O`zbekiston respublikasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
til tarixi

til, kel, ko`z va h.o. 
2. O`zbek tilida va boshqa turkiy tillarda ko`p bo`g`inli so`zlar juda kam. 
Asosan bir bo`g`inli: ot, ov, oy; ikki bo`g`inli bo`ladi: ikki, olti, etti va h.o. 
3.  Barcha turkiy tillardagi singari so`zlar ko`p ma`nolidir: bosh, tosh, tish, 
uch. 
4.  Ayrim  ko`makchilarni  hisobga olmaganda,  so`zining  oxirgi  bo`g`inida 
undoshlar qator kelmaydi: ostki, ustki. 
5. Boshqa turkiy tillardagi kabi affikslar so`z oxiriga qo`shiladi. Bundan 
fors-tojik tilidan o`zlashgan prefikslar mustasno. 
6. Barcha turkiy tillardagi singari o`zbek tilida agglyutinatsiya qonunlari 
amal qiladi va h.o. 
YUqoridagi  o`xshashliklar  bilan  bir  qatorda  o`zbek  adabiy  tili  o`ziga 
xos xususiyatlari bilan boshqa turkiy tillardan farq qiladi. 
Masalan; o`zbek adabiy tilida unlilar oltita (a, ә, o, o`, u, i) qirg`iz tilida 
sakkizta  (a,  ә,  o,  ө,  u,  ү,  i,  i),  uyg`ur  tilida  ham  sakkizta  (a,  e,    o,  ө,  e,  u,  ү,  i), 
xakos tilida esa to`qqiztadir. 
Hozirgi  o`zbek  adabiy  tilida  singarmonizm  qonuniyatiga  amal  qilmaydi, 
boshqa turkiy tillar esa bu qonuniyatga amal qiladi. 
Eski  o`zbek  tilida  unlilar  uyg`unligi  bo`lgan,  lekin  u  qattiq  va 
yumshoqlikka qarab farqlangan: kәlduk, kөrүң, bardi. 


 

O`zbek tilining undoshlar tizimi boshqa turkiy tillarga mos tushadi. Ammo 
turkiy tillardan ba`zilarida undoshlar boshqacharoq ishlatiladi. 
O`zbek  va  turkman  tillarida  so`z  boshida  keladigan  y  tovushi  qipchoq 
guruhidagi turkiy tillarda dj va j tovushi bilan beriladi: yigit - jigityo`q –jo`q, etti — 
jetti. 
O`zbek  tilida  k,  t  bilan  boshlanadigan  so`zlar  o`g`uz  guruxidagi  turkiy 
tillarda d, g bilan beriladi: temir - demir, teve — deva, til - dil, ko`z — go`z, kun -
gun kabi. 
O`zbek  tilida  ayrim  so`zlarda  ch,  sh  undoshlari  ishlatilgani  holda, 
qoraqalpoq va qozoq tillarida  undoshlari ishlatiladi: kuch — kush, och - ash, tish — 
tis, bosh-bas kabi. 
O`zbek tilida g` undoshi bilan tugagan so`zlar tatar, boshqird, qirg`iz, qozoq, 
qoraqalpoq tillarida (v) u undoshlari bilan beriladi: tog` – tav – tau, bog` – bav – bau, 
sog` – sav – sau kabilar. 
O`rta Osiyo va Qozog`istondagi turkiy tillar grammatik qurilishida ham 
o`xshash  tomonlar  mavjud.  Turkiy  tillardagi  so`z  turkumlari,  so`z  yasovchilar,  so`z 
o`zgartiruvchilar,  shakl  yasovchilar  bir-biriga  o`xshaydi.  Ammo  affikslar  har  bir 
tilning o`z fonetik tuzilishiga ko`ra turlicha variantlarda keladi. 
Masalan,  o`zbek  adabiy  tilidagi  ko`plik  -lar  afiksi  bilan  ifodalanadi. 
Boqsha turkiy tillarda ham -lar bilan beriladi. Lekin qozoq tilida oltita (-lar, -lәr, - 
dar, - dәr, tar, - tәr), qirgiz tilida o`n ikkita (-lar, -lәr, - dar, - dәr, - tar, - tәr, - 
lor, - lәr, - dor, - dәr, - tor, - tәr) varianti bordir. 
Xuddi  yuqoridagi  kabi  o`zbek  tilidagi  kelishik,  egalik,  kesimlik,  shaxs, 
zamon,  affikslari  boqsha  turkiy  tillarning  talaffuz  qonuniga  ko`ra  turlicha  fonetik 
variantlarda ishlatiladi. 
O`zbek  tili  bilan  boshqa  turkiy  tillar  o`rtasidagi  o`xshashlik  va 
noo`xshashliklar  ularning  lug`at  tarkibida  ham  mavjuddir.  Agar  o`zbek  tili  lug`at 
tarkibini  ko`zdani  kechirsak,  unda  umumiy  turkiy  tillarga,  O`rta  Osiyo  va 


 

Qozog`iston  turkiy  tillarga  tegishli  va  faqat  o`zbek  tilining  o`ziga  xos  so`zlarini 
uchratamiz. 
Umumiy  turkiy  tillarga  tegishli  so`zlarning  dastlabki  qo`llanishini  runik 
yozma yodnomalarda uchratamiz. O`rta Osiyo va Kozog`istondagi turkiy xalqlarga 
aloqador  bo`lgan  so`zlarning  dastlab  ishlatila  boshlanishi  X-XIII  asrlar 
yodgorliklarida ko`ramiz. 
O`zbek  tilida  boshqa  turkiy  tillarga  xos  xususiyatlar  bilan  birga  turkiy 
bo`lmagan  tillarda  so`zlashuvchi  unsurlarning  ta`siri  ham  bor.  Bu  hol  o`zbek  tili 
materiallari  asosida  turkiy  tillarga  oid  bir  qator  muammolarni  hal  qilishda  qiyosiy-
tarixiy usulni joriy qilishga keng imkon beradi. 
Tillarning   qarindoshligini   qiyosiy-tarixiy   usul       asosida   o`rganishni 
birinchi marta Mahmud Qoshg`ariy boshlab bergan. Biroq uning jahon axamiyatiga 
ega bo`lgan «Devonu lug`atit turk» asari etarli darajada  o`rganilmagan. 
Ma`lumki,  VI  asrda  turkiy  kabilalar  kuchayib,  o`zlarining  ko`chmanchi 
Tukyu  imperiyasini  tuzadi.Bu  imperiyaning  chegarasi  Amudaryo,  Marv,  Balx, 
Hindistonga  borib  taqalar  edi.  O`zaro  urushlar  va  arablar  istilosi  natijasida  Tukyu 
davlati  ikki  qismga  ajraladi.  Biri  markazi  Ettisuv  bo`lgan  g`arbiy  turklarga  va 
ikkinchisi markazi Mo`g`iliston bo`lgan sharqiy turklarga ajraladi. Ettisuvdagi Tukyu 
davlati turgeshlarga o`tadi. VIII asrda o`g`iz va qarluqlarning siquvi ostida bu davlat 
qarluqlarga o`tadi va Tukyu davlati IX asrning boshigacha Ettisuvni egallab turganlar. 
Uyg`urlar  745  -  yilda  dastlab  sharqiy  tukyu  eriga,  so`ng  g`arbiy  tukyu 
eriga  xujum  qilib,  butun  Tukyu  davlatini  bosib  oladi.  840  yilda  qirg`izlar 
uyg`urlarga  qarshi  kurashib,  hokimiyatni  qo`lga  kiritadilar.  SHundan  so`ng 
uyg`urlarning bir qismi qarluqlar tomoniga va bir kismi Tibetga ketadi. 
Xuddi  ana  shu  davrda  hozirgi  vaqtda  amalda  qo`llanib  kelinayotgan 
turkiy tillardan birontasiga ham to`la mos kelmaydigan qadimgi turkiy adabiy tili 
paydo bo`ladi. 
Qadimgi  turkiy  adabiy  tilning  yozma  yodgorliklari  turk-runiy  (O`rxun-


 
10 
Enasoy) va turk-uyg`ur yozuvi orqali bizgacha etib kelgan. Bu yozuvlar orqali etib 
kelgan yodgorliklarni  turkiy  tillarning  birontasiga tegishli deb  bo`lmaydi.  CHunki 
ularda  O`rta  Osiyo  va  Qozog`istonda  yashovchi  turkiy  xalqlarga  tegishli  fonetik, 
grammatik va leksik xususiyatlarni uchratamiz. 
Masalan:  Kultәgin  yoq,  әrsәr,  kөplөltari  әrtigiz.  Inim  Kultegin  kәrgәk 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling