O`zbekiston respublikasi


O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA SHOIR DURBEKNING TUTGAN


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72
Bog'liq
til tarixi

O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA SHOIR DURBEKNING TUTGAN 
O`RNI 
Durbekning  nomi  XX  asrning  20-yillarigacha  ma`lum  emas  edi.  Uning 
«YUsuf  va  Zulayho»  dostonining  dastlabki  qo`lyozmasi  topilgach,  shoir 
adabiyotshunos  va  tilshunos  olimlarning  dikqatini  jalb  etadi.  Doston  1409  yilda 
Balxda yozilgani haqida ma`lumotlar mavjud. 


 
77 
Durbek  dostonda  Balx  shahrining  qamal  qilinishi,  qamalda  qolgan  xalq 
bilan  birga  bo`lib  yuz  berayotgan  voqealarning  guvohi  bo`lganligi  haqida  bayon 
qiladi. Dostonda tarixiy voqalar gavdalantirilishi bilan birga YUsuf va Zulayhoning 
sof ishqiy-romantik kechinmalari bayon qilinadi. Dostonning tili judda sodda, ravon. 
Xalq  og`zaki  ijodi  namunalari  va  yozma  adabiyot  asarlarida  bo`lgani  kabi 
Durbekning mazkur asarida ham xalq tili elementlaridan foydalandi. Asar tili xalq tili 
bilan hamohangdir. 
Durbek dostoni tilida quyidagi xususiyatlarni ko`rishimiz mumkin. 
Jo`nalish kelishigi kushimchasi -ga (-gә, -kә) -qa affikslari bilan birga -a 
shaklida ham uchraydi: kөksinә, qolima kabi. 
Durbek o`zbek poetik tili taraqqiyoti uchun kurashgan shoirlardan biridir. U 
doston ustida ishlaganda tilning tushunarli va ravon bo`lishi uchun harakat qilgan. 
Doston  o`zbek  poetik  tilining  Navoiygacha  bo`lgan  takomilini  o`rganishda  alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
Durbek  xalq  o`rtasida  mavjud  bo`lgan  va  adabiyotda  kam  qo`llanadigan 
so`zlarni  poeziya  olamiga  olib  kirgan.  Jumladan,  Durbekkacha  bo`lgan  o`zbek 
shoirlari poeziyasida uchramaydigan   otogo   so`zi   asarda   ishlatilgan.   Bu   so`z   
turk   xalqlari   tilida,   shu jumladan, o`zbek shevalarida ham mavjud edi.  
Jam`i otog`ou onogoni ham, 
Kim edilar borchasi zosi haram. 
SHuningdek, shoir asarida sinonimlardan unumli foydalangan ko`r so`zi bilar 
bir qatorda basir so`zi ishlatilgan. 
Ājiz edi bedilu zāru zajir, 
Ko`z yashidin kӛzlәri edi basir. 
Dostonda  arxaizmlarga  aylanib  borayotgan  so`zlardan  ham  unumli 
foydalangan.  Jumladan,  bakovul,  yasovul,  cherik,  ilik  kabi  so`zlar  ham  uchraydi. 
Bunday  so`zlarning  asarda  ishlatilishi  Durbekning  xalq  tiliga  murojaat  qilganligidan 
dalolat beradi. 


 
78 
Doston  o`quvchilarga  tushunarli  tilda  yozilgan  bo`lishiga  qaramay,  unda 
arab, fors tillari elementlaridan foydalanilgani asar tili leksikasida ko`rinib turadi. Bir 
qizi bor erdi, maxl xovariy, Orazig`a shamsu qamar mushtariy. YUzi kuyosh erdi, vale 
bezavol.  Barcha  funun bobida sohib  kamol.  Hosili  umri  ul  edi  shohning,  Oti  ulayho 
edi ul moxling. 
SHuningdek, asarda «yaxshi emas oy bulutga nihon», «to`ti kibi erdi asiri 
qafas», «bulbuli bo`lgan asir dar qafas», «toza jarohat uza septi namak», «umidim 
gulidin tug`di xor» kabi misralarda xalq maqol va iboralarning ta`siri borligi sezilib 
turadi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling