O`zbekiston respublikasi
ADABIY TIL VA UNING SHAKLLARI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
ADABIY TIL VA UNING SHAKLLARI
Adabiy til deb leksik sostavi barqaror, fonetik va grammatik qurilishi silliqlashgan umumxalq tilining oliy formasiga aytiladi. Adabiy tilning yuzaga kelishi shu tilning xalq va milliy til bosqichlari bilan bog`likdir. Ma`lum bo`ladiki, adabiy til xalq yoki maishiy til zaminida yaratiladi. Shuning uchun ham o`zbek adabiy tilining shakllanishini XIII asr oxiri va XIV asr boshlari bilan, eski turkiy adabiy tilning (qoraxoniylar davlati adabiy tili) shakllanishini XI – XIII asrlar bilan bog`laydilar. Adabiy til asosiy e`tibori bilan umumxalq tilidir, lekin u so`z ustalari tomonidan ijodiy boyitilgan va qayta ishlangandir. Adabiy tilning yozma va og`zaki formalari bor. Ma`lumki, yozuvsiz adabiy til bo`lishi mumkin emas. O`zbek adabiy tilining shakllanishi va silliqlanishi O`rta Osiyoda yozuvning paydo bo`lishi bilan yozuvdan oldingi xalq og`zaki poetik ijodini og`zaki adabiy tilning ko`rinishi deb qarash mumkin. Demak adabiy tilning 5 og`zaki formasi yozma adabiy tilning vujudga kelishiga zamin yaratgan. Bu esa so`z adabiy til yozuvdan oldin yuzaga keldi degan xulosani bermaydi. YOzma adabiy til og`zaki adabiy tilning ma`lum normada saqlanib turishi uchun xizmat qiladi, chunki adabiy til yozuv bilan shakllangandagina o`zining normalariga qat’iy ega bo`ladi. Adabiy tilning normalashtirilgan til deyilishining boisi ham shundadir. Adabiy til dialekt va jargonlardan o`zining normaga solinganligi bilan farq qiladi. Adabiy til uslubda, so`z qo`llashda, morfologik va sintaktik modellarga rioya qilishda har bir tilning o`z ichki qonunlari doirasidan chiqmaydi. Og`zaki adabiy til esa, til taraqqiyotining ma`lum davrida bir xil talaffuz normalariga amal qi,lishni talab qiladi. Tilning taraqqiyotiga bog`liq ravishda adabiy til normasi ham o`zgarib boradi. Masalan, o`zbek adabiy tilida Alisher Navoiy davridan beri uning lug`at sostavida va grammatik kurilishida turli o`zgarishlar bo`ldi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling