O`zbekiston respublikasi
XORAZMIYNING «MUHABBATNOMA» ASARI TILI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
XORAZMIYNING «MUHABBATNOMA» ASARI TILI
Xorazmiy o`zbek adabiyotida nomachilik janriga asos solgan san`atkordir. Ayni vaqtda she`riyatda ikki tillilikka ham asos solgan so`z ustasidir. U Jonibekning mahalliy beklaridan bo`lgan Muhammad Xojabekning iltimosiga ko`ra dajriy 754, melodiy 1353 yilda mashhur «Muhabbatnoma» asarini yozgan. Ma`lum kirish kism, asarning yozilish tarixi, «Muhammad Xojabek madhiyasi», ulardan keyin esa nomalar yozilgan. Nomalarning tuzilishi ham eski traditsion tartibda: oldin noma, keyin g`azal, undan keyin masnaviylar berilgan va har qaysi noma: Saburdin yaxshi yo`qtur pesha qilsam, Bu yo`lda sabr yo`q andesha qilsam - degan baytli naqorat bilan xotima qilingan. «Muhabbatnoma» 3 nomasi fors-tojik tilida yozilgan. Bu asar dastlabki reja bo`yicha 10 nomadan iborat edi, lekin noma tugatilgach, muallif qo`shimcha sifatida yana bir noma yozib, asarni 11 nomadan iborat qiladi. 69 Xorazmiy asarning xalqqa tushunarli bo`lishi uchun o`sha davr o`zbek tili imkoniyatlaridan unumli foydalangan. SHe`r yor vasli oshiq kechinmalarini tasvirlashda xilma-xil badiiy til vositalaridan mohirlik bilan foydalanadi. SHoir xalq tiliga xos o`xshatishni, metofora va jonlantirish bilan bog`lab bera olgandir: SHakkarmu әrniңiz yo qand, yo jān, Uyalur la`lingizdin ābu hayvān. O`zbek tili boyliklaridan yaxshi foydalangan shoir omonim so`zlar vositasida orginal so`z o`yinlari hosil qiladi: Ashar yeldin sening yelgәndә atiң, Quyash yangliq jahānim tutti atiң. Boyung sarvu sanubartek beling qil, Vafā qilg`an kishilәrgә vafā kil. «Muhabbatnoma» XIV asr adabiy tilining yodgorligi bo`lib, unda g`arbiy va janubiy tillarga xos xususiyatlar uchraydi. Jo`nalish kelishigi qo`shimchasi -ә//nә, -a//na, tarzida: әllinә (qo`liga), gavharina (gavhariga), nurinә (nuriga), bu tәnә (bu tanga). Tushum kelishigi affiksi -i variantida: kөnglүmi, өzimi. Ravishdoshning - gәch//-g`ach, buyruq-istak mayli fe`li -әli//ali (barali, ketәli) shart fe`li -sar/sәr (solisar, bolsar) affikslari bilan shakllanadi. Hozirgi kelasi zamon fe`lining bo`lishsizligi qisqargan holda keladi: yavutman (yaqinlashtirmaydi), unutman (unutmayman). Sifatning (kelasi-zamon) - yүr//yur affiksi bilan yasalgan turi ham uchraydi: sayrayur, yasanlaytur-siginar. Asar leksikasida o`ziga xos xususiyatlar ko`zga tashlanadi: SHunqar- burgut, boyla-shunday qilib, yuban-ikqilanmoq, ukush-ko`k, asru-juda, yaqtu-yoru. Yavut-yaqinlashmoq, uram-kucha, taqn-jumladan, dudaq-lab. YUqoridagi til 70 hodisalarining ayrimlari uyg`ur tiliga ham xosdir. YUqoridagilardan ko`rinib turibdiki, «Muhabbatnoma» asarida ham XIV asrning oxiri va XV asrning boshlarida Xorazm va Muvaraunnahrda hukm surgan kitobiy-poetik til traditsiyasi davom ettirilgan. SHuning uchun unda qipchoq-o`g`uz va qisman uyg`ur tili xususiyatlarini uchratamiz. «Muhabbatnoma» XIV asr o`zbek adabiy tiliga katta xissa bo`lib qo`shildi va ayni zamonda eski o`zbek tilining keyingi taraqqiyotida muhim rol’ o`ynadi. Buyuk Alisher Navoiy «Muhokamat-ul lug`atayn»da o`zbek tilida katta holni ifodalovchi maxsus «meng» so`zi borligini aytib, «Muhabbatnoma»dan quyidagi baytni keltiradi: Aning kim el enganda meң yaratti, Boyi birlә sachina teң yaratti. Ko`rinadiki, Navoiy tomonidan «Muhokamatul-lug`atayin» asarida shu misralarning keltirilishi shu davrda asarning til jihatdan boy ekanligidan dalolat beradi. «Muhabbatnoma» eski o`zbek adabiy tilini boshlab beruvchi asar sifatidagina emas, balki ayni zamonda o`zbek adabiyoti tarixiga, ayniqsa, nomachilik janri tarakqiyotiga kuchli ta`sir ko`rsatgan asardir. Uning bevosita ta`sirida Said Ahmadning «Taashshuqnoma» (XV asr), Xo`jandiyning «Latofatnoma» (X1U-XU asr), Amiriyning «Dahnoma» (XV asr) kabi asarlar yaratilgan. Demak, Xorazmiy o`zbek adabiyotida nomachilik janriga asos solgan shoirdir. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling