O`ZBEK ADABIY TILINING MUKAMMALLASHISHIDA LUTFIY IJODINING ROLI O`z davrining «Malik-ul-kalomi» deb atalgan Lutfiy o`zining ulkan
faoliyatini o`zbek dunyoviy adabiyotiga bag`ishladi va shu yo`l bilan o`zbek adabiy
tilining taraqqiyotiga munosib hissa qo`shdi. U o`zbek va fors-tojik tilidagi lirik
she`rlar, devonlari «Gul va Navro`z» hamda «Zafarnoma» tarjimalarining muallifidir.
Lutfiy g`azallari, dostonlarining tili juda engil va xalqqa tushunarlidir.
71
Lutfiy g`azallarining va umuman she`riyatining mazmunliligini, badiiyligini xalq
og`zaki ijodi materiallaridan hamda jonli tilga xos bo`lgan so`z va iboralardan unumli
foydalangan.
Lutfiy she`ridagi misralar ma`nosini kuchaytirish, ta`kidlab ko`rsatish
uchun ko`proq turkiy so`z va so`z birikmalaridan radif sifatida foydalanadi. Masalan;