O`zbekiston respublikasi


Partavedur ul tabassumdinki jān derlar ani


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72
Bog'liq
til tarixi


Partavedur ul tabassumdinki jān derlar ani, 
Soyai sarving durur hamki ravān derlar ani.  
YOki: 
Mahvashim, bir nazar etsәng, ne nimaң ӛksүgүsi, 
Banda sari guzar etsәng, ne nimәng ӛksүgүsi     va h.o. 
Lutfiy  asarlari  leksikasida  asosiy  o`rinni  turkiy  so`zlar  tashkil  etadi. 
Ma`lumki, o`zbek klassik adabiyoti asarlari leksikasida fors-tojik va arabcha so`zlar 
umumleksikaning aksariyat qismini tashkil qiladi. Lekin Lugfiy ijodida buning aksi 
ko`rinadi. Masalan, «Tā jamāliңdin tushubturmen», «Ӛltүrүur hijrān meni» jumlalari 
bilan  boshlanuvchi  g`azallarida  191  leksema  katnashgan  bo`lib  (ayrim  so`zlarning 
takrori  ham  hisobga  olingan),  shundan  104  tasi  turkiydir.  Ma`lum  bo`ladiki,  Lutfiy 
ijodida turkiy so`zlar 55 va undan ortiqroq protsentni tashkil etadi. 
Lutfiy  asarlarining  dialektal  negizi  masalasi  ham  ancha  chigal 
masalalardan  biridir.  Lutfiy  ijodini  ma`lum  bir  shevaga  keskin  ravishda  bog`lab 
bo`lmasa-da,  unga  singarmonizmli  shevalar  asos  bo`lganligini  aniqlaymiz.  Uning 
she`rlarida lab va palatal singarmonizmga ko`plab misol keltirish mumkin: Masalan, 
til oldi lablangan unlilar uyushib keladi; 
Kӛңүl tā āraziңg`a boldi mushtāq, 
Kӛzүmdә gāh qizil gүldүr, gāhi aq    (128-bet). 
Til orqa lablangan unlilar uyushib keladi. 
Meni kӛrdүrgәli ul kӛzi otluk (o`tluk) 
Kӛngүlni tash etәr, g`amzani chaqmaq (128).  


 
72 
Qog`ul (qoyg`ul) xatā yolni dag` mushk izdama sabā, 
CHin sachidek chү mushk Xitād Xotanda yoq.  
Aksariyat so`z va so`z formalarida palatol garmoniya saqlanadi.  
 
Bashimg`a sāya sal, ey sarvi chalāk (kelishgan) 
Ki gүldektur yaqam hajr ilkidin chāk. 
Lutfiy  asarlarida  qadimgi  turkiy  qamda  o`g`uz  gruppa  tillarga  xos  leksik 
morfologik xususiyatlar aks etgan. qadimgi turkiy tilga oid dudoq (110) qamuq, irin, 
qaroq,  yozuq,  o`gun  (Yүzigә  sachtin  үchүn  tegmәsүn  parishānlik),  yovutmak. 
O`g`uz gruppa tillar va shevalarga oid grammatik formalar: jo`nalish kelishigining -ә 
(a) affiksi bilan ifodalanishi. 
Qorqarki, rahmi kelzә kӛgum tungi yashina, 
Yashtek  sorar  meni  barur  olsam  chү  qashina. 
YOki: 
Aqiqiңni sorayin desam, aytur: 
«Yaman andishalikni fikrina baq». 
 Qadimgi  turkiy tilga oid vosita kelishigi elementlari ham uchraydi: 
Sensizin qilmay tahammul nāla qilsam, qilma ayb, 
Gar bu yuk yuklansa taqqa, kelgәy avdin yuz sadā. 
 YOki: 
Nigārā, sensizin mandin (har kimdin) ne hāsil? 
Agar jān bolmasa tandin ne hāsil ? 
Kelasi  zamon  fe`lining  g`arbiy  tillarga  xos  formasi  Lutfiy  ijodida  ko`plab 
qo`llangan: 
Qaram   ak ham vafāsizlar bikin 
Bolmag`aysan ichi kufri tashidin. (314-bet) 


 
73 
 YOki: 
Tapqamen deb vaslidin bir kun davā 
Tartaram dāim firāqiң dardini. (310-bet) 
Ma`lum bo`ladiki, Lutfiy asarlari tili eski o`zbek tili xususiyatlarini boshlab 
beruvchi vosita bo`lib xizmat qilsa, asarlarining soddaligi xalq og`zaki ijodidan unumli 
foydalanishi asar tilining qam sodda va xalqqa tushunarli bo`lishini ta`minlagan. 
Lutfiyning  til  imkoniyatlaridan  foydalanish  mahorati  haqida,  «O`zbek 
adabiyoti tarixi» asari mukammal ma`lumot beradi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling