O`zbekiston respublikasi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
bolti, өzim saqint’m; kөrүr kөzүm kөrmәztәg, bilir biligim bilmәztәg bolti, өzүm
saqintim. Od tәңri yasar, kisi ogli kөp olg`әli (yoki өlүgli) torumis. Kultagin obidasidan keltirilgan bu parchada qariyib hamma so`zlar tushunarlidir: Kultegin bo`lmaganda edi, siz hammangiz o`lar zdingiz. Inim Kultagin kerak bo`ldi, o`zim sog`indim, ko`rar ko`zim ko`rmasdek, bilgan bilimimni bilmagandek bo`ldim, o`zim sogindim. Oh, tangri, inson o`g`li o`lish uchun tug`iladimi? Ko`rinib turibdiki, qadimgi turkiy yozuv yodnomalari umumturkiy tillar uchun asosiy manba bo`lib xizmat qiladi. Ma`lumki, yozma yodgorliklar bizga yozuv orqali etib kelgan. SHunday ekan, turkiy xalqlar qanday yozuvlardan foydalangan? - degan savol tug`iladi. Tarixiy va arxeologik manbalarning ko`rsatishicha, O`rta Osiyo va Qozog`istondagi turkiy xalqlar oromey, so`g`diy, xorazmiy, urxun-enasoy yoki runiy, uyg`ur, arab yozuvidan foydalanganlar Oromey yozuvining ta`sirida shakllangan so`g`diy va xorazmiy yozuvlari eramizning 1-U asrlarida ishlatilgan. SHuningdek, oromey yozuvi ta`sirida eramizning birinchi asrida uyg`ur yozuvi shakllanadi. V asrga kelib esa, runiy nomi bilan atalgan urxun-enasoy yozuvi paydo bo`ladi. Runiy yozuvi oromey yozuvi ta`sirida paydo bo`lgan so`g`diy va xorazmiy yozuvlari asosida shakllangan. Bunga turkiy tillar tovushlarini ifodalovchi tamg`a shaklidagi harflar ham qo`shilgan. Bu yozuvlarning borligi fan olamiga XVIII asrdagana ma`lum bo`ldi. Ularning namunalari enasoy daryosi bo`yida topiladi. XIX asr oxirida rus sayyohi va 11 yozuvchisi N.M.YAdrintsev Urxun daryosi bo`yidan shu xildagi yozuvlarni topadi va tuzilishi jihatidan German runik yozuvlariga o`xshagani uchun runiy yozuv deb ataydi. Runiy yozuvdagi yodgorliklar katta hududga taqalgan bo`lib, ular feodal hukmdorlar va ularning qarindoshlari qabri ustiga qo`yilgan toshlar, idishlar, yog`och va tog` qoyalarda saqlangan. Bu yozuvdagi bitiklar enasoy daryosi bo`ylaridan, Qirg`izistonning Talas vodiysidan, Urxun daryosi Selenga havzasi va unga yaqin joylardan, Boyqol ko`li atroflaridan topilgan. Uyg`ur yozuvi yangi so`g`d yozuvi asosida shakllangan bo`lib, u keyinchalik mo`gullarga va mo`g`ullardan manjurlarga o`tgan. Uyg`ur yozuvi VI tortib XV asrgacha turkiy xalqlarda va buddaviylar orasida XVIII asrgacha ishlatilib kelingan. Uyg`ur yozuvi asosida 1X-X asrlarga tepishli bo`lgan turkiy tillarning yozma yodgorliklari paydo bo`ladi. Ular diniy, falsafiy xususiyatga ega bo`lgan asrlardir. Uyg`ur alfaviti bilan yozilgan yodgorliklarning xususiyati va mazmuniga qarab, quyidagilarga bo`lish mumkin: 1. Uyg`ur yodgorligi. 2. Ma`naviylik yodnomasi. 3. Buddiy yodnoma. 4. Xristian yodnomasi. X1-XU asrlarga oid ko`pgina yirik asarlar turk uyg`ur yozuvida tartib qilingan. Masalan, «Me`rojnoma», «Tazkirai avliyo», «Baxtiyornoma» kabi bir qator asarlar shu yozuvda ko`chirilgan. «Qutadg`u bilig», «Hibatul haqoyiq», «Muhabbatnoma» kabi asarlarning uyg`ur yozuvida ko`chirilgan nusxalari ham mavjud. Akademik V.V. Radlov birinchi marta kadimgi turkiy adabiy tilning o`ziga xos dialektlarini o`rganib chikdi va uni shimoliy, janubiy va aralash dialekt deb uch guruhga bo`ldi. SHimoliy turkiy adabiy tilga runiy yoki o`rxun-enasoy yozuvlari asosida vujudga kelgan til kiritiladi. Bu tilga xos xususiyatlaridan biri so`z boshida va so`z oxirida jarangli undoshlar o`rnida ko`proq jarangsiz undoshlar kelishidir. Lekin bundan b undoshi istisnodir, chunki so`zning oxiri n va ng tovushlari bilan tugagan so`zlarda so`z boshidagi jarangli b undoshi saqlanadi: bәn- men, bing-ming, bin-min kabi. Masalan Tonyuquq bәnәg aydi - Toyo`quq menga aytdi (Tonyo`quq). Bagnu tash taqitdim-Mangu tosh tikdim (Kultagin). 12 Bundan tashqari, t tovushi so`z boshida ko`p ishlatiladi: Su barin tidi - Qo`shin bilan bor dedi (Tonyo`quq). Tushum kelishi uchun asosan -g` (-g) / -ig` - ig - ug` - үg affiskli shakl qo`llangan: sabig` - so`zni, yag`ig` - dushmanni (Tonyo`quq), on әrig - o`n erni (Kultagin). Qaratqich kelishigi affiksi -ning/-ing shaklida ishlatilgan: Kultәginniң altunin, kүmүshүn; Qag`aniң sabi -Xoqonning so`zi; biziң sү - bizning askar (Kultagin). O`rin-payt, chiqish kelishiklari uchun — da / - dә// - ta / tә affiksli shakl qo`llangan: Tүrgesh qag`anta kөrүg kәlti - Turgash xoqondan ayg`oqchi keldi (Kultagin), Qirqizta yanti- miz — Qirg`izlardan qaytdik (Tonyo`quq). O`tgan zamon fe`li ma`nosida -di / - di // - ti / - ti, - mish / - mish (- mis / - mis) affikslaridan tashqari — duq / - dүk affiksli shakl ham qo`llangan. - duq / - duk affiksli shakl o`tgan zamon fe`li ma`nosida shaxs-son ko`rsatkichisiz uchala shaxsning birligi va ko`pligi uchun ishlatilavergan. O`rxun-Enasoy yozuv yodgorliklarida hozirgi turkiy tillarga xos so`zlar uchraydi: el (el), ben (men) ilig (qo`l), siz, og`lan, yash, at, tәңri, altmish kabi. Lekin semantik xususiyatlari bilan iste`moldan chiqib ketgan so`zlar ham mavjud: bodun (xalq), bag` (ittifoqchshshk), sү (qo`shin), sabim (so`zim) iti (yubordi), tosiq (to`ygan), ukush (ko`p) kabi. Qadimgi turkiy tilning janubiy guruh dialekti uyg`ur yozuvi asosida paydo bo`lgan. Bularga Selenga, Suji va Turfon yodgorliklari kiradi. Janubiy guruxdagi tillar fonetik jihatdan shimoliy guruxdagi tillardan oxiri n, ng bilan uchraydigan so`zlar boshidagi b tovushining m tovushiga o`zgarishi bilan farqlanadi: baңu - maңu (mangu), ban - men, biң - miң kabi. Qaratqich kelishigi -niң / -niң affiksi bilan, chiqish kelishigi - din / -din // - tin / -tin affiksi bilan ifodalanadi. Fe`lning o`tgan zamon shakli har bir shaxs va son uchun alohida affikslarga ega. 13 Aralash dialektning fonetik jihatdan o`ziga xos xususiyatlari tovushining t tovushi bilan, ch tovushining z tovushi bilan almashinib ishlatilishidir: achun -azun (dune), atun - adun (boshqa) kabi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling