O`zbekiston respublikasi
«QUTADG`U BILIG» ASARINING TIL XUSUSIYATLARI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
«QUTADG`U BILIG» ASARINING TIL XUSUSIYATLARI
O`zbek adabiy tilining shakllanish davrini ko`rsatuvchi asarlar sirasiga Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» asarini kiritish mumkin. «Qutadgu bilig» asari she`riy pandnoma bo`lib, podsho Kuntug`di, dono vazir Oyto`ldi, Oyto`ldining o`g`li O`gdilmish o`rtasidagi suhbatdan iboratdir. Bu asarning uch qo`lyozma nusxasi fan ahliga ma`lum. Ulardan ikkitasi XV asrda ko`chirilgan, hozir Vena va Qohirada saqlanmokda. «Namangan nusxasi» deb nomlangan nusxa XSH-X1U asrlarda ko`chirilgan deb taxmin qilinadi. Ana shu nusxa asosida K.Karimov asarni hozirgi o`zbek grafikasida nashrini tayyorlab, chop qildi. «Qutadg`u bilig» hajm jihatidan ham, janr jihatidan ham yangi asardir. Janr nuqtai nazardan yangi asar bo`lgan bu kitob adib oldiga asar tili ustida ishlash uchun muxlm talab qo`ydi. Bu talab, dastavval, o`sha davrdagi tarqoq qabilalar tilida mavjud bo`lgan til faktlarini hisobga olish va shu davrda ham savodli bo`lgan xalqning barchasi uchun tushunarli bo`lishini ta`minlashdan iborat edi. Bu sharafli vazifaning uddasidan chiqa olgan Yusuf Xos Hojib xalq ommasining so`z qo`llashdagi tajribasiga suyanib, stilistik silliqlikka erishdi. Shu nuqtai nazardan «Qutadg`u 37 bilig» asarida Yusuf Xos Hojib o`sha davr tilini ma`lum bir sistemaga soldi va adabiy tilni rivojlantirishga o`zining xissasini qo`shdi. Asarga asos bo`lgan dialekt va til masalasida turkologiyada turli qarashlar mavjud. V.Radlov bu asar tilini u yoki bu til bilan yaqinlashtirgan bo`lsa-da, qat’iy bir fikr aytmaydi va asarning «oltoylashtirilgan» transkriptsiyasini beradi. CHunki u asar tilini oltoy tillaridan sayxon tiliga yaqin, deb hisoblagan edi. V.Radlov «Oltoy nazariyasi» ni yuzaga keltirgan sharqshunos edi. Bu nazariyaga ko`ra oltoy tilida so`z boshida va oxirida kelgan undoshlar faqat jarangsiz bo`ladi. Ammo intervokal pozitsiyada undoshlar jarangli bo`lishi mumkin. O`zining shu nazariyasiga asoslanib, «Qutadg`u bilig»ni trantskriptsiya qilib chikdi. Radlovning «Qutadg`u bilig» asariga berilgan trankriptsiyasi asosida 1891 yilda nemischa tarjimasi e`lon qilindi. Radlovning bu qarashlari fanda ko`p e`tirozlarga uchradi. Bu haqda eng ishonchli dalillar Daniya olimi V.Tomsen tarafidan ko`rsatilgan edi. V.Tomsen XI asr turkiy tilining yodgorligiga hozirgi zamon oltoy tillarining xususiyatlaridan kelib chiqib yondashmaydi. Balki, u «Qutadgu bilig» tilining ichki xususiyatlariga suyanadi. Tomsen «Qutadgu bilig» asarini tekshirar ekan, u asardagi qofiyalarga ahamiyat berdi. S.E.Malov bu asarni bir o`rinda chig`atoy tilida yozilgan asarlar qatoriga kiritsa, boshqa bir o`rinda uni uyg`ur-musulmon yodgorligi deb ataydi va uning arabcha ko`chirilgan nusxalari XI asr uyg`ur tilini ravshan aks ettiradi deb ta`kidlaydi. SHarqshunos olim Z.Valizoda «Turk va tatar tarixi» (Qozon, 1912) asarida bu asar tilini sof turk tili deb talqin qiladi. Tadqiqotchi A.A.Valitova mazkur asarni qoraxoniylar davri tilida yozilgan asar deb e`tirof qildi. Q.Karimov «Qutadgu bilig»ning kirish qismidagi «Mochin olimlari va haqimlari qamuq ittifoq bo`ldilarkim, mashriq viloyatida Turkiston ellarida Bo`g`raxon tilincha bu kitobdin yaxshiroq hargizkim orso tasnif qilmadi. Bu kitob qayu podshāqa yo qayu iqlimqa tekdi ersә goyat o`zlukindin nihāyatdin kichәkur kullu-kullu kindin... tәkmә biri bir turluk laqab urdilar»- degan jumlalarga qarab, 38 bu asar tili Bug`roxon qo`l ostida birlashgan turk davlati tarkibiga kirgan hamma asosiy qabilalar uchun tushunarli bo`lganligini bayon qiladi. Demak, asar tili o`sha davr turk qabilalari tillari asosini o`zida aks ettirgan. Shuning uchun ham «Qutadg`u bilig»ni XI asrda yashagan biror xalqning yoki qabilaning yodgorligi deb qat`iy fikrga kelish qiyin. SHunga qaramasdan, asarda chigil qabilalarining tillari ustunlikka ega edi. Asar tilining struktura xususiyatlari o`sha davr normalarini aks ettirgan. «Qutadg`u bilig» yodgorligida forscha so`zlarga nisbatan arabcha so`zlar ko`prokdir. Biroq, adibning ko`rsatishicha, asarda bor-yo`g`i 94 ta arabcha so`z bor. Asarda O`rxun-Enisey yodgorligiga oid so`zlar anchagana: bodun, qamuq, tөri (qonun), bayat (xudo), bayig` (past), bayiq ( tushunarli), өb (shishilmoq), өd (vaqt),) od (taxt), әriz (tinch), otachi (tabib) jogu (urf-odat). Yusuf Xos Hojib yodgorliklarda omonim, sinonim va antonimlardan ham unumli foydalangan: at (loshad’) -at (imya) —at (otmoq); achig` (achchiq) — achig` (toza) kabi omonimlar, yaruq-qaraqu, xosh// yaxshi-yaman, yumshaq-qatig`, , achig`-tat’g`; beduk-qodu kabi antonimlar, achig`-silig (toza), tushar-pabuz-ersel kabi omonimlarni uchratish mumkin. Dostondagi aksariyat so`zlar hozir ham (garchand fonetik jihatidan o`zgarsa-da) qo`llanadi. Shu davr fonetik xususiyatiga ko`ra asarda 9 ta unli tovush (i,ә,a,u,o, i,a,ү,ө) 28 ta undosh tovush qo`llangan. Singarmonizm qonuniyati saqlangan. Morfologiyasi bo`yicha ko`zga tashlanadigan hodisa shundaki, unda kelishiklar ichida vosita kelishigi ham uchraydi: Tirig ӛlgү āxir tӛshәnәr yerig Kishi әlsә edgүn kӛr ati tirig. Ma`nosi: Tirik oxiri o`ladi, erni to`shanadi, kishi yaxshilik bilan o`lsa, ko`rgin oti tirik qoladi. (96-6). Umuman, «Qutadg`u bilig» asari XI asr qabila tillarini birlashtirishga va u tilni rivojlantirishga katta hissa bo`lib qo`shildi. SHuning uchun bu asar tilida o`zbek, uyg`ur, qirgaz kabi turkiy tillarga xos bo`lgan xususiyatlarni uchratamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling