43
Tayanch tushunchalar:
1.
Oltoy nazariyasi – Oltoy nazpriyasiga rus sharqshunos olimi V.Radlov
asos solgan bo`lib, uning nazariyasiga ko`ra oltoy tillarida so`z boshida va oxirida
kelgan undoshlar faqat jarangsiz bo`ladi.
2.
CHigillar – turkiy qavmlardan biri bo`lib, madaniy jihatdan boshqa
turkiy qavmlardan ancha ustun edilar, ya`ni ular o`z yozuv an`analariga ega edilar.
3.
d’ dialekti – chigillar dialekti sanalib, Qoraxoniylar zamonida vujudga
kelgan adabiy tilga asos bo`ldi. Mo`g`ullar va ulardan keyingi adabiy tilda ham o`z
xususiyatlarini ham saqlab qoldi.
4.
y dialekti – mo`g`ullarning O`rta Osiyodagi mavqei pasayib mayda
turkiy davlatlarning paydo bo`lishi bilan d’ dialekti elementlari, ya`ni qoraxoniylar
adabiy tili an`anasi ham o`zining avvalgi ahamiyatini yo`qota boshladi. Natijada
XIV asrning o`rtalaridan boshlab adabiy til an`anasi sifatida
y – dialekti yuzaga
chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: