O`zbekiston respublikasi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Til tarixi MA’RUZA MATNI
- 1.KIRISH. Adabiy til umumhalq tilining oliy shakli
1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI O`zbek filologiyasi kafedrasi Til tarixi MA’RUZA MATNI fanidan Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar soha Ta`lim sohasi: 120000 - Gumanitar fanlar Ta`lim yo`nalishi: 5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) Тузувчи: ф.ф.н. Саидов Ё. Buxoro – 2014 2 1.KIRISH. Adabiy til umumhalq tilining oliy shakli Reja 1. «O`zbek adabiy tili tarixi» til tarixi fanlaridan biri sifatida. 2. Adabiy til tarixi va uning manbalari. 3. Adabiy tilning shakllanishida uslublar taraqqiyoti. 4. Adabiy tilning shakllanishida uslublar taraqqiyoti. 5. O`zbek tilining boshqa turkiy tillar o`rtasida tutgan o`rni. 6. O`zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til, qadimgi yozuvlar. 7. O`zbek adabiy tili va eski turkiy til, yozuv yodgorliklari. O`zbek adabiy tili tarixi o`zbek tilshunosligi doirasiga kiradigan ixtisosiy fanlardan biridir. Ma`lumki, o`zbek tili tarixi uch mustaqil predmetni o`z ichiga oladi. Bular - «Qadimgi turkiy til», «O`zbek adabiy tili tarixi» va «O`zbek tilining tarixiy grammatikasi» predmetlaridir. Bu uchala predmet ichki xususiyatlari bilan bir-biriga bog`lik bo`lishiga karamasdan, tekshirish ob`ektlarini o`rganish usullari jihatidan bir-biridan farq qiladi. «Qadimgi turkiy til» kursida barcha turkiy qavmlar uchun mushtarak sanalgan turk runiy yozma yodgorliklari, ularning fonetik, leksik va morfologik va sintaktik xususiyatlarini o`rganiladi. «O`zbek tilining tarixiy grammatika»si tilning fonetik sistemasi taraqqiyotini, grammatik strukturasining rivojlanishini o`rganish bilan qiziqadi. Lekin til hodisalarining ijtimoiy hodisalar bilan munosabati, stillar taraqqiyoti va uning turli ko`rinishlari, tilning normasi kabi masalalar uning tekshirish doirasidan chetda qoladi. Bularni esa «O`zbek adabiy tili tarixi» predmeti tekshiradi. «O`zbek adabiy tili tarixi» kursi til taraqqiyotini xalq tarixi bilan 3 bog`liqlik holda yoritib beradi. Adabiy til stilida yuz beradigan barcha o`zgarishlar u yoki bu darajada xalqning moddiy va ma`naviy hayotida yuz beradigan o`zgarishlar bilan bog`liqdir. Ishlab chiqarish va savdoning rivojlanishi, sinflarning paydo bo`lishi, davlatlarning kelib chiqishi, ilm-fan va adabiyotning taraqqiyoti kabi ijtimoiy-tarixiy omillar til taraqqiyotiga ta`sir ko`rsatadi. Bu har bir omil o`zbek adabiy o`zbek adabiy tilida o`z aksini topishi bilan chegaralanib qolmasdan, balki ular badiiy tasvir vositalari taraqqiyotiga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Til tarixini o`rganish hozirgi zamon o`zbek tilini tarixiy tushunish, ya`ni bu tilning uzoq asrlar mobaynida davom etgan murakkab tarixiy jarayonlarning tarixiy samarasi ekanini keng tushunish imkonini tug`diradi. O`zbek tili, uning adabiy formasi uzoq davr va asrlarning tarixiy mahsulidir. U tarixda ma`lum bo`lgan boshqa tillar kabi urug` tilidan qabila, qabila tilidan xalq va xalq tilidan milliy tilga qarab taraqqiy etdi. Uzoq asrlar davom etgan bu jarayonda o`tmish asrlardagi til hodisalari keyingi davrlardagi til hodisalaridan farqlanib qoldi. Ijtimoiy tarixiy taraqqiyot talablariga javob berolmagan til hodisalari asta-sekin umumtil aloqasidan chiqib ketdi. Ularning o`rnini zamon talabi bilan yuzaga kelgan yangi til hodisalari egalladi. SHuning natijasida yuqorida aytilgandek, hozirgi zamon o`zbek tili o`zining o`tmishidan uzoqlashib ketdi. Bu holatni yozuv yodgorliklarida aks etgan hodisalar bilan qiyoslashda yaqqol ko`rish mumkin. Ma`lumki, tilning struktura elementlari uzoq o`tgan davr ichida bir xilda o`zgarib kelmadi. Ijtimoiy-tarixiy tarakqiyot dastavval tilning leksikasiga o`z ta`sirini o`tkazadi. SHuning uchun tilning boshqa struktura elementlariga ko`ra tilning lug`at sostavi o`zgaruvchan bo`ladi. Tilning lug`at sostaviga qaraganda uning grammatik kurilishi sekinlik bilan o`zgargan. Tilning fonetik sistemasi fammatik strukturasiga nisbatan yana sekinlik bilan o`zgaradi. O`zbek adabiy tili tarixining ob`ekti matn va adabiy til hisoblanadi. Adabiy til tarixining eng muhim vazifalaridan biri buyuk so`z ustalari 4 tomonidan rivojlantirilgan umumxalq tilining qayta ishlanish xususiyati va rolini aniqlashdir. O`zbek adabiy tili tarixi bir qator fanlar bilan bog`liq ravishda o`rganiladi va ular bilan uzviy bog`lanadi. Birinchi navbatda, o`zbek tilshunosligi doirasiga kiradigan fanlar bilan uzviy bog`lanadi. «O`zbek adabiy tili tarixi», «O`zbek tilining tarixiy grammatikasi», «O`zbek dialektologiyasi»ning bergan ilmiy xulosalariga suyanadi. Ayni zamonda hozirgi o`zbek adabiy tili kursiga ilmiy zamin hozirlaydi. 2- navbatda «Adabiyot tarixi» fani bilan bog`lanadi, chunki ulkan va boy madaniy yodgorliklarimiz shu davr tilini tashuvchi manba xisoblanadi. 3-navbatda «O`zbekiston tarixi» fani bilan munosabatda bo`ladi, chunki adabiyot va til tarixini xalq tarixisiz tasavvur qilish mumkin emas. O`zbek adabiy tili tarixining asosiy manbalariga yozma obidalar - badiiy, ilmiy asarlarning mantlari, sheva materiallari, joy nomlari, kishi ismlari, hozirgi o`zbek adabiy tili materiallari, tarixiy lingvistik lug`atlar, turkshunoslikka oid o`zbek, rus va xorijiy olimlarning tadqiqot va qo`llanmalari kiradi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling