OLTIN O`RDA ADABIY TILI Oltin O`rda adabiy tili qarluq-xorazm adabiy tili ta`sirida rivojlandi.
SHuning uchun Oltin O`rda tsikliga kiruvchi yodgorliklarni ko`pchilik adabiyotlarda
Xorazm yodnomalari deb ham yuritiladi. Xorazm yodgorliklarida qoraxoniylar
davri adabiy tili, o`g`uz, qipchoq elementlari aralashgan, bu bilan esa umumxalq tili
grafik kurilishi va leksikasini boyitgan.
Xorazm yodgorliklari umumiy bir adabiy normaga ega emas. Asarning
yozilgan o`rniga qarab, fonetik grammatik va leksikasi o`ziga xos xususiyatlarga
ega bo`lgan. Masalan; «Muhabbatnoma» va «Nahjul Farodis» kabi asarlarda o`g`uz
va qipchoq elementlari aralash holda qo`llansa, «Xisrav va SHirin», «Me`rojnoma»
52
(Muhammad payg`ambarning Makkadan Quddusga borishi va Quddusdan ko`kka
chiqishi haqidagi noma) kabi asarlarda o`g`uz, qipchoq hamda koraxoniylar
davri tilining aralash qo`llanilganini ko`ramiz.
Oltin O`rda adabiy tilining eng xarakterli yodgorliklaridan biri
Qutbning «Xisrav va SHirin» dostonidir.