ekotizimlar majmuidan iborat. Biosfera tarkibiga hozirda quruqlikda, havoda va suvda tarqalgan tirik organizmlargina emas, balki qadimda yashab, hozirda qirilib ketgan organizmlar ishtirokida shakllangan litosferaning qismi ham kiradi. Hayvonlar suv va quruqlikda yashaydi, hayoti to’lig’icha havo muhiti bilan bog’langan hayvonlar biosferada uchramaydi. Havoda faol (qushlar, sut emizuvchilar) yoki passiv (mayda hasharotlar, sporalar, tsistalar) uchib moslashgan hayvonlarning oziqlanishi, ko’payishi quruqlik yoki suv muhitida boradi. Biosferaning yuqori chegarasi 12-17 km balandlikda o’tadi. Uning yuqori qatlamlarida bakteriyalar, sporalar, sodda hayvonlar va boshqalar uchraydi. Biosferaning yuqori qismi ozon qatlami bilan o’ralgan. Ozon qatlami organizmlar uchun zararli bo’lgan ultrabinafsha va koinot nurlarini tutib qoladi. Ozon qatlami er yuzasidan 50-70 km yuqorida joylashgan. Quruqlik hayvonlarining ko’pchiligi, aksariyat hollarda havoda 50-100 m balandlikdan yuqoriga ko’tarila olmaydi.


Er yuzasidan 100 m balandlikda hayvonlar kam uchraydi. Lekin, ayrim qushlar safar uchishlari davomida 1000-3000m balandlikda parvoz qiladilar, hasharotlar 4000-5000 m yuqorida, havo oqimi bilan harakatda bo’ladi. Markaziy Osiyo tog’larida hayvonlar dengiz sathidan 4000-5000m balandlikda yashaydi. Masalan, yovvoyi qo’ylar – arxarlar tog’ etagidagi erlardan tortib, to 5500m balandlikkacha tarqalgan. Zag’chalar Everestning 8200 m balandligida ham uchrashligi qayd etilgan. Biosferaning quyi chegarasi 2-3 km chuqurlikdan o’tadi. Neft yotqiziqlarining suvlaridan topilgan mikroorganizmlar shundan dalolat beradi. Hayvonlarning eng chuqur inlari 6-7 m da joylashadi. Masalan, yumronqoziq va sug’urlarning inlari 6-7 metrda, termitlar uyalarda 5-6 m chuqurlikda bo’ladi. Ko’pchilik hayvonlar litosferaning bir metrga qadar bo’lgan qatlami bo’ylab taqsimlangan. Gidrosferada hayot tarqalgan eng quyi nuqta Tinch okeanida, 1100 m chuqurlikda qayd etilgan. Tinch okeanining bu 117 mintaqasi turlarga boy bo’lib, ayniqsa pogonoforalar ko’plab uchraydi. Suv hayvonlarining ko’pchiligi suv yuzasining 300-500 m qalinligi bo’ylab jamlangan.
Biosfera doirasida ayrim o’ta sho’rlangan suv havzalari (O’lik dengiz, Armaniston Tuz ko’l), vodorod sulfid, karbonat angidrid kabilar bilan zaharlangan hududlardagina tirik organizmlar deyarli uchramaydi. Lekin, mazkur sharoitda ham ayrim bakteriyalar, sporalar va tsistalar qayd etilganligi ma’lum. Biosfera Er sharidagi global ekotizim bo’lib, u bir qancha kenja tizimlar biogeotsenozlar birligidan tarkib torgan. Biosfera to’g’risidagi ta’limotda akademik V.I.Vernadskiy hozirgi vaqtda insoniyat Erning yangi qobig’ini – noosfera («oqilona qobiq»)ni yaratishi kerak deb taxmin qiladi. Insoniyat biosferadagi qiyosan kichik bir massadir, lekin uning faoliyati g’oyat ulug’vor. Inson endilikda biosfera doirasidan tashqariga chiqib oldi, uning kosmik kemalari Oy, Venera va boshqa planetalarga etib bordi.

Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling