O`zbekiston respublikasi
O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA SHOIR SAKKOKIYNING
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA SHOIR SAKKOKIYNING TUTGAN O`RNI Alisher Navoiy ta`biri bilan aytganda, Movarounnahrda shuhrat topgan shoirlardan biri Sakkokiydir. U Ulug`bek zamonida yashab ijod etgan. SHoir g`azallar va qasidalar bitgan. Sakkokiy ham Atoiy kabi xalq tili unsurlaridan ustalik bilan foydalanib, original tasviriy vositalar yaratishga intiladi. U tazod, tanosib, jonlantirish, laf va nashr kabi usullardan foydalanadi, o`xshatish, mubolag`a, majoz va boshka turdagi tasviriy vositalarga murojaat qiladi. Natijada, xalq og`zaki ijodiga xos bo`lgan xalq, qo`shiqlari uslubida g`azallar yaratdi. Sakkokiy tuyuq janrida asarlar bitmagan bo`lsa-da, yozgan g`azallaridan uning so`z o`yiniga usta shoirligi ko`zga tashlanadi. U xalq maqollari bilan o`z g`azallarining mazmunini ham, tilini ham boyitdi. Sakkokiy siyosiy lirikaning adabiy janri bo`lgan qasida yozish sohasida ham qalam tebratdi. Ma`lumki, qasida davlat arboblariga, siyosiy va harbiy voqealarga bag`ishlab yoziladi. Ulug`bekka atab yozgan qasidalarida shoir uning ilmiy va siyosiy faoliyatini maqtaydi. Ulurbekni «Sulaymāni zamān», «No`shiravān», 76 «Mutāsek», «SHubān», «Atādin mehribān», «Xurshidi zamān» kabi sifatlar bilan ulug`laydi. Qasidaga xos bunday uslubni Sakkokiydan keyingi shoirlar ham davom ettirdilar. Sakkokiy asarlarida qipchoq tili unsurlariga nisbatan o`g`uz tili yoki g`arbiy adabiy til an`anasining ta`siri kuchlidir. Bu asarlarda ayla, qalma kabi ko`makchi fe’llar uchraydi: Gүl yүzingni ārzulab yүz kӛzni gүlzār ayladi. SHuningdek, o`tgan zamon sifatdoshi fe`l negiziga -mish affiksini qo`shish orqali yasalgan. Ma`lumki, bu qo`shimcha urxun-enasoy yozuvlarida ham, undan keyingi yodnomalar tilida ham keng qo`llanadi. Sakkokiydan keyingi shoirlarda esa bu qo`shimcha siyrak uchraydi. Masalan, «Tun chaman ichrә niqābin almish ul gүl yүzidәn». «Bol» fe`li va uning o`g`uz tillariga xos bo`lgan «ol» shakli shoir asarlarila parallel qo`llanadi: Adālat bag`i sabz oldi, chү No`shiravān keldi. Sakkokiy asarlarida keluvchi «bikin», «yaңlig`» so`zlari «kabi», «o`xshash» degan ma`nolarni ifodalaydi. Bu so`zlar Alisher Navoiygacha bo`lgan shoirlarning hammasida uchraydi. Sakkokiy asarlarining yana o`ziga xos tomoni shundaki, Atoiy tiliga nisbatan unda tojikcha-forscha so`z va iboralar ko`p uchraydi. Masalan: ko`hkan - tog` qo`poruvchi, jankan-jon oluvchi, garat-barbod, tura-koqil kabilar. Umuman, Sakkokiy ham o`zbek adabiy tilini rivojlantirishga samarali xissa qo`shgan shoirlardan biridir. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling