О‘zbekiston respublikasi


Download 417.5 Kb.
bet12/35
Sana05.01.2022
Hajmi417.5 Kb.
#215377
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
Αzbek filologiyasi fakulteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi jahon a

Ispan qahramonlik eposi. VIII asrda Ispaniyani bosib olgan marvlar (arablar) Pireniy yarim orolida qudratli davlat barpo etadilar. Ispaniyaning zabt qilinmagan shimoliy qismida VIII -IX asrlar davomida Asturiya va Navarra davlatlari mustahkamlana boshlaydi.

Rekonkista harakatida turli ijtimoiy qatlamlar, ayniqsa dehqonlar katta hissa qo’shadilar. Xalq ommasidagi vatanparvarlik hissi pomeshchiklarga qaramlikdan ozod bo’lish harakati bilan qo’shilib ketadi. Dehqon, kosib va mayda ritsarlar hamma vaqt jangovar vaziyatda turadilar. Dushmandan ozod etilgan viloyatlarning chegaralarini qo’riqlaydilar. Biroq ozod etilgan olingan o’ljalar asosan feodal va ruhoniylar qo’liga qarar edi.

Ispaniyada yuz bergan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, feodallar o’rtasidagi o’zaro janjallar, arablarga qarshi rekonkista harakati ispan qahramonlik eposida o’z ifodasini topadi. Sid haqidagi romanlar va poema (“Mening Sidim haqida qo’shiq”) qadimgi ispan xalq poeziyasining ajoyib namunalaridir.

Sid tarixiy shaxs bo’lib, uning asl ismi Rodrigo (Ruy) Dias. Sid esa uning laqabidir. O’z qaramog’ida marvlar bo’lgan ispan senyorlariga shunday nom berilgan. Sid 1040-yilda Kastiliya zodagonlari oilasida tug’ilgan. U qirolning yaqin ayoni va qo’shin boshlig’i sifatida marvlarga qarshi kurashida qatnashgan.

Butun Ispaniyani dushmandan ozod etish janglarida ko’p qahramonliklar ko’rsatgan Sid 1099-yilda vafot etadi.

Sid rekonkista harakatining yirik arbobi, Ispaniyaning mustaqilligi uchun kurashgan milliy qahramon sifatida mashhurdir.

Sid haqida qo’shiq”. “Qo’shiq”ning yaratilish tarixi.

Mamlakatda rekonkista harakati avj olgan bir davrda yaratilgan ispan xalq qahramonlik eposining ajoyib yodgorligi “Sid haqida qo’shiq”dir. Bu “Qo’shiq” 1140-yillarda bunyodga kelgan bo’lib, uning XIX asr boshlarida yozib olingan qo’l yozma nusxasi saqlangan. “Qo’shiq” tadqiqotchilar tomonidan uch qismga bo’lingan.

Birinchisi – “Quvilish haqida qo’shiq”. Unda qirol Alfons bilan janjallashib qolgan Sidning quvilishi tasvirlanadi. Lekin bu voqeaning sabablari bayon etilgan asarning bir qismi saqlanmagan.

Qahramonning hayoti va faoliyati tavsifida fantaziya kuchli bo’lib, tarixiy voqelikdan ancha uzoqday ko’rinsa ham, lekin poema o’sha davr ruhini chuqur aks ettirgan, ya’ni unda rekonkistada qatnashgan keng xalq ommasining vatanparvarlik ruhi sezilib turadi. Bu ularning faqat marvlarga qarshi kurashidagina emas, tashqaridan bo’ladigan har qanday tazyiqlar, fransuz hukmronlarining Ispaniyada feodal tartiblarini o’rnatishi va shu orqali eng yaxshi yerlarni qo’lga kiritishiga qarshi noroziliklarida ham o’z ifodasini topadi. Shuningdek, bu ruh kuchsiz va tamagir qirolga shubha bilan qarashda ham yaqqol ko’rinadi. Oddiy kishilarga samimiy munosabat, g’amxo’rlik, mardlik va qahramonlik Rodrigoda ritsarlik intilishlaridan ko’ra kuchliroqdir. Shuning uchun ham uning laqabi arablar bilan munosabatni ko’rsatadigan Sid ham emas, bahodirligini bildiradigan Kampeodor ham emas, balki oddiy kastiliyalikdir.




Download 417.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling