O`zbekiston respublikasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
til tarixi

XX 
asr 
boshlarida 
o`zbek 
tili 
leksikasi, 
grammatikasi va funksional uslublarida bo`lgan   
           o`zgarishlar, yangiliklar  
Reja: 
1. Milliy til haqida tushuncha. 
2. Milliy til shaklida Hamza Haqimzoda Niyoziy asarlarining tili. 
3. 1920-yillar o`zbek adabiyotida imlo qoidalar. 
4. «CHig`atoy gurungi» tashkiloti, tayanch dialekti masalasi. 
5. 1930-yillar o`zbek adabiyotida rus tilining qo`llanishi. 
6.  1920-30  yillarda  o`zbek  adabiyotini  o`rgatishda  ijodkorlar  asarining 
ahamiyati. 
O`zbek  milliy  tili  hozirgi  o`zbek  millatiga  mansub  bo`lgan  hamma 
kishilarning umumiy va yagona tilidir. Bu til o`zbek xalqlning o`zaro aloqa va fikr 
almashuv quroli, shu xalqning hamma a`zolari uchun umumiy bo`lgan tildir. 


 
145 
O`zbek  milliy  tilining  shakllanishi  o`zbek  millatining  shakllanish  protsessi 
bilan  bog`likdir.  O`zbek  millati  shakllanguniga  qadar  u  urug`  tili  va  elat  tili  tarzida 
yashab,  rivojlanib  kelgan.  Ma`lumki,  ijtimoiy  munosabatlarning  yuzaga  kelishi  bilan 
birga  millatlar  ham  tashkil  topa  boshlaydi.  Ana  shu  millatlarning  tashkil  topishida 
uning  asosiy  elementi  bo`lgan  til  birligi  -  milliy  til  xam  yuzaga  keladi.  O`zbek 
milliy  tili  XIX  asrning  oxirlari  va  XX  asrning  boshlarida  shakllana  boshladi. 
Hozirgi  o`zbek  adabiy  tilining  boyishi,  rivojlanishi  va  mukammallashuvida  eski 
o`zbek  adabiy  tili  an`analari,  halq,  tili,  mahalliy  dialektlar  va  xalq  shevalarining 
materiallari bilan bir qatordagi tilning ta`siri ham kuchli bo`ldi. 
YUqorida  bayon  qilinganlarga  ko`ra,  o`zbek  adabiy  tilining  tarixiy 
taraqqiyoti  katta  uch  davrni  tashkil  etadi:  qadimgi  turkiy  adabiy  til,  eski  o`zbek 
adabiy  tili  va  hozirgi  o`zbek  adabiy  tili.  Bularning  har  biri  yagona  umumxalq 
o`zbek tilining asosiy va eng muhim taraqqiyot bosqichlarini o`zida aks ettirdi. Har 
bir davrning adabiy tili ish ko`rish doirasi, fonetik, leksik hamda grammatik qurilishi 
jihatdan o`ziga xos bo`lgan xususiyatlari bilan farq qiladi. O`zbek adabiy tili birinchi 
va  ikkinchi  davrlarda  xalq  tili  sifatida  ish  ko`rgan  bo`lsa,  uchinchi  davrga  kelib, 
milliy til sifatida ish ko`rayotir. Hozirgi kunda uning ish ko`rish doirasi  nihoyatda 
kengaygan,  lug`at  sostavi  beqiyos  darajada  boyigan,  grammatik  qurilishi 
mukammalashgandadir. 
O`zbek  tilining  ichki  resurslari  asosida  yangi  so`zlar  yaratiladi.  Bunday 
so`zlar strukturasiga ko`ra sodda yoki qo`shma bo`lib, hayotning barcha sohalariga 
oid  tushunchalarni  qamrab  oladi.  Masalan,  faqat  xarbiy  ish  sohasidagina  jangchi, 
kuzatuvchi,  o`qlovchi,  mo`ljalchi,  quroldosh,  xaloskor,  hujumkor,  simto`siq  kabi 
qator yangi so`zlar paydo bo`ldi. Bulardan tashqari, -v(-ov), -chi, -chilik, -shunoslik, 
-kor  kabi  affikslar  vositasida  yasalgan  so`zlar  ham  hisobga  olinsa,  o`zbek  tili 
leksikasining sovet davrida qanchalik boyiganligini aniq tasavvur qilish mumkin. 
Bu  o`rinda  shuni  alohida  qayd  etish  kerakki,  jonli  tilda  oddiy 
tushunchalarni  ifoda  qiluvchi  minglab  so`zlar  asta-sekin  terminlik  vazifasini  bajara 
boshladi.  Masalan,  matematikaga  oid  to`rtburchak,  qo`shish,  ayirish,  bo`lish; 


 
146 
tilshunoslikka oid ega, ot, gap, sifat, ravish, qo`shimcha, yordamchi so`z, bog`lovchi, 
aniqlovchi,  o`zak;  geografiyaga  oid  burun,  qo`ltiq  va  boshqalar  shunday  so`zlar 
jumlasiga kiradi. 
O`zbek  adabiy  tilining  so`z  yasash  imkoniyatlari  ham  kengaydi.  Familiya 
yasovi -ov, -ova, --ev, -eva affikslari o`zlashtirildi. Ismi-sharifi esa ota ismidan yoki 
familiyaga  asos  bo`lgan  nomdan  erlar  uchun  -ovich  (evich),  ayollar  uchun  -ovna 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling