O`zbekiston respublikasi


ADABIY TILNI TARIXIY-STILISTIK TOMONIDAN


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
til tarixi

ADABIY TILNI TARIXIY-STILISTIK TOMONIDAN 
O`RGANISH MASALASI. 
O`zbek   adabiy   tili   tarixining   vazifasi   badiiy,      publitsistik,   ilmiy- 
ommabop,  dokumental  asar  va  ishlarning  tilini,  ularda  adabiy  tilning  aks  etishini, 
taraqqiyot jarayonini hamda ularning stillarini o`rganishdan iborat. Umuman, adabiiy 
til taraqqiyoti ikki aspektda o`rganiladi; tarixiy va stilistik. Ular bir-biri bilan bog`liq 
holda  o`rganiladi.  Adabiy  til  stillar  sistemasidan  iborat  bo`lib,  u  turli  davrlarda 
jamiyatning rivoji bilan turli xil bo`lishi mumkin. Chunki fikrni ifoda etish jarayonida 
xar bir asar nutq tuzilishining o`ziga xosligi bilan farqlanadi. 
Adabiy  til  stili  taraqqiyotini  adabiy  janrlar  taraqqiyotidan  ajralgan  qolda 
qaralmaydi.  Til  birliklari  va  ularning  qo`llanishi  normalari  asar  janri  bilan 
mustahkam aloqadadir. SHuning uchun ham adabiy tilning stillarini klassifikatsiya 
qilganda,uning  janr  xususiyati  hisobiga  olinadi.  Janrlarga  qarab  adabiy  tilning 
stillarini quyidagi gruppalarga ajratish mumkin.  
1.  Adabiy-badiiy  stil.  Bu  ikki  gruppaga  bo`linadi:  poetik  uslub  va  prozaik 
uslub. 
2.    Ijtimoiy-publitsistik      stil.      Bunga      gazeta-jurnal,      adabiy-tanqidiy   


 

ishlar, maqolalar va ocherklar stili kiradi. 
3. Ilmiy bayon stili. Bunga butun fanlarga doir ilmiy asarlarning stili kiradi. 
4.  Professional  texnik  stil.  Bu  turli  kasb-hunar  sohasida  ish  yurituvchilar 
uchun xizmat qiladi. 
5.  Rasmiy hujjatlar stili. 
6.  Har xil yozishmalar, kundalik va xatlarga xos bo`lgan stil. 
Adabiy  til  tarakqiyotining  turli  davrlarida  adabiy  stillarning  qo`llanishi 
doirasi o`zgarib boradi. Masalan, inqilobgacha o`zbek adabiy tilida poeziya stili keng 
qo`llangan bo`lsa, hozir proza stiliga o`z o`rnini bo`shatib bermoqda. 
Endi  adabiy  stillar  uchun  nimalar  umumiy  va  nimalar  o`ziga  xos 
xususiyatlari  bilan  farqlanib  turadi,degan  savolga  javob  beramiz.  Adabiy  til  stili 
uchun  umumiy  bo`lgan  xususiyat  tilning  struktura  elementlaridan-tilning  fonetik, 
grammatik va leksik elementlaridan foydalana olishidir. Tilda shunday so`zlar borki, 
ular  adabiy  tilning  barcha  stillarida  qatnasha  oladi.  Bu  kabi  so`zlarni  ilmiy 
adabiyotlarda stilistik neytral so`zlar deb ham yuritiladi. Masalan, oq, suv, o`tirmoq, 
bormoq.  Bunday  umumiylik  leksikada  chegaralangan  bo`lsa,  fonetik  va 
morfologiyada deyarli chegaralanmagan. 
Stillar quyidagi xususiyatiga ko`ra bir-biridan farq qiladi; 
1.  So`z  tanlash  xususiyatiga  ko`ra.  Rasmiy      qog`ozlarda  stilistik  neytral 
so`zlar ko`p qo`llansa, she`riyatda obrazli so`zlar ko`p qo`llanadi. 
2.  Terminologik  ma`nolariga  ko`ra.  Masalan,  morfologiya  tilshunoslikda  
so`z formasi    haqidagi    ta`limotni    bildirsa,    meditsinada    hujayralar    haqida   
fikr yuritiladigan sohani bildiradi va x.k.  
O`zbek tili O`rta Osiyodagi qoraqalpoq, turkman, qirg`iz, MDH davlatlaridan Volga 
bo`yidagi tatar, boshqird, chuvash, Kavkazdagi ozarbayjon, qumuk, qorachoy, bolqar, qrimdagi 
gagauz, qrim-tatar, chet mamlakatlaridagi uyg`ur, usmonli turk kabi qator tillar bilan birgalikda 
alohida  til  gruppasini  tashkil  etadi.  Bu  gruppa  fanda  turkiy  tillar  oilasi  deb  yuritiladi.  Turkiy 
tillar  umumiy  gruppa  qurilishi,  fonetik  teng  kelishi,  lug`at  sostavi  jihatidan  bir-biriga  yaqinlik 


 

darajasi shu tillar tarakqiyotining keyingi davrida yuzaga kelgan hodisa bo`lmay, balki qadimgi 
hodisadir. Turkiy tillar qanchalik qadim bo`lsa-da, ular orasidagi o`xshashlik, yaqinlik ko`pdir. 
Bularning  hammasi  turkiy  tillar  qadim  zamonlarda  qandaydir  bir  til  manbaiga,  negiziga  ega 
bo`lganligidan  darak  beradi.  Turkiy  tillar  esa,
 
o`z  navbatida,  boshqa  tillar  bilan  aloqasiz  va 
boshqa  tillardan  ajralib  qolgan  oila  tili  bo`lmagan,  aksincha  ular  Oltoy  gruppasiga  kiradigan 
boshqa  tillar  bilan  ko`p  jihatidan  tarixiy  umumiylikka  egadir.  Turkiy  tillarning  o`zaro 
o`xshashlik darajalari quyidagilarda ko`rinadi: 
1. O`zbek tilidagi so`zlar boshqa turkiy tillardagidek asosan uch tovushli bo`ladi: bil, 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling