O`zbekiston respublikasi
-MAVZU XIV ASRNING 2-YARMIDAN KEYINGI ADABIY JARAYON VA ADABIY TIL
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
6-MAVZU
XIV ASRNING 2-YARMIDAN KEYINGI ADABIY JARAYON VA ADABIY TIL Reja: 1. Bu davrdagi ijtimoiy-madaniy hayot. 2. eski o`zbek adabiy tilining bu davr manbalari va tili. Turkologiya adabiyotlarida o`zbek adabiy tilining X1U-XU asrlar hatto XIX asrning P-yarmiga qadar bo`lgan davrini nomlash va talkin qilishda turli fikrlar mavjud. Ma`lum bo`ladiki, hozirgi fanda eski o`zbek tili deb atalib kelgan adabiy tilning xronologik doirasini belgilash masalasi haligacha hal etilgan emas. Ba`zi turkologlar eski o`zbek tilining xronologik doirasini X1-X1X asrning II yarmiga qadar davr bilan belgilaydilar. Bu fikrni Venger turkologlaridan G.Vamber maydonga tashlagan. Ayrimlari esa shu tilning xronologik doirasini X1U-XU asrlar bilan chegaralaydilar. SHuningdek, shu asrlar tilini maxsus nom bilan, ya`ni CHig`atoy nomi bilan ataydilar. Bu fikr turkshunoslik adabiyotlarida ancha tarqalgan fikr bo`lib, bu hozir ham ba`zi turkologlar tomonidan qo`llanib kelmokda. 68 CHig`atoy nomi CHig`atoy usulidagi adabiy til bilan bog`langan edi. Ma`lumki, CHig`atoy ulusining tili eski o`zbek tilining vujudga kelishida muhim rol’ o`ynagani haqidagi fikr bilan avval tanishib o`tgan edik. O`rta Osiyo turkiy tillaridagi o`ziga xoslik va ajralish protsessi Temur va temuriylar davrida yanada sur`atlashgan edi. SHu o`lkada yangi adabiy til traditsiyasi shakllangan. Bu tarditsiya qoraxoniylar zamonidagi adabiy tarditsiyadan o`zining «y» lashish traditsiyasi bilan farq qilgan, ya`ni bu traditsiya «y» dialekti zaminida shakllangan edi. Mo`g`ul davlatining siyosiy jihatdan zaiflashishi va hokimiyat mahalliy hukmdorlar qo`liga o`tishi bilan bog`liq ravishda adabiy tilga maxalliy dialektlarning ta`siri yanada kuchaydi. SHu ta`sirning yorqin namunasini «Xisrav va SHirin» asarida ham ko`rgan bo`lsak, Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asarida yanada yorqinroq ko`ramiz. «Xisrav va SHirin» dostonida qoraxoniylar adabiy tili traditsiyasining ta`siri kuchliroq sezilsa, «Muhabbatnoma» asarida fonetik va morfologik formalarda shu traditsiya mag`lubiyatga uchraydi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling